Mavzu yuzasidan savollar:
1. O’quv loyihaviy ta’lim deganda nimani tushunasiz?
2. Tarbiyaning tarkibiy qisimlariga nimalar kiradi?
Javoblar:
1.Loyihaviy ta'lim quyidagi dolzarb ta'lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi:
ta'limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta'minlaydi;
nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan boholash va o 'quvchilarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi;
-kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi.
O`quv loyihaviy faoliyat - bu qo`yilgan vazifaga erishish, ta’lim oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga mo`ljallangan biror-bir yakuniy ma’lumot ko`rinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun ta’lim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi.
Tayyorgarlik bosqichi: loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish - auditoriya ishi.
Loyihani bajarish bosqichi: auditoriyadan tashqari.
Yakunlovchi bosqich: loyiha taqdimoti, o`quvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi - auditoriya ishi.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (1-BOSQICH) Tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi o`quvchilar amalga oshirishadi:
vaziyatga moslashish;
muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqotning xarakteri.
O`quvchilar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:
guruhlarga birlashishadi;
loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi;
natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
loyiha ma'suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI
(2-BOSQICH) Loyihani bajarish.
Loyihaning ushbu davrida o`quvchilar o`zlarining vazifalari bilan muvoffiq tarzda va ma'lum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar:
turli manbalardan axborot to`plash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini olib boradilar;
tadqiqot o tkazadilar, hisob-kitoblarni bajaradilar;
zarurat tug`ilganda maslahatlashadilar;
oraliq natijalarni muhokama qiladilar;
hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (3-BOSQICH) Yakuniy: taqdimot, himoya, baholash, refleksiya
Loyihaning jamoa taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi:
muammo, maqsad va vazifalarni tushunish;
ishni rejalashtirish va amalga oshirishni bilish;
yechimlarni izlash jarayoni tahlil qilish;
loyihalar va taqdimotning o`zaro baholashadi;
faoliyat va natijaning refleksiyasini amalga oshirishadi: ish davomida va yakunida yuzaga kelgan yutuqlarini anglash, yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilish, shaxsiy o`zgarishlarini anglashni namoyon etadi;
loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi.
O`quv loyihasi uslubiy pasportining tuzilishi:
Pedagogik annotatsiya.
Loyiha topshirig`i.
O`quvchilarga uslubiy ko`rsatmalar.
Loyihali ta'limning texnologik xaritasi.
Pedagogik annotatsiyaning tuzilishi
O`quv predmeti
O`quv mavzusi
Qatnashchilar
Ta’limning maqsadi
Rejalashtiriladigan o `quv natijalari
Oquvchilar loyihani muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo`lgan oldingi bilim va ko `nikmalar ro 'yxati
Loyihaning turlanish belgilariga ko 'ra tavsifnomasi
Loyihani bajarish tartibi
Loyihaning baholanishi
Loyihaviy ta'limni tashkil etish bosqichlari
Ta'lim modelining qisqacha tavsifnomasi
Hammadan olingan natijalarning umumiy to`planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
3.O`quv loyihasi. O`quv loyihaviy faoliyat.O`quv loyihasining muddatlari.
3.1 O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish:
O`quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash.
Darsning o`quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish.
Darsning o`quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash.
O`quvchi tomonidan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni ifoda etish.
Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash.
Tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni o`zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish.
Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish.
Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish.
Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish.
Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
3.2.Loyihali o`qitish faoliyati o`quvchining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
Bunda;
O`qituvchi tomonidan taklif etilgan o`quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajarilishi ko`zda tutiladi.
O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin.
Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko`zda tutiladi.
Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.
Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`ladi.
Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli aniqlangan, o`quvchilar bilan uning ijro yo`llari va mexanizmlari kelishilgan bo`ladi.
Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining xohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod- birlashmalarda o`tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazish mumkin.
3.3. Dars loyihalari o`zining davomiyligiga qarab:
kichik loyihalar (bir soatli);
qisqa muddatli loyihalar (4 soatga mo`ljallangan)
haftaga mo`ljallangan loyihalar;
uzoq muddatga mo`ljallangan loyihalar (ko`pincha bunday loyihalar darsdan tashqari ko`pincha ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi) bo`lishi mumkin.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o`quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o`qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o`tashi talab etiladi.
O`qituvchi loyiha raxbari sifatida yuqori madaniyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bo`lmog`i kerak.
Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u o`quvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat etishi kerak.
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilishi kerak.
Undan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak
2.Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
T.ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, T. haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika).
T. mohiyateʼtibori bilan dare berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. T. jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. T. va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. T. avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga T. orqali oʻtadi.
T. haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar T.ni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi T.ning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
T.ning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, T.ning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. T. dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. T. bilish krbiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
T. jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiytexnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
T. oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda T.ning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika). T.ning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. OʻzRning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T. tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalqtaʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan "Tashhis markazlari" tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, T. amaliyotini diagnostik taxdil etish, T. muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi (qarang Taʼlimning milliy modeli).
T. mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi T.ning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. T. mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. T.da qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash T. metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
T.ni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq T. tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, T.ning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |