-li kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishining o‘zi eng kichik sintaktik munosabatga misol bo‘la oladi. Bunda ish – ob’yekt, -chi qo‘shilganda esa sub’yekt ma’nosi ifodalanib, paradigmatik qator doirasida ham eng kichik sintaktik munosabatlar mavjudligidan dalolat beradi. Bu munosabatlar asosida shakllangan sintaksisni kichik sintaksis deb ataymiz. Boshqacha aytganda, u passiv xarakterda bo‘lib, hali bu uning faollashuvi degan gap emas. To‘g‘ri, bu holatda ham sintaktik jihatdan shakllanish mavjudligi kuzatiladi, biroq u paradigmatik qator sathidan sintagmatik qatorga to‘liq o‘tib ketmaydi, ya’ni sintaktik jarayon paradigmatik qator tasarrufida qoladi. Shuning uchun biz sintaktik shakllanishning bu turini mikrosintagmatik munosabatlar deb o‘rganamiz.
Mikrosintagmatik munosabatlar jarayonida yasovchi asos va yasovchi formantlar asosida yasalish bo‘las-da, ularda mavhumlik va umumiylik belgilari to‘liq saqlanib qoladi. Boshqacha aytganda, ular dinamik tus ololmaydi. Hatto so‘z birikmalari ham nutqdan tashqari holatda mavhumlik va umumiylik qurshovida bo‘ladi. Shuning uchun ham F.de Sossyur to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ketma-ketlik qonuniyati asosida faollik ifodasini oluvchi turli qo‘shimchalarning qo‘llanilishi ham o‘ziga xos sintaksis ekanligini aytganda haqli edi2.
Ko‘rinadiki, tilda so‘z, uning ma’nosi va tovush ifodalaridan muhimroq narsa yo‘q. Demak, til sistemasi katta va nisbatan kichik belgilarning yig‘indisidan tashkil topgan. Gapni esa katta-kichik belgilarga faollik beruvchi makon deb tushunamiz. Gap o‘z xususiyatiga ko‘ra, bir paytning o‘zida
1 Qarang: Гак В. Г. Высказывание и ситуация // Проблемы структурной лингвистики. – М., 1973.
– С. 353-354.
2 Qarang: Slyusarova N.A. Ko‘rsatilgan asar, 74- bet.
paradigmatik va sintagmatik rejalarning har ikkalasi bilan aloqador bo‘ladi. U paradigmatik reja bilan o‘z unsurlarining morfologik jihatdan qaysidir bir so‘z turkumining vakili ekanligi bilan bog‘liq. Bu so‘zlar gap tarkibida konkret qo‘llanilmagunlaricha mavhumlik va umumiylik belgilari og‘ushida bo‘ladi. Masalan, men, uy, bormoq so‘zlarining faollashuvi masalasiga e’tibor beraylik. Ayni paytda ushbu so‘zlar mazmunan mavhum va umumiydir. Konkretlik berish uchun ularni faollashtiramiz va sintagmatik qator shartlaridan kelib chiqqan holda ketma-ket talaffuz etamiz: Men uyga bordim.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bunga o‘xshash til elementlarining aktuallashuvi so‘zlovchi tomonidan mexanik hamda stixiyali tarzda bajariladi. Chunki inson, agar u o‘z ona tilida so‘zlashayotgan bo‘lsa, hayotiy tajribasiga tayangan holda juda katta ko‘nikma hosil qilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, til elementlarining nutqda faollashuvi so‘zlashuv muhiti, ekstralingvistik omillar bilan ham uzviy bog‘liq hisoblanadi. Shu bois yuqorida berilgan gap Men uyga boryapman, Men uyga boraman, Men uyga bormoqchiman, Men uyga bormoqchi edim va hokazo tarzida ham ifodalanishi mumkin.
Shuni aytish kerakki, til elementlarining konkret faollashuvi uchun nutq muhiti bilan kognitiv (bilish) nazariyaning ahamiyati katta. Kognitiv nazariya tilning real qo‘llanilishini ta’minlovchi asosiy komponetlardan biri hisoblanadi. Bunda quyidaqilar muhim ahamiyat kasb etadi:
jumlaning grammatik strukturasi tabiati;
nutq tempi, urg‘u, ohang, tonning ozgaruvchanligi, jestika, mimika, gavdaninig harakati kabi qator paralingvistik omillar;
kommunikativ muhitga munosabat. Bunda e’tiborga molik bo‘lgan ob’yektlar, kishilar va hokazolar nazarda tutiladi;
so‘zlovchi to‘g‘risida xotirada bo‘lgan fikrlar hamda kommunikativ muhit to‘g‘risidagi tasavvur;
nutq so‘zlanayotgan paytda sodir bo‘lgan diskurs (muloqot);
pragmatik muhit haqidagi umumiy tasavvur.
Ko‘rinadiki, yuqorida keltirilganlarning barchasi pragmatik qurshov omillari sanaladi va ular pragmatik voqelikning vujudga kelishida asosiy komponentlar hisoblanadi1. Nutq muhiti bo‘lmas ekan, til elementlari mavhum va umumiyligicha qoladi. Til voqeligining elementlari bir butun mazmun ifodasini berayotgan boshqa elementlar bilan munosabatga kirisha oladigan muhit doirasidagina aniqlik darajasiga ko‘tariladi2.
Misol uchun quyidagi gap tarkibiy qismlarining faollashuviga e’tibor beraylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |