Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


I.9.Katalitik riforming qurilmasi reaktorlari va ularni hisoblash usullari



Download 0,98 Mb.
bet17/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

I.9.Katalitik riforming qurilmasi reaktorlari va ularni hisoblash usullari
Katalitik riforming qurilmasi reaktorlarida benzin frakstiyalari tarkibidagi normal tuzilishga ega naften va parafin uglevodorodlari aromatik uglevodorodlar va yuqori oktanli izoparafinlarga aylantiriladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida katalitik riforming keng joriy etilmoqda. Masalan riforming avtomobil benzinlarining xossalarini yaxshilash va aromatik uglevodorodlar ishlab chiqishning asosi bo’lib hisoblanadi.
Katalitik riformingda asosan platinali katalizatorlar qo’llaniladi. Shuningdek, sirtiga alyuminiy oksidi qoplangan molibidenli katalizatorlar ham ishlatiladi.



4-rasm. Riforming qurilmasining adiabatik reaktori
1-qopqoq; 2- korpus; 3,16-termoparalar; 4-tayanch halqa; 5-shamot kukuni; 6- katalizatorni chiqarish lyuki; 7-lyuk; 8- gaz ejekstiyasi; 9-tayanch panjara; 10-12,14-shariklar; 13-katalizator; 15-qoplama; 17,19-bug`-gaz aralashmasining kirishi va chiqishi; 18-taqsimlagich.
Platinali katalizator ishtirokidagi riforming qurilmasi quyidagi sxema bo’yicha ishlaydi. Isitkichlarda va pechlarda isitilgan xom-ashyo suvli stirkullyastiya gazlari bilan birgalikda birinchi reaktorga yuboriladi. Bu erda reakiya issiqlik yutilishi bilan borishi natijasida temperatura pasayadi. Reaktordan chiqayotgan gaz – xom-ashyo aralashmasi ikkinchi pech zmeevikida qizdirilib, ikkinchi reaktorga, uchinchi pech zmeevikida qizdirilib, uchinchi reatorga uzatiladi. Reakstiya mahsulotlari oxirgi reaktordan issiqlik almashlagich va sovitkich – kondensatorlar orqali gaz separatoriga beriladi. U erdan gazning bir qismi stirkullyastiyani ta’minlash maqsadida tizimga qaytariladi, qolgani gaz chiqarish tizimi orqali atmosferaga chiqariladi. Suyuq mahsulotlar stabillash qurilmasiga uzatiladi.
Vodorodning yuqori bosimi gidrirlash reakstiyasining tezlashuviga sabab bo’lib, katalizatorning kokslanishiga to’sqinlik qiladi.
Platinali katalizator asta – sekin koks va oltingugurtli birikmalar bilan qoplanib, aktivligini yo’qotib boradi. Katalizator regenerastiya koks va oltingugurtli cho’kmalarni inert gaz va 1 MN/m2 bosim ostidagi havo aralashmasi yordamida yondirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yondirish shu reaktorlarning birinchi bosqichida 300–350°C, ikkinchi bosqichida 380–420°C, uchinchi bosqichida 450 – 500°C temperaturada amalga oshiriladi.
Ko’p qurilmalar reaktor bloki uch va undan ortiq reaktorlardan iborat(4-rasm).
Adiabatik reaktorlar asosiy reakstion apparat bo’lib hisoblanadi. Ular katalizator qatlami bilan to’ldirilgan bo’ladi.
Gaz – xom-ashyo oqimi bu reaktorlarda yuqoridan pastga qarab yoki korpus chetidan o’rtasiga qarab harakatlanishi mumkin.
Reaktorlar stilindrsimon korpusi ichki tomonidan o’tga chidamli beton qatlami bilan qoplanadi. Bu metall mustahkamligini saqlash va yuqori temperatura sharoitida vodorodli hamda sulfidli korroziyadan himoya qilish vazifasini bajaradi. Reaktorlar uglerodli po’latdan tayyorlanadi.
Rasmda tasvirlangan reaktor korpusi 22 K yoki 09G2DT markali po’latdan tayyorlanib, ichki tomonidan beton qatlami bilan qoplangan.
Xom-ashyo reaktorga yuqori shtusterdan apparatning bo’sh qismini bir tekis to’ldirishni ta’minlaydigan taqsimlagich orqali beriladi. Xom-ashyo oqimi 20 mm li chinni shariklar, so’ngra balandligi 4 m gacha bo’lgan tabletka shaklidagi alyumoplatinali katalizator qatlami orqali o’tadi.
Katalizatorni ustiga 20, 13, 6 mm li chinni shariklar qatlami hosil qilingan panjara ushlab turadi. Panjara ostida to’planadigan reakstiya mahsulotlari 300 mm diametrli yuqori shtuster orqali chiqariladi.
Pastki qopqoqda 500 mm diametrli lyuk o’rnatilgan bo’lib, undan apparatni ta’mirlashda foydalaniladi. Shuningdek pastki qopqoqda 175 mm diametrli yana ikkita lyuk o’rnatilgan bo’lib, ular katalizatorni tushirishda foydalaniladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish