1.1.2.To’yinmagan monokarbon kislotalar
To’yinmagan karbon kislotalar molekulasida 1,2 va uchta qo’sh yoki uchlamchi bog’larning borligiga qarab umumiy molekulyar formulaga ega buladi. Masalan, etilen qatorining uglevodorodlaridan olingan kislotalarning umumiy formulasi CnH2n-1COOH, dietilen va aqetilen qatorlarining uglevodorodlaridan xosil bo’lgan kislotalarning umumiy formulasi esa CnH2n-3COOH va xokazo.
Kroton kislota birinchi marta kroton moyidan olingan bo’lib, uning suyuqlanish temperaturasi 72°C edi. Keyinchalik sintetik usul bilan olingan kroton kislota kimyoviy xossalari jihatidan «tabiiy» kroton kislotadan farqlanmasdan, fizik xossalari jixatidangina (suyuqlanish temeraturasi 16°C) farqlanishi ma’lum bo’ldi. Shuning uchun bu kislota suyuq kroton kislota yoki izokroton kislota deb ataldi.
To’yinmagan kislotalar tabiatda, asosan, murakkab efirlar ko’rinishida gliqerin bilan birga yog’ va moylar tarkibida uchraydi. Shuning uchun ham ularni murakkab efirlardan gidroliz qilib olish mumkin. Quyi molekulyar to’yinmagan kislotalar o’tkir hidli suyuqlik bo’lib, suvda yaxshi eriydi. Yuqori molekulyar to’yinmagan kislotalar hidsiz, qattiq moddalardir, ular suvda erimaydi. To’yinmagan kislotalarning zichligi to’yingan kislotalarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. To’yinmagan kislotalar, odatda, o’shancha sonli uglerod atomlariga ega bo’lgan to’yingan kislotalarga qaraganda kuchli bo’ladi, ya’ni ular ko’proq dissotsilanadi. Masalan, akril kislota propion kislotaga nisbatan kuchli dissotsilanadi. To’yinmagan α, β- kislotalarda karboksil gruppaning qo’shbog’ga ta’siri kuchli seziladi.
Akril kislota CH2=CH – COOH 13°C da suyuqlanadigan, 140°C da qaynaydigan o'tkir hidli, suvdan og’ir suyuqlik. Akril kislotani turli usullar bilan olish mumkin. Akril kislota, uning xosilalari (ayniqsa, akrilonitril) va efirlari sanoatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ulardan, asosan, organik shisha tayyorlanadi. Sanoatda akril kislotaning metil efiri ko’p ishlatiladi va u qisqacha metilakrilat deyiladi.
Metakril kislota CH2=C(CH3) – COOH 16°C da suyuqlanadigan, 160°C da qaynaydigan o’tkir xidli suyuqlik. Metakril kislota va uning efirlari akril kislota singari sintez qilinadi. Metakril kislotaning metil efiri qisqacha metilmetakrilat deyiladi va undan, asosan, organik shisha olinadi. Metilmetakrilat ham boshqa akrilatlar kabi sopolimerlanish reaksiyasiga yaxshi kirishadi. Akril kislota, metakril kislota va ularning efirlaridan xosil bo’lgan polimerla quruq haydalganda dastlabki mahsulot paydo bo’ladi, ya’ni «depolimerlanadi».
To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar orasida uchlamchi bog’li kislotalar ham bor. Bunday kislotalarning eng birinchi vakili atsetilendagi bitta vodorod karboksil gruppa bilan o’rin almashinishidan xosil bo’lgani deb qaraladi va propiol kislota deb ataladi. Propiol kislotaning birinchi gomologi tetrol kislota deyiladi. Propiol kislota 18°C da suyuqlanadigan, 140°C da parchalanib qaynaydigan o’tkir hidli suyuqlik. Tetrol kislota 76,5°C da suyuqlanadigan, 203°C da qaynaydigan kristall modda.
To’yinmagan monokarbon kislotalar
-
№
|
Nomi
|
Formulasi
|
Shundan tabiatda uchraydiganlari
|
Sun’iy sintez qilingan kislotalar
|
Ishlatilishi
|
|
Propen – 2 kislota (akril kislota)
|
CH2 = CH – COOH
|
|
Atsetilenga sianid kislota ta’sir ettirib olinadi
|
Akril kislota, uning xosilalari (ayniqsa, akrilonitril) va efirlari muhim ahamiyatga ega. Sanoatda asosan organik shisha tayyorlashda ishlatiladi.
|
|
2-metilpropen kislota (metakril kislota)
|
|
|
α-oksiizomoy kislotasidan suvni ajratib olish bilan olinadi
|
Metakril kislotaning murakkab efirlari asosida polimerlar, masalan, metilmetakrilatdan organik shisha (pleksiglas) ishlab chiqarishda keng foydalaniladi
|
|
Kroton kislota
|
CH3-CH=CH-COOH
|
|
|
|
|
Vinil sirka kislota
|
CH2=CH–CH2–COOH
|
|
|
|
|
Izokroton kislota
|
CH3-CH=CH-COOH
|
|
|
|
|
Propiol kislota
|
HC C – COOH
|
|
|
|
|
Tetrol kislota
|
CH3 – C C – COOH
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |