O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
B.YO’LDOSHEV
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
(Uslubiy qo’llanma)
Bakalavriat yo’nalishi: 5220100 – filologiya
(o’zbek filologiyasi)
Samarqand – 2011
MAS’UL MUHARRIR: filologiya fanlari doktori,
professor O'RINBOYEV B.
TAQRIZCHILAR: filologiya fanlari doktori,
professor ABDIEV M.B.
filologiya fanlari doktori,
dotsent ABDUSAYIDOV A.
SO’ZBOSHI
Ma'lumki, “Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” bloki tarkibiga kiruvchi “Kompyuter lingvistikasi” fani 5220100 – filologiya (o’zbek filologiyasi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv dasturlaridan 2003-yilda dastlab “Marematik va kompyuter lingvistikasi” nomi bilan, 2007-yildan esa “Kompyuter lingvistikasi” (KL) nomi bilan joy olib kelmoqda, bu fan bo’yicha ilk o’quv dasturi prof. A.Po’latov va katta o’qituvchi Sh.R.To’rayev tomonidan tuzildi. Keyinchalik bu dastur 2006-yilda prof. A.Po’latov tomonidan mukammallashtirildi1. Biz mazkur fanni o’qitish tajribasidan kelib chiqib va qo’lingizdagi uslubiy qo’llanmani tayorlash jarayonida bu o’quv dasturiga ayrim juz’iy o’zgarishlar kiritishni lozim topdik. Bu fanning asosiy maqsadi o’zbek, rus, tojik, nemis, ingliz singari tabiiy tillarning matematik modellarini yaratish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi turli xil kompyuter dasturlarini ishlab chiqishdir. Talabalar ushbu fan bo’yicha aksiomatik nazariyalar, lingvistikaning formal nazariyasi, kompyuterda lingvistik masalalarni yechish, kompyuter lug’ati dasturi, kompyuterda tarjima algoritmi haqida tasavvurga ega bo’lishdan iborat.
KL fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan umumkasbiy fanlar o’rtasida ilmiy va nazariy bog’liqlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu fan o’zbek filologiyasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrga o’z fundamental, umumkasbiy va ixtisosiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi uchun katta yordam beradi:
- o’zbek filologiyasi sohasida ilmiy-tekshirish institutlarida ilmiy xodim, tadqiqotchi;
- o’rta umumiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o’zbek tili va adabiyotidan dars berish va o’quv-metodik ishlarni olib borish;
- ommaviy axborot vositalari sohasida muxbir, muharrir, musahhih;
- adabiy-tanqidiy faoliyatda munaqqid;
- arxiv va muzeylarda ekskursovod, ilmiy xodim sifatida.
Shuningdek, o’zbek filologiyasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrga “Matematika” hamda “Kompyuter lingvistikasi” fanlaridan olgan bilimlari ta’lim muassasalarida uslubchi, viloyat va tuman hokimiyatlarida devonxona xodimi, mahkama va vazirliklarda referent, ommaviy axborot vositalari markazlarida va nashriyotlarda tarjimon sifatida faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashadi.
Filologiya (o’zbek filologiyasi) yo’nalishi bo’yicha etarli tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan bakalavr quyidagi magistratura ixtisosliklarini egallashda va ta’limni davom ettirishda unga “Informatika”, “Hozirgi zamon tabiatshunosligining konsepsiyalari”, “Matematika”, “Kompyuter lingvistikasi” fanidan olgan bilimlari katta yordam beradi:
- adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyotshunosligi);
- tilshunoslik (o’zbek tilshunosligi);
- tarjima nazariyasi va amaliyoti;
- adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;
- adabiy tanqid;
- o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi;
- ommaviy axborot vositalarida reklama;
- televideniye va radioeshittirish;
- noshirlik ishi va muharrirlik;
- xalqaro jurnalistika;
- jamoatchilik bilan aloqalar2.
Ana shu o’rinda o’zbek filologiyasi yo’nalishi bakalavr umumkasbiy fanlar bilan qatorda matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiruvchi KL fanini ham puxta o’zlashtirgan va undan olgan bilimlarini hayotga tadbiq eta biladigan bo’lishi lozim.
Bakalavr matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiruvchi “Matematika” hamda KL fani bo’yicha elementar mantiq funksiyalari, formula tushunchasi, lingvistikaning formal nazariyasi, gap bo’laklarini formallashtirish, o’zbek tili grammatikasining aksiomatik nazariyasi kabilar haqida etarli bilimga ega bo’lishi va uni amalga tadbiq eta olishi lozim.
Filologiya fakultetining o’zbek filologiyasi bo’limi birinchi kursida o’tiladigan KL fani bakalavr oldida turgan yuqoridagi talablarning bir qismini bajarishga xizmat qiladi. Talabalar bu fanni o’rganishda mazkur uslubiy qo’llanmaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, KLga oid zaruriy adabiyotlar bilan ham muntazam tanishib borishlari lozim. O’z navbatida bu adabiyotlar mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rish uchun katta yordam beradi.
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI” FANINING
Do'stlaringiz bilan baham: |