Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


Katalitik riforming qurilmasining reaktor blokini hisoblash



Download 0,98 Mb.
bet18/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

Katalitik riforming qurilmasining reaktor blokini hisoblash
Kam oktanli benzinning oktan sonini oshirish va aromatik uglevodorodlar ishlab chiqarish uchun katalitik riforming jarayoni qo’llaniladi. Katalizator sifatida tabletka shaklidagi alyumoplatinali katalizator ishlatiladi. Jarayon natijasida benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning mivdori ortadi va benzinning oktan soni motor usuli bilan aniqlaganda 77-78 bandga etadi. Aromatik uglevodorodlarning hosil bo’lish jarayoni issiklik yutish bilan kechadi, natijada reaktorda temperatura pasayadi. Past oktanli benzinni ma’lum belgilangan temperaturada olib borish uchun pog’onali reaktor bloki qo’llanib, reaktorlar orasida reaksiya mahsulotlari trubali o’txonalarda isitiladi. Reaktor bloki uchta reaktordan va reaksiya maxsulotini isitish uchun ikkita o’txonadan iborat(5-rasm).

5-rasm. Katalitik riforming qurilmasining reaktor bloki.
R-1,R-2, R-3 reaktorlar; p-1, p-2, p-3 – o’txonalar.
Reaktor blokining ish rejimi:
Temperatura, ................................................................. 470-520 Bosim,atm............................................................................40-45
Xom-ashyoning xajmiy tezligi, m3/m3.s............................... 1,5
Aylanma gaz Hajmining xom-ashyo hajmiga nisbati. …....1:1500
Ish vaqtining davomiyligi....................................................3 oy
Alyumoplatina katalizatorining ipshash vaqti................1 yil
Katalizatordagi koks miqdori, % (og’irl)......................... 3-5
Katalizatorni regeneratsiya qilish temperaturasi,
I bosqich........................................................................300-350
II bosqich....................................................................... 380-420
III bosqich......................................................................450-500
Regeneratsiya jarayonidagi bosim, atm.............................10
R-1 ga kirayotgan kislorodning miqdori, % hajm......... 0,4-2,0
Regeneratsiya vaqti (koksni yonishi).............................. 3 sutka
Katalitik riforming qurilmasi ishining davriylik soni:
(1)
bu erda 365 - bir yildagi sutkalar soni; ni - bir yildagi kapital ta’mirlash vaktidagi sutkalar soni (n1=30); n2 - qurilmani joriy ta’mirlash va reaktordagi katalizatorni yangilash uchun kerak bo’lgan sutkalar soni (n2 = 15). Bir yildagi ishchi sutkalar soni 90N, bir yil davomida katalizatorni regeneratsiya qilish uchun zarur sutkalar soni 3N. Qurilmaning unumdorligi:

bu erda L - qurilmaning yillik unumdorligi, kg/ yil.
Zarur sirkulyatsion gazning 0°C va 760 mm.sim.ust. dagi miqdori, m /s.

bu erda px -xom-ashyoning 20℃ dagi zichligi; n-aylanma gaz va xom-ashyo hajmlarining nisbati p = 1500. Uchta reaktordagi katalizatorning hajmi:

bu erda Vreakt-uchta reaktordagi reaksiya boradigan hajm, m3; v -xom-ashyoning hajmiy tezligi, v=l,5 s-1 . Reaktorlardagi katalizator miqdori:

bu erda p - katalizator hajmining zichligi, 550-650 kg/m3. Birinchi reaktorda xom-ashyoning 58% katalitik riforming jarayoniga uchraydi, natijada 6,7% gaz va 51,3% katalizat hosil bo’ladi. Ikkinchi reaktorda xom-ashyoning 28% riforminga uchraydi va 3,5% ga yaqin gaz va 24,5% katalizat hosil bo’ladi. Uchinchi reaktorda 14% xom-ashyo riforming jarayoniga uchraydi va taxminan 12,5% katalizat va 1,5% gaz hosil bo’ladi. SHunday qilib, xom-ashyodan 88,3% ga yaqin katalizat va 11,7% (og’ir.) gaz hosil bo’ladi. Benzin katalitik riforming jarayoniga uchraganda 1 kg katalizat va gaz aralashmasi hosil bo’lganda reaksiyaning issikqligi 80-105 kkal ni tashkil qiladi. Benzinni riforming qilish uchun reaksiyaga zarur issiqik mikdori reaktor blokining issiklik balansidan topiladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish