Suv resurslari, chuchuk suv maummosi. Yaqindagina suv ham havo kabi tabiatning tekin inomlaridan biri hisoblanar edi. Faqat obikor dehqonchilik joylardagina suv hamma vaqt yuqori baholanib kelingan. Keyingi vaqtlarda
quruqlikdagi suv resurslariga munosabat o`zgardi. Bunga sabab shuki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga, chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Grenlandiya muzliklariga, Arktika muzlari, tog` muzliklariga jamlab qo`yilgan, hozircha ulardan amalda foydalanib bo`lmaydi.
Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo`lgan ehtiyojini ta`minlaydigan manba daryolar bo`lib uning miqdori bor-o`g`i 47 ming km.kubga teng. Chuchuk suvni ishlatish tobora ortib bormoqda, 2000 yilga borib yiliga 5 ming km.kubdan oshib ketdi. 1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv eng ko`p qishloq xo`jaligida sarf bo`ladi. Qishloq xo`jaligida ayniqsa obikor dehqonchilikda ishlatilgan suv resurslari asosiy o`rniga qaytmaydi. Daryolar suv resurslari o`zgarmagan holda suvdan foydalanishning bunday o`sib borish tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi.
Yer yuzida chuchuk suv notekis taqsimlangan. Ekvatorial mintaqa va mo`tadilning shimoliy qismida chuchuk suv yetarli va hatto ortiqcha ham. Bu joylarda suvga eng serob mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga yiliga 25000 km.kubdan ortiq suv to`g`ri keladi. Quruqlikning 1/3 qismini tashkil etgan qurg`oqchil mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin seziladi. Bu yerda suvga kambag`al mamlakatlar joylashgan. Ulardan kishi boshiga 5 ming m.kubdan kam suv to`g`ri keladi. Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo`llari mavjud. Bu yo`llardan asosiysi aftidan ishlab chiqarish jarayonlarining suvga nisbatan talabini kamaytirish va suv isrofgarchiligini qisartirishdir. Daryolar oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda hammasi bo`lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub bo`lgan 30 mingdan ortiq suv ombori bunyod etilgan. Bunga suv yer kurrasi daryolarida bir vaqtda mavjud bo`lgan 3,5 barobar ko`pdir. Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming km.kv dan ortiq yoki Azov dengizi maydonidan 10 barobar katta. Katta suv omborlarining ko`pligi bilan AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi.
AQSH, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Misr va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda katta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq keyingi paytlarda bir daryo xavzasidan boshqa daryo xavzasiga oqizish yuzasidan tuzilgan yirik loyihalar iqtisodiy va tabiiy muhofazasi mulohazalari sababli bekor qilindi. Fors qo`ltig`i, O`rta dengiz bo`ylaridagi mamlakatlarda, Turkmanistonda, Kaspiy dengizida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Karip dengizi orollarida dengiz suvini chuchitish amlga oshirilyapti, dunyo bo`yicha Quvaytda eng ko`p suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho`zilgan quvurlar orqali yuboriladi.
Ma`lumki, daryo suvidan elektr energiya olishda foydalaniladi. Jahonning foydalanish mumkin bo`lgan gidroenergetika zaxirasi 10 trln kvt.st elektr- energiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. Bu gidroenergetika zahirasining 1/2 qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to`g`ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Barziliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |