1. Virtual belgilarning faollashuvi
Tilning virtual belgilari paradigmatik qator elementlaridir. Paradigmatika termini asosida, albatta, paradigm tushunchasi yotadi. Bu tushuncha grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, namuna degan ma’noni anglatadi. Hozirgi tilshunoslikda esa bu termin uyushma ma’nosida qo‘llanmoqda.
F.de Sossyurning e’tirof etishicha, til sistemasi o‘z birliklarining ikki xil munosabati asosida tashkil topadi. Ulardan biri assotsiativ, ikkinchisi esa sintagmatik munosabat nomi bilan ataladi. Assotsiativ termini keyinchalik L.Yelmslev tomonidan paradigmatika termini bilan almashtirildi va u jahon tilshunosligida ommalashib ketdi.
Paradigmatik qator elementlari o‘rtasidagi munosabatlarni tafakkurimiz, ongimiz orqaligina his eta olamiz, chunki ular ifodaga ega emas. F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda, bu munosabatlar tarqoq holatda bo‘ladi 1 . Masalan, tuslanish, turlanish belgilari, so‘z yasalishi yoki affikslarning qo‘llanishi ana shunday munosabatlarni vujudga keltiradi2. Belgilar tildan nutqqa ko‘chirilgach, mavhumlik va umumiylik xususiyatlari barham topadi hamda aniqlik va xususiylik darajasiga ko‘tariladi. Til belgisi, paradigmatik va sintagmatik rejalarning qaysi birida o‘rganilishidan qat’iy nazar, o‘zining ikki sifatiga ko‘ra ajralib turadi. Bu esa, o‘z navbatida ifodalovchi va ifodalanuvchi xususiyatlari deb ataladi. Til belgilarining ifodalovchi xususiyati fonemalar orqali namoyon bo‘lsa, ifodalanuvchi tomoni esa, uning leksik hamda grammatik ma’no anglatishidadir. Bu ikki narsa til belgilarining doimiy sifatlari sanaladi.
Til belgilarining ifodalanuvchi sifati ularning faollashuvi masalasi bilan uzviy aloqadordir, zero, ularning material tomoni, ya’ni ifodalovchi sifati aksariyat hollarda tayyor ravishda beriladi. Bu esa kichik til belgilari misolida
1 Qarang: Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию. – М., 1977. – С. 156-159.
2 Слюсарева Н.А. Теория Ф.де Соссюра в свете современной лингвистики .-М.,1975.-С.73-74.
aniq ko‘zga tashlanadi. Katta til belgilarining (bunda gap nazarda tutilmoqda ) material tomoni ham sintagmatik qatorda shakllanadi1. Erkin so‘z birikmalari yoki gapning nutq doirasida ifodalanishi bunga misol bo‘la oladi.
Til elementlarining faollashuvi uchun sintagmatik qator makon sanaladi. Hatto birgina fonema ham sintagmatik qator doirasida konkret qo‘llanilganda faollashadi va mazmun ifodasiga erishadi. Masalan, ish morfemasiga -chi, -siz,
Do'stlaringiz bilan baham: |