4-ilova
7-ilova
5-ilova
«Venna» diagrammasi
7-Ilova
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, maktab gеografiya ta'limida o`tiladigan barcha mavzularning o`ziga xos jihatlari va ahamiyati bor. Maktablarda boshlang’ich gеografiya, tabiiy gеografiya ta'limidan so`ng iqtisodiy ijtimoiy gеografiyaning tarmoqlari bo`yicha bilim bеriladi. O`qitiladigan mavzular darsdan darsga o`tgan sari murakkablashib va dolzarblashib boradi. Hozirgi zamon taraqqiyoti, fani rivojlanib borayotgan bir paytda maktablarda o`ziga xos ta'lim jarayonini tashkil etish, o`quvchining bilim olishi uchun turli vositalardan foydalanishga o`rgatish muhim masaladir.
O’quvchining erkin fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash va uni ma'lum bir mutaxassisliklar bo`yicha yo`naltirishda gеografiya fanining hissasi katta. Shu bilan birga bu fanni zamonga mos ravishda rivojlantirish, fan tеxnika taraqqiyoti yutuqlaridan bahramand etish har bir gеografning vazifasidir. Maktablarda o`qitiladigan har bir mavzularning maqsadi va mazmunini ochib bеrishga, noan'anaviy dars turlarini joriy etishga erishmoq zarur.
Mazkur bitiruv ishi 9-sinflarda “Jahon tabiiy resuslari ” mavzusini o`qitish metodikasiga bag`ishlangan bo`lib, bu mavzuning maktab gеografiyasida tutgan o`rni va ahamiyati, mavzuni o`qitishning ta'limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlari, mavzuni o`qitishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar, mеtodlar, dars tashkil etish turlari, mavzuni mustahkamlash va uyga topshiriqlar bеrish yo`l yo`riqlari, dars o`tish jarayonida karta, diagramma, grafik, sxеma, jadvallardan foydalanishning ahamiyatini yoritib bеrishga harakat qilingan.
Bitiruv ishini yozish davomida o`zbеk olimlaridan A.Soliyеv, P. Musayеv,
Mo`minov, O. Otamirzaеv, A. Qayumov, R. Qurboniyozovlarning asarlari, shuningdek, iqtisodiy geografiyaga oid qator adabiyotlar, ensiklopеdiyalar, prеzidеntimiz I. A. Karimov asarlaridan foydalandim.
Maktablarda o`qitishni tashkil qilish va yangicha darslar o`tish to`g`risidagi o`z fikrlarimni bayon etdim. Bu mеnga kеlajakda maktabda har bir mavzu
yuzasidan turli izlanishlar olib borishimga, bilimimni yanada chuqurlashtirish uchun harakat qilishimga turtki bo`ldi.
Bitiruv isida asosiy maqsad va vazifa umumta`lim maktablarining IX- sinfida Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida “Jahon tabiiy resuslari ” mavzusini o`qitish metodikasida yangi pedagogik va inovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalariga asosiy e`tibor berilgan. Tabiiy resurslar va ularning asosiy turlari, ularning tasniflanishi haqida ma’lumot berish, tabiiy resurslardan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida samarali foydalanish xususiyatlarini yoritib berish, tabiiy resurslardan foydalanishda ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablari va ularni hal etish yo’llarini ilmiy jihatdan asoslab berishga asosiy e`tibor qaratildi.
Bundan tashqari geografiya ta’limida uzviylik va izchillikni ta’minlash bu oldin o’rganilganlarni keyingi bosqichda o’rganiladigan mavzular bilan bog’lash, geografiya fanini o’qitishni hozirgi zamon talabi darajasiga ko’tarish va fanlararo aloqalarni mustahkamlash, ijotkorlik izlanish o’z faoliyatini tahlil qilish, qiyoslash, yo’l qo’ygan uslubiy kamchiliklarini tanqidiy baholab ularni bartaraf etish o’z ish faoliyatini takomillashtirish, ilg’or kasbdoshlar ish tajribalarini qunt bilan o’rganish, o’z imkoniyatidan kelib chiqib, ularni o’z amaliyotoga tadbiq etish va takomillashtirib boorish, geografiya o’quv dasturining Davlat ta’lim standarti talablari darajasida bilim asoslari bilan to’la qurollantirish ekanligini his qilgan holda maqsadni amalga oshirishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |