MUNDARIJA: Kirish…………………………………………………………………………
I.Adabiyotlar tahlili…………………………………………………………
I.1.Aromatik uglevodorodlar turlari va ularning xossalari……………………
I.2.Katalitik riforming jarayonining kimyoviy asoslari………………………
I.3.Jarayonning katalizatorlari……………………………………………..…
I.4.Sanoatda katalitik riforming…………………………………………….…
I.5.Katalitik riforming jarayoni va uning asosiy texnologik parametrlari….…
I.6.Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish texnologik jarayoni……………………………………………………………………..…
I.7.Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari…………………………………………………………….…………
I.8.Jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan xavfsizlik choralari………………………………………………………………………..
I.9.Katalitik riforming qurilmasi reaktorlari va ularni hisoblash usullari……..
II.Eksperimental qism…………………………………………………….…
II.1.Jarayonning makrokinetikasi……………………………………………..
II.2.Yangi turdagi katalitik riforming katalizatori sinovi……………………..
III.Olingan natijalar muhokamasi………………………………………….
IV.Atrof muhit muhofazasi………………………………………………….
V.Xulosa………………………………………………………………………
VI.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………..
Kirish Respublikamizning kimyo sanoati xalq xo’jaligining asosiy zvenosi bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo’lgandan keyin kimyo sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi.
Oltingugurti, yuqori oltingugurtli va yuqori parafinli neftlarni qayta ishlash ulushi uzluksiz ortib borayotgan sharoitda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, ular turlarining ko‘payishi va sifatining yaxshilanishi ikkilamchi va ayniqsa katalitik jarayonlarning tezroq rivojlanishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda MDHda va mamlakatimizda katalizatorlar yordamida kimyo, neftni qayta ishlash va neft kimyoviy sanoatlari mahsulotlarining taxminan 75 % ishlab chiqariladi. Yangi kimyoviy jarayonlardan 90 % dan ortig‘i katalizatorlarni ishlatishga asoslangan.
Neftkimyo sanoatida bugungi kunda quyidagi katalitik jarayonlar: katalitik kreking, katalitik riforming, gidrotozalash, alkillash, izomerlanish va gidrokrekinglar keng qo‘llaniladi. Gidrotozalash va gidrokrekingning katalitik jarayonlari yuqori sifatli neft moylari va parafinlarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.
Katalizatorlarning reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan o‘zaro ta’siri xarakteriga qarab va oraliq mahsulotarning turiga qarab reaksiyalar va tegishli ravishda katalizatorlar oksidlovchi – qaytaruvchi va kislotali – asosli bo‘ladi.
Ko‘pgina sanoat katalizatorlari bifunksional bo‘ladi, chunki oksidlovchi – qaytaruvchi katalizator kislotali tashuvchining ustini qoplaydi. Boshqa tomondan, ko‘pgina sulfidlar va oksidlarning o‘zlari oksidlovchi – qaytaruvchi va kislotali – asosli faollikka ega.
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarning rivojlanishi ularda ilg’or texnologiyalarni qo’llanishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarni xisobga olib, biz xam bitiruv malakaviy ish mavzusini mavjud texnologiyalardan oqilona foydalanish, ekologik toza, raqobatbardosh sifatli mahsulotlar olishga qaratdik.
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʼlgan talabini toʼliq qanoatlantirish, neft -gaz korxonalarini moliyaviy sogʼlomlashtirishni taʼminlash, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy tajriba asosida tarmoqda sogʼlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, “Neft-gaz va kimyo tarmogʼining moliyaviy barqarorligini oshirish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Prezident qarorining chiqarilishi bu sohada ko’plab islohotlarning borayotganligidan dalolat beradi.
Zamonaviy neftni qayta ishlash sanoatining eng muhim asosiy jarayonlaridan biri bo'lgan katalitik riforming aromatik uglevodorodlar, vodorod va motor yoqilg'ilarining yuqori oktanli komponentini ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Ushbu jarayonning texnologik darajasi, uning texnik-iqtisodiy samaradorligi koʻp jihatdan neftni qayta ishlash samaradorligini aniqlab beradi.
Shu sabablarga koʻra dunyoning yetakchi davlatlarida neftni qayta ishlash samaradorligini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.