Foydali qazilmalar ayrim turlarini umumjahon zahirasi
Foydali qazilmalar
|
O`lchov birligi
|
Umumiy geologik zahirasi
|
Shu jumladan, tekshirilgan zahirasi
|
1. Ko`mir
|
mlrd t
|
14800
|
1200
|
2. Neft
|
mlrd t
|
400
|
150
|
3. Tabiiy gaz
|
trln m.kub
|
320
|
185
|
4. Temir rudasi
|
mlrd t
|
400
|
1500
|
Nihoyat uchinchidan, insoniyatning “ishtahasi” to`xtovsiz oshib boradi. Sizga ma`lumki, yer po`stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik qonuniyatlarga bo`ysunadi. Yoqilg`i foydali qazilmalari kelib chiqishiga ko`ra cho`kindi bo`lib qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda ichki va chekkadagi bukilma botiqlarga joylshgan bo`ladi.
Yer kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko`mir xavzalari va konlar bo`lib, ular birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini tashkil etadi. Bir xil geologik yoshga ega bo`lgan ko`mir xavzalari ko`pincha minglab km ga cho`zilib ketgan ko`mirli mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko`mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada bo`lib, o`nta yirik havzaga to`langan.Yer yuzida ko`mir zahirasi neft zahiralariga qaraganda ancha ko`p. Bu zahiralar 15-16 trln. tonnaga mo`ljallangan. Ko`mir zahiralari va uni qazib chiqarish jihatdan rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi. Qazib chiqarilayotgan ko`mirning deyarli 90 foizi yana shu mamlakatlarga to`g`ri keladi. Lekin ko`mir qazib chiqarishda bu mamlakatlar keyingi yillarda rivojlanishga erishgani yo`q (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya ). Urushdan keyingi yillarda ko`mir qazib chiqarish geografiyasi o`zgardi.Toshko`mirning eng ko`p miqdori MDH va XXR, Polpsha, qo`ng`ir ko`mir esa Germaniyada va MDH da qazib chiqarilmoqda.
Olti yuzdan ortiq neft gazli xavzalar o`rganilgan. Ulardan 450 sida neft gaz qazib olinadi. Konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy zaxiralari Shimoliy yarim sharda bo`lib, mezozoy yotqiziqlari orasida joylashgan. Neft gaz zahiralarning asosiy qismi uncha ko`p bo`lmagan eng yirik havzalarda to`plangan. Neftning butun jahondagi zaxirasi 300-400 mlrd t. deb belgilangan. Tekshirilgan zahirasi 60-70 mlrd t. Ayniqsa, Rossiyada Yaqin va O`rta Sharqda joylashgan. Dunyo neft qazib chiqarish sanoatining joylashuviga xos xususiyatlari shundan iboratki, butun qazib olinayotgan neftning deyarli asosiy qismi shu mamlakatlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlardan faqat ASH va Kanadadagidan ko`p miqdorda neft qazib chiqariladi. G`arbiy Yefropa va Yaponiya neftni import qilishga ayniqsa qaram. Bu mamlakatlar o`zlarida qazib chiqarilayotgan neft bilan o`z ehtiyojlarini o`zida oz qisminigina qondira oladi.
Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari qazib chiqarilayotgan neftni G`rbiy Yevropaga eksport qiladi. Rivojlangan mamlakatlar neft sanoatida Amerikaning “standart oil” va Angliya Gollandiyaning “Royyal datch-Shell” kabi yirik
monopoliyalari hukmronlik qilmoqda. Amerika monopoliyalari dunyoda qazib chiqarilayotgan neftni deyarli 65 foizini nazorat qiladi.
Gaz sanoati ikkinichi jahon urushiga qadar faqat AQSHda rivojlagan edi. Keyingi vaqtlarda u MDH, Ruminiya, Kanada, Fransiya, Italiya , Niderlandiyada jadal o`smoqda. Katta-katta gaz boyliklariga ega bo`lgan rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda gazdan deyarli foydalanilmaydi. Faqat keyingi yillardagina neft monopliyalari shimoliy Afrika hamda Yaqin va O`rta Sharqning gaz resurslariga qiziqib qoldilar. Maxsus kemalar hozirgi kunda suyiltirilgan gazni Jazoirdan G`arbiy Yevropaga yetkazib bermoqdalar.
Rudali foydali qazilmalar qadimgi platformalarning zaminida va ularning yer yuziga chiqqan qismlarida, shuningdek, burmalangan o`lkalarda joylashgan. Rudali foydali qazilmalar ko`pincha juda katta rudali mintaqalarni hosil iladi va ular hosil bo`lishiga ko`ra yer po`stining chuqur yoriqlariga bog`liq. Bunday mintaqalar hududi tog`-kon sanoati uchun xom-shyo bazasi bo`ladi va ayrim o`lkalar va hatto butun mamlakatlarni xo`jalik ixtisosini belgilaydi. Hozirgi paytda foydali qazilmalarni qidirish ikki yo`nalishda ham chuqurga, ham eniga tomon olib borilmoqda. Chuqurga tomon yo`nalish yer po`stini yuza qavatlaridagi ko`pchilik konlar qazib olib bo`lingan xorijiy Yevropa, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, AQSH uchun xosdir. Bunday konlarda qazilmalarning qazib olishning tog` geologik sharoiti yomonlashyapti, konlar chuqurlashib boryapti.
Eniga tomon yo`nalish Rossiyaning Osiyo qismida, Kanada, Avstraliya, Braziliyanda keng tarqalgan. Bu joylarda konlarni qazib olish nisbatan yaqinda boshlangan. Qazib olishning tog` geologik sharoiti bu joylarda odatda ancha qulay, konlar unchalik chuqur emas.
G`arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko`pgina mamlakatlarida temir rudalarining katta zahiralari bor.
Rangdor metallurgiya sanoati va qazib olish mustamlakachilik davridaq rivoj topgan edi. Chunonchi, Malayziyada qalay eritish, Zair respublikasida va Zambiyada mis eritish rivojlangan.
Rudali foydali qazilmalar platformalar zaminida va qalqonlarida ko`p uchraydi. Alp-Ximolay-Tinch okean halqasida bu resurslar ko`pchilikni tashkil qiladi. Temir rudasi Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, alyuminiy Fransiya,Italiya Hindiston, Surinam, G`arbiy Afrika mamlakatlarida, mis rudasi Zambiya, Zoir, Chili, AQSH, Karib havzasi mamlakatlarida, Kanada va Avstraliyada to`plangandir. Kimyoviy xom-ashyolardan oltingugurt, fosfat, kaliy tuzi, qurilish xos ashyolaridan marmar, o`tga chidamli tosh, mergal, grafit, muhim ahamiyatga ega.Mineral resurslarni tugab qolishini oldini olish uchun bugungi kunda bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Ulardan:
Qazib olishda kompleks o`zlashtirish.
Mineral resurslarni ikkilamchi marta ishlatish kabilarni ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |