Intеrfаоl usullаrdаn fоydаlаnish shаkllаri:
Individuаllаshtirish;
Kichik guruhlаrgа аjrаtish;
Tаbаqаlаshtirish:
O’rgаtish vа o’rgаnish jаrаyonidа dеmоkrаtik, do’stоnа muhitni yarаtish;
O’zаrо mulоqоt, hаmkоrlikni tаshkil etish.
Muammoli ta`lim texnalogiyalaridan foydalanish masalasi.
Umumta`lim, o’rta maxsus va kasb - hunar ta`limi, oliy ta`lim muassasalari ta`limi jarayonida salmoqli o’rin egallagan muammoli dars, aqliy hujum, bahs – munazarali, ilmiy munazarali va erkin fikrlash darslari muammoli ta`lim texnologiyalariga misol bo’ladi. Mazkur darslarning o’ziga xos jihati dars davomida vujudga kelgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi.
Muammoli ta`lim deganda, o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga kelib, mazkur muammo o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni, ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan ta`lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Muammoli ta`limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq.
1.O’quv materiallarini muammolashtirish 2.O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish.
Ta`lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish.
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida va samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish.
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o’quvchilarga bayon etish.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarni muammosini hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob`ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmasi va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish jarayonini taqazo etadi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari tahlil, sintez, taqqoslash, anologiya, umumlashtirish, tasvirlash va xulosa yasashga yo’naltiradi. Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonini barcha bosqichlarida yangi mavzu bayoni, mustahkamlash, bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o’tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llanishi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilinishi:
O’quv dasturi bo’yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o’tish mumkinligini.
Mavzu matnidagi masalalar bo’yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiy ketma- ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlash, ulardan o’z o’rnida samarali foydalanish usullarini belgilashi zarur.
Muammoli darslarda o’qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o’quvchilar oldiga o’quv muammolarini yuqori ilmiy vametodik saviyada qo’yish darsda o’quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o’quvchilar faoliyatini muammolarini hal etishga yo’naltirishdan iborat bo’ladi. O’quvchilarni faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo’ladi.
Hozirgi zamon muammoli darslarining didaktik maqsadi:
- o’quv muammolarini hal etishda o’quvchilar tomonidan avval o’zlashtirgan bilimlarni ijodiy qo’llanib, yangi bilimlarni egallash ko’nikmalarini;
-bilimlarni ijodiy o’zlashtirish va amalda qo’llanish malakalarini;
-izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati aqliy kamolati, zakovatini rivojlantirishdan iborat.
Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni geografik hodisalarni to’g’ri tushunib yetishga, yangi bilimlarni mustaqil o’rganish va egallagan bilimlarni amalda tadbiq eta olishga o’rganishdan iboratdir.
O’quv jarayonida muammo, muammoli savol, va muammoli topshiriq tarzida bo’lishi mumkin. muammoli savol va topshiriqlar bitta umumiy xususiyatga ega, ularni bajarish jarayonida, uning mazmunida muammoli vaziyatning potensial imkoniyatlari yotadi.
Muammoli ta’limning asosiy tushunchalaridan bo’lgan muammo va bu muammoni o’quvchilar yechishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Muammolarni isbotlash, qarama – qarshi fikrlarni yechish. 2.Dastlabki sharoitdan kelib chiqib, g’oyalarni shakllantirish. 3.G’oyalarni isbotlash.
4.Umumiy xulosa.
Geografiya darslarida muammoli ta’limning asosiy vazifasi fan mazmunini tashkil etuvchi tasavvur, tushunchalar tizimi bilan qurollantirish, geografiya fani asoslaridan puxta bilim olish va hayot uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va malaka berishdan iborat. Maktab geografiyasida muammoli ta’lim asosan ilmiy dalillarni yoritadi. O’rganiladigan hodisaning sababini tushuntiradi. Maktab geografiyasida muammoli ta’lim mazmunida fanning murakkab va muhim asoslarini aks ettirishga alohida etibor berilgan.Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi 3ta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
Muammoli vaziyat hosil qilish.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3.Yechimning to’g’riligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |