II,bob. “Jahon tabiiy resuslari ” mavzusini o`qitishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishi
O`quvchilarning bilim darajasini aniqlash yo`llari talaygina. Bulardan keng tarqalganlari: savol-javob, doska oldida og`zaki yoki yozma javob, frontal so`rash, nazorat ishlari, test sinovlari o`tkazish yo`li bilan bilim darajasini baholash kabilardir. Bulardan tashqari, ijodkor o’qituvchilar tomonidan o’quvchi bilimini
sinashning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ular galma-galdan almashtirilib qo`llab borilishi, dars samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning ushbu fanga qiziqishini uyg`otishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bu bilan bog’liq usullar bir qancha pedagogik jurnallarda, jumladan, «Xalq ta’limi»,
«Биология в школе», «Xимия в школе», «География в школе» kabi jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish masalalarining qo’yilishi ta’lim samaradorligiga erishish, pedagog kadrlarni bilimlarini oshirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish kabi dolzarb masalalarni yechimini topishga qaratilgan ulkan vazifalarni hal etishga qaratilgandir. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotini hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik milliy qadriyatlarini, pedagogik merosni o’rganish va ta’lim tarbiya jarayonini milliylashtirish jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning ustuvorligini ta’minlash va ma’naviy tarbiya nazariyasini amaliyotni takomillashtirish, yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g’oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish, jahon andozalariga mos ta’lim tizimini yaratish, ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagog kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta’lim tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollanish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo’lib qoladi.
Shuni takidlash lozimki, jamiyat taraqqiyotida ilm, fan, ishlab chiqarish kuchiga aylangan bugungi kunda ta’lim tarbiya ishida pedagogik texnologiya davri boshlandi. Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishdan maqsad bo’lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan ta’lim-tarbiya jarayonini loyaihalash samarali metod va vositalarni tanlashga o’rgatishdan iborat. bugungi kun pedagogi pedagogik texnologiya, texnika rivojlangan mamlakatlar ilg’or pedagogik texnologiyasi, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalgam oshirish tajribalari haqida nazariy bilimga ega bo’lishlari, pedagogik jarayonni loyihalay olishlari, ta’lim tarbiya maqsadi,
mazmuni va optimal metodlarini ko’nikma va malakasini shakllantirish, pedagogik diagnostika qobilyatini o’stirishdan iborat. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiya XX asrning 80 yillarida keng joriy etilgan bo’lsa ham biz bu borada orqada edik. Zero, pedagogika uzoq davr kommunistik mafkurani singdirish vositasi, “G’oyaviy” ustuvorlik o’rta asrlar darajasida qolib ketishiga sabab bo’ldi. Natijada pedagogikaning obro’si, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni pasaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir faoliyat, mehnat, jumladan pedagogik faoliyat ham ilmiy asoslanganligi erishilgan natijasi bilan o’lchanadi.
Ta’kidlash lozimki pedagogika nazariyasidagi ko’pgina subektiv mavhumlik barham topdi. Pedagogik texnologiya pedagogika sohasiga ham jahon tajribalari namuna bo’lib kirib keldi. Pedagogika tarixi ta’lim tarbiya texnologiyalari tarixidir. Ammo ana shu tajribalar aniq tizimga solinmagan, ularning qonuniyatlari ilmiy asoslanmagan edi. Pedagogik texnologiya, yangi pedagogik texnologiyaning alohida o’quv predmeti sifatida o’rganilishi ta’lim tarbiya faoliyatini samaradorligini amalgam oshiriladi, murakkab pedagogik mehnatni yengillatadi. Bo’lajak mutaxassis uchun pedagogik texnologiya pedagogik madaniyat, pedagogik mahorat mezonidir. Bugungi kunda “Nima uchun o’rganish va qanday o’rganish” didaktikaning asosiy prinspidir.
Yangi pedagogik texnologiya ta’lim tarbiya jarayonini optimal loyihalash, yuqori natijaga erishishda barcha bug’inlarni, omillarni ishlashini ta’minlash imkoniyatini beradi. Pedagogik texnologiyani o’rganishda avvalo o’z prensplariga: fanning maqsadi, mazmuni, didaktik jarayon shogird va ustoz faoliyati uyg’unligiga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Talaba ya’ni shogird pedagogik texnologiya bo’yicha o’z malakasini oshiruvchi fanning mohiyatini, ta’lim tarbiya ishini samaradorligini ta’minlovchi mexanizm ekanligiga iqror bo’lishiga intilishi zarur. Yuqorida ta’kidlaganimizdek pedagogik texnologiyada o’rganish maqsadi motibi hal qiluvchi omildir. Pedagogik texnologiyani o’rganishda tarixiylik boshqa fanlar, ayniqsa psixologiya bilan pedagogik jarayonni amaliyot bilan bog’liq izchillik prensplariga amal qilinadi. Pedagogik texnologiyani o’z talab qilganidek
uni o’rganishda ham texnika vositalari qo’l keladi. pedagogik jarayonni modellashtirishda zamonaviy texnikadan foydalanish samaradorlik garovidir. Jamiyatni demokratlashtirish, ta’lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish, yoshlarda mustaqillikni shakllantirish kelajakda bir necha bosqichli imtihonlardan vos kechishni taqoza etadi.
Har qanday jarayon natejaga erishish maqsadida izchil faoliyat tizimidir. Ta’lim tarbiya maqsadida tashkil etilgan ob’ekt, sub’ekt o’zaro hamkorlik tizimiga pedagogik jarayon deyiladi. Shuneng uchun har bir pedagogik jarayon o’ziga xos qonuniyatlar, maqsad, vositasi, natija mezoniga ega. Pedagogik texnologiyani “Yangi”, “Ilg’or” urg’ular bilan mavsumiy masalaga aylantirish uning imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanishdan chalg’itadi. Pedagogik jarayon haqidagi har qanday yangilik tashabbus jumladan pedagogika ham uning mavjud qonuniyatlariga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
Jamiyat barqaror, takrorlab turuvchi ma’lum jarayon voqea, hodisalarning ichki aloqadorligidir. Masalan, pedagogik jarayonning bir butunligi, uning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli va metodi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talabi mafkurasiga mos bo’lmog’i lozim. Agar pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni lohihalashdan boshlanar ekan, avval pedagogik jarayonning bir butunlik qonuniyatiga amal qilinadi.
Pedagogik texnologiyaning ahamiyati, ustunligi ham shunda. Bir butun shaxsni kamol topdirishda bir butunlikda yondoshish va pedagigik jarayon tarkibining o’zaro bog’liqligi uning uzviyligini oshiradi. Boshqa texnologik jarayonda ham biror tizimi yoki bug’in tarkibi ishlamasa butun jarayon, ishlab chiqarish to’xtaydi. Pedagogik jarayonning bir butunligi talabi ham pedagogik texnologiyani prinsipi bilan uyg’undir. Shuningdek, ta’lim tarbiya davr talabiga, jamiyatning rivojlanishi prensplariga, bugungi kunda bozor iqtisodi tamoillari va istiqlol mafkurasiga mosligi ham yangi pedagogik texnologiyaning yo’nalishini belgilaydi. Jamiyatning buyurtmasi pedagogik texnologiya va pedagogik tizmning tarkibiy qismidir. Pedagogik texnologiyaning dolzarbligi, keng ommalashgani ham uning kafolatli natija, model metodika ekanligidadir.
Natijani aniqlashda pedagogik jarayonni talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarning o’zaro bog’iqligi qonuniyatiga asoslaniladi. Ma’lumki, pedagogik jarayonning bu o’ziga xos xususiyati ta’lim tarbiya va rivojlanishining bir-birini to’ldirishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirishi bilan xarakterlanadi.
Demak pedagogik texnologiya ta’lim, tarbiyaning maqsadini, vazifasini belgilashda anashu qonuniyatga amal qilinishi tabiiy. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’lim tarbiya metodikasidan farqi, ustunligi ham o’quvchi faolligi prenspiga asoslanishida. Ya’ni bu borada tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash, o’qitish va o’rganishning birligi va qonuniyati bilan hamohangdir. Jahon pedagogik tajribasida tarbiyalanuvchining faoliyati ustuvorligi, tarbiyachi uni tashkil qila bilish mahorati zarurligi ilmiy asoslangan. Ta’lim tarbiyaning 2 tomonlama xususiyati pedagogik tizm va pedagogik texnologiyada barcha tadqiqotchilar tomonidan tan olingani e’tiborga molikdir.
Tarbiyalanuvchi, ta’lim oluvchining yosh va shaxsiy xususiyatlari, imkoniyatini hisobga olish qonuniyati ham pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasi bo’ladi. Pedagogik tizimni loyihalashda, ta’lim tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari va tarbiya ob’ekti va sub’ekti va faoliyatini belgilashda o’ziga xoslik va moslik qoidasiga amal qilinishi aksiomadir.
Jamoa shaklida o’qitish, jamoa orqali tarbiyalash mavjud ekan, pedagogik texnologiyada, ta’lim – tarbiya jarayonini loyihalashda jamoa va shaxsning o’zaro hamkorligiga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning ta’lim – tarbiya jarayoniga bir butunlikda yondoshish, barcha bo’laklarning bir xil o’zaro bo’g’liqlikda ishlashi pedagogik texnologiyaning talabidir. Ma’lumki, texnikada biror butun detall ishlamasa faoliyat, harakat bo’lmaydi. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’lim – tarbiya metodikasidan ustunligi ham shunda. Agar an’anaviy ta’lim – tarbiya metodikasida ta’lim – tarbiya maqsadi, mazmuni, yo;l va usullari, vositalari alohida qaralsa, u yoki bu jihatdan takomillashtirish tahlil qilinsa, pedagogik texnologiyada bir butun va o’zaro bog’liqlikda o’rganiladi.
Reyting sinov daftarchasi. O`tilgan mavzular o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilayotganini muntazam tekshirib borish maqsadida geografiya fani bo`yicha maktabda o’quvchilarning bilim va ko`nikmalarini hisobga olib boruvchi «reyting varaqasi» joriy qilish mumkin. Sinfdagi har bir o`quvchi alohida
«sinov daftarchasi» tutib, unda geogarfiyani turli mavzular bo`yicha tushunchalar, qonuniyatlarni qay darajada o’zlashtirganini qayd qiladi. Har bir mavzu bo`yicha tekshirib ko`rilishi shart bo’lgan yozma, og`zaki so`rovlar, amaliy ishlar yakunning baholarini o’quvchilar ana shu daftarga yozib boradilar.
Har bir yangi mavzudagi tushuncha va qonuniyatlarning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishi, ularning yodida saqlanib qolishda faqatgina og`zaki yodlash ko`nikmalaridan foydalanib qolinmasdan, balki geografiya didaktikasining yangi, no’ananaviy usullardan foydalaniladi. Ulardan biri tayanch konspekt tuzish chuqur tahlil qila bilish usulidir.
Uning mohiyati nimada? Tayanch konspekt alohida so’zlar, hatto ayrim harflar, formula va boshqa, xildagi konspekt yordamida o`tilgan mavzuni qisqa, tushunarli holda sinf doskasida ifodalashdan iboratdir. Yangi mavzuni o`tish jarayonida avvalo, uni mukammal tushuntirib beriladi, so`ngra o’quvchilar mavzu materiallarini turli xil rasmlar, qisqartma so’zlar, rang-barang indekslar, yordamida ifodalab, darsni bo’limlarga bo’lib o’rganishadi.
Har bir bo’limdagi g’oya, tushunchalar, maxsus konspekt yordamida ifodalanib o’quvchilarga tushuntiriladi. Avvalgi yangi mavzu og`zaki hikoyani eshitib, ikkinchi marotaba uni konspekt
yordamida mustahkamlaganlaridan keyin o’quvchilar darsning o’zlashtirilishi zarur bo’lgan eng asosiy tushunchalarni bilib oladilar va quyidagilarga e’tibor qiladilar:
1). Nazariy materialni bilish;
2).Tematik kartalarni taqqoslab, ular o’rtasidagi aloqalarni ko`ra olish va tushuntirib berish;
3). Geografik nomlari (atamalarni bilish); 4). O`lkashunoslik;
5). Berilgan rasmdagi tasvir dunyoning qaysi davlatigaiga tegishli ekanligini aniqlash bo`yicha bilim va ko`nikmalar tekshirilishini bilishadi.
Darslik o’quvchilar uchun asosiy qo’llanma, ular oladigan bilimlarning eng muhim manbaidir. O’quvchilarni kitobdan foydalanishga o’rgatish maktab geografiyasi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biridir. O’quvchilar darslik bilan o’qituvchi rahbarligida ishlaydilar. O’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan o’quv yilining boshida tanishtiradi. O’qituvchi darslikning kartalari, sxemalari, jadvallari, profillari, rasmlari, ilovalari, savollari topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, darslik bilan ishlash yo`llari haqida umumiy ko`rsatma beradi. Dars to’rtta muvofiq ravishda darslikning ilmiy saviyasini ko`tarishga, shuningdek darslik yordamida o’quvchilarning sinfda va uyda bilim faoliyatini faollashtirishga e’tibor berilgan. Yangi ilmiy tushunchalar kirtish, ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylashish qonuniyatlari muhim iqtisodiy-geografik faktlar misolida tushuntirish, o’quvchilarni fan usullari bilan tanishtirish-maktab iqtisodiy geografiiyasi ilmiy saviyasini oshirishning eng muhim yo`llaridir.
Darslik karta-sxema, diagramma, grafik rasm va jadval kabi illyustratsiya materillariga boy. Ular darslik mazmunning tarkibiy bo’lagi bo’lib, o’quvchining ob’yekt va jarayonlarga doir tasavvurlarini muayyanlashtirish, ularning bilim faoliyatini faollashtirish, mantiqiy tafakkurini tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Illyustratsiya materiallaridan foydalanishda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarga muayyan tasavvur yoki tushuncha hosil qilish bilan birga illyustratsiya faktlarni tahlil etishga, taqqoslay olish usullarini o`rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoni xususan turli tarmoqlarning aloqadorligini aks ettirgan rasm va sxemalarga alohida ahamiyat berish zarur. Ularni tahlil etish geografik tasavvur va tushunchalarni muayyanlashtiradi.
Jahon sanoat tarmoqlari tarkibi va qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibiga doir diagrammalardan ayrim tarmoqlarning rivojlanish dinamikasini tushunish mumkin.
Darslikdagi karta-sxemalar darsda ham, uy topshirig`ini bajarishda ham muhim rol o`ynaydi. Ular xalq xo`jaligining muayyan sohasigagina bag`ishlangan
mavzuli karta-sxexmalardan, viloyatlar iqtisodi aks ettirgan majmuali karta- sxemalardan iboratdir. Karta-sxema bilan ishlash o’quvchilarga karta bilan ishlash malakasini takomillashtiradi. Illyustratsiya materiallaridan qay o`rinda, qay holda, foydalanishni bilmoqchi bo’lgan o`qituvchiga darslik muayyan yo`llanma beradi. Chunonchi, matn orasida berilgan «dioarammaga qarang», «jadvalga qarang» kabi topshiriqlar hamda har bir mavzu oxiridagi savol topshiriqlar ana shunday funksiyani bajaradi.
Darslik ilovasidagi jadvallarda xilma-xil mazmundagi statistik ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar Jahon mamlakatlarining Yer maydoni, aholisi, shaharlari, xalq xo`jaligining tarkibi va rivojlanishiga doir tasavvur va tushunchalar shakllanishiga xizmat etish lozim.
Geografiyani kartasiz, tasavvur qilib bo’lmaydi. Maktabda geografiya o’rganilar ekan, u bilan birga karta ham o’rtaniladi. Geografiya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqotlar kartasiz bajarilmaydi. Karta geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Agar o’quvchi kartaga qarab fikr yurita olsa u egallagan bilim yanada mustahkamlanadi.
Mustaqil ishlarning turi har bir darsning mazmuni, didaktik madsadi, o’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiq belgilanadi. Jahon mamlakatlari qtisodiy va ijtimoiy geografiyasida o’quvchilar darsda va uyda bajaradigan mustaqil ishlar mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi materiallarini ongli o’zlashtirishga, orttirilgan malaka va ko’nikmalarni mustahkamlashga qaratiladi.
Mustaqil ishlar o’quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga fakt va hodisalarni umumlashtirishga, raqamlar, kartografik materiallar bilan ishlashga qancha ko`p da’vat etsa, o`quvchilar faktik materialni shuncha ongli o`zlashtiradilar, binobarin, o`rganilgan bilim mustahkam bo’ladi. Eng muhimi o’quvchilarda mustaqil bilim olish ko’nikmasi tarkib topadi. Mustaqil ishlash o’quvchilarni tez toliqtirmaydi. Kishi olgan bilimini muayyan malaka va ko’nikmasiz amalda tadbiq qilish qiyin. Biron qoidani, yoki biron qonuniyatni aytish bilan uni turmushda qo`llash orasida muayyan malaka va ko’nikma zarur. Malaka va ko’nikma tarkib topishi uchun turli mazmundagi amaliy ishlar o`tkazish kerak. Mustaqil ishlar har
qancha ahamiyatga ega bo’lmasin uni mezonga rioya qilmoq lozim. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan mustaqil ishlar mezonini belgilashda dastur talabidagi darslik asos bo’ladi. Lekin bunda har qaysi o’quvchining saviyasi, xususan geografiyadan bilim darajasi inobatga olinadi. Bu fanni o’rganish yuzasidan o’quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etish uchun alohida imkoniyatlar mavjud. Darslikda o’quv materialining fakt va hodisalarni bir-biriga solishtirib va umumlashtirishga da’vat etuvchi savol va topshiriqlar zarur miqdorda, o’z o’rnida berilganligini ham, mustaqil ishlar uchun alohida qulayliklar yaratadi.
Darsda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagilardan iborat:
O’quv materialini o’quvchilar mustaqil o’rganib, muayyan xulosa chiqarishlariga undovchi savollar;
Ilgari olingan bilimlarni o’rganilayotgan material bilan taqqoslash;
v) Darslikning illyustratsiya materiali bilan ishlash;
g) Diagramma, jadval tuzish;
Darslikdagi savol va topshiriqqarga javob tayyorlash;
Jadval ma’lumotlari bilan ishlash;
j) Yozuvsiz karta to`ldirish;
Mustaqil ishlar oddiydan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Mustaqil ishlarning murakkablashtirib borilishini M.K.Kovalevskaya 3 bosqichga bo’lgan.
Yangi fakt va hodisalarni izlashni talab etuvchi nisbatan yengil topshiriqlar. Bular “Qayerda?”, “Qay vaqtda”, “Qancha?” degan savollarga javob beruvchi topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Masalan, “Dunyoning qayerlarida rangli metall rudalari joylashganligini aniqlang”, “Dunyoning qaysi qismida chuchuk suv muammolari mavjud”.
Geografik hodisalarning sabab-oqibatlarini belgilash va tushuntirishni talab qiluvchi nisbatan murakkab topshiriqlar. Topshiriqlarni berishda “Tushun- tiring”, “Isbotlang” degan talablar va “Nima uchun”, “Qanday qilib”, “Nega” degan savollar qo’yiladi. Masalan, “Nima uchun dengizda tashilgan yuklar arzon
tushadi” tushuntiring yoki “Subtropik iqlim sharoitida joylashgan mamlakatlar dehqonchiligining ixtisoslashuviga qanday ta’sir etadi?”.
Fakt va hodisalarni umumlashtirishni talab etuvchi nazariy yo`nalishdagi muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar va ish usullarini tushuntirishni nazarda tutadi. Masalan, “Tabiiy resurslarga xo`jalik nuqtai nazardan baho berish nima, turli xo`jalik tarmoqlarini belgilovchi me’yor nimadan iborat” yoki qanday omillar hududiy ixtisoslashtirishni belgilaydi. Ayrim mavzularni o`tishda mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil qilish mumkin. O’zbekistonning yozuvsiz kartasida paxta tozalash zavodi bilan kanop zavodlarini belgilab qo’ying? Qishloq xo`jaligi geografiyasi mavzusini o’rganishda mustaqil ishni dastlab matn oldidan berilgan savollarga javob tayyorlashdan
boshlash kerak. Bu savollar quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo`jaligi qanday xususiyatlariga ko`ra sanoatdan farq qiladi? 2.Qishloq xo’jaligi qanday tarmoqlardan iborat?
3.Chorvachilik tarmogi rivojlangan dunyo mamlakatlarini aniqlang. 4.Paxtaning asl vatani qayer?
5.Paxtadan qanday mahsulotlar olinishini eslang?
Darslik bilan ishlashdan tashqari, o’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish, undan zarur geografik ma’lumotlarni topa olishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish uchun o’qituvchi ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan qiziq faktlar, ajoyib o`simliklar yoki hayvonlar haqida, aholining urf-odatlari haqida so’zlab berishi kerak. Qo`shimcha adabiyotlar yuzasidan beriladigan topshiriqlar bir yoki bir necha o’quvchiga topshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |