Mundarija Kirish Elektromobillarning rivojlanish tarixi O‘zbekiston elektromobillar davriga qanday o‘tmoqda Elektromobillarning jahon bozoridagi o’rni Elektromobillarning 2030 yilgi savdo prognozi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Batareykalar yil o‘tgani sari kamroq masofaga yetadimi?



Download 0,82 Mb.
bet6/13
Sana08.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#536918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
15 mavzu

Batareykalar yil o‘tgani sari kamroq masofaga yetadimi?
Deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar akkumulyatorlarga 150 ming km yoki 8 yil kafolat beradi. Bu muddatdan keyin 100 foiz emas, 70-80 foiz ishlaydi.
Chunki vaqt o‘tgan sari akkumulyator degradatsiyaga uchraydi, ya’ni resursi kamayadi. Masalan, 300 km emas, 200 km yuradigan bo‘ladi. Bu haqda “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan mutaxassis qo‘shimcha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi:
Vaqt o‘tgan sayin har narsaning eskirishi tabiiy. Eski model akkumulyatorlarida to‘liq masofaga yetish quvvati 1 foizgagina kamayishi mumkin. Bu ham kuchli bosim bilan haydash va katta kuchlanish bilan qo‘zg‘atish oqibatida kamayadi.
So‘nggi markali avtomobillarning quvvatini 0 foizga tushirib, 100 foizgacha to‘ldirsangiz ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. 0 foizgacha ishlatish, albatta, quvvatlash imkoni yaqin bo‘lganidagina tavsiya etiladi. Avvalgi akkumulyatorlarni esa 90-95 foizgacha to‘ldirish, 10 foizga yetganida stansiyaga ulash tavsiya etiladi.
Avtomobil akkumulyatorining yetish foizi havo harorati o‘rtacha bo‘lganida ortishi ham mumkin. Ammo kun sovuq bo‘lganida kamroq muddatga yetadi. Sababi akkumulyatorda sovuqda o‘z hajmi va xususiyatini saqlash uchun o‘zida zaxira quvvat ushlash holati yuzaga keladi.
Bu mashinaning akkumulyator sig‘imiga bog‘liq. Masalan, bir mashinada 70 kVt, boshqasida 65 kVt. Lekin 70 sig‘imli avtomobil 420 km yuradi, 65 kVt esa 520 km masofani bosishga yetadi. Sababi 65 sig‘imga ega elektromobilning faqat orqa ballonlari, boshqasining 2 ta elektr dvigateli bo‘lib, 4 orqa va oldi ballonlari ham tortadi. “Ba’zi kompaniyalar ayrim markali mashinalariga qo‘shimcha sifatida quvvatlash stansiyalarini ham birga chiqaradi. Nega barcha markalarda yo‘q? Xitoyni oladigan bo‘lsak, har qadamda stansiyalar o‘rnatilgan. Va o‘z-o‘zidan mashina komplektida unga ehtiyoj bo‘lmaydi. Eksportga chiqarilayotgan avtomobillarga esa qo‘shib chiqarishi mumkin”, — deya izoh beradi Mirsardor Mirzohidovich.
Elektromobillar ekologik toza, ichida yonuv dvigateli o‘rniga elektrodvigatel bo‘lgani uchun o‘zidan zaharli havo, karbonat angidrid chiqarmaydi, suyuq yoqilg‘ini tejashga imkon beradi. Tashqaridan havoni faqat konditsiyalash maqsadida yutadi.
Mashina saloniga filtr orqali toza havo kiradi. Shovqinsiz harakatlanishi, boshqarishdan oldin qizdirishga to‘g‘ri kelmasligi – uning qo‘shimcha qulayliklari sifatida ko‘riladi. Ba’zi xohlovchilar uchun uning sun’iy ovoz chiqarish moslamasi mavjud. Kamxarjligi esa biz o‘zbeklar uchun ayni muddao.
Mutaxassis muammo sifatida faqat quvvatlashga ketadigan uzoqroq vaqtni ko‘rsata olishini aytdi. Bu, albatta, siz foydalanayotgan stansiyangiz qancha tok berishiga ham bog‘liq. Quvvatlash stansiyalari ham hali yetarli emas.
Kompaniya shaharda o‘rnatgan stansiyalari 38 volt, viloyatlarga chiqqanda uzoq masofalarda muammo bo‘lmasligi uchun trassa bo‘ylab o‘rnatilgan 6 ta stansiya – 30 volt quvvatlash tezligiga ega. Bu degani — 66 kVt li mashina akkumulyatori 2 soatda to‘ladi.
220 voltli stansiyalar uylarga o‘rnatilganida foydalanuvchi mashinani kechasi — foydalanishga zarurat bo‘lmaydigan vaqtda quvvatga qo‘yishi maqsadga muvofiq. Chunki mashina 8 soatdan 10 soatgacha 0 dan 100 foizgacha to‘liq quvvatlanadi.
Agar kunlik bosiladigan kilometrlar kamroq bo‘lib, mashina quvvati tugamagan bo‘lsa, 220 volt kuchlanishli stansiyada 3-4 soatda ham to‘ldirish mumkin.
Mashinalarning ehtiyot qismlari ham biroz muammoli masala. Bu elektromobillarning bizda boshqa davlatlarga nisbatan endi ommalashayotgani, yangilik bo‘layotgani bilan ham bog‘liq. Shuning uchun buni vaqtinchalik muammo desak xato bo‘lmaydi.
Hozir, taxminan, 70 foiz mashinalarning ehtiyot qismlari bor, 30 foiziniki esa zarur bo‘lganida buyurtma qilinadi. Ular odatda tez buzilmaydigan, urinmaydigan qismlar bo‘ladi. Avvalgi modellarniki topilishi mumkin, ammo yangilariniki yoki restayling, ya’ni ba’zi tashqi ko‘rinishiga, rangiga o‘zgartirish kiritilgan mashina qismlarini topish biroz qiyin. Bu hollarda ular buyurtma qilinib, aviaqatnovlar orqali olib kelinadi.
Butun dunyo ekologiyasi va iqtisodiyoti to‘g‘risida qayg‘urib, uning kelajakda yaxshilanishiga qisman hissa qo‘shish maqsadida ichki yoqilg‘i dvigatellarida ishlaydigan mashinalardan asta-sekin voz kechib, tok orqali quvvatlantiriladigan elektromobillarga to‘liq o‘tish harakatida.
Bu bo‘yicha Yevropa tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda elektromobillarni sotib olganlik uchun turli rag‘batlar ham mavjud. Masalan, Germaniyada elektromobil boshqaruvchilari avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin. Norvegiyada esa davlatga elektromobillar endi kirib kelgan 90-yillardan boshlab, uni xarid qilmoqchi bo‘lganlar, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda ancha qimmat bo‘lgan import bojidan ozod qilinadi.
O‘zbekiston ham ular (elektromobillar)ni ommalashtirish maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Imkoniyat, rag‘batlar kengayib, mashina olishni maqsad qilganlarga motivatsiya bo‘lishi, barcha birgalikda tabiatga foyda keltirmasa-da, zarardan asrashi, albatta, kelajagimiz uchun ham foydali.
“O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi tayyorlanishi”ni bildirgan edi.
2020-yil noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning tadqiqot markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
“O‘zavtosanoat” kompaniyasining Strategiya bo‘limi boshlig‘i Rustam Qodirov 2021-yil mart oyida UzAuto Motors’ning Asaka shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida xalqaro tahlillardan kelib chiqib, kompaniya prognozlari bo‘yicha bizning sharoitda elektromobillar ishlab chiqarishni 2025-yildan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘lishini, shu bois hozirda elektromobillar borasida faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilayotganini aytgan.



  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish