Mundarija kirish 1 Yon


Binolarning Yong‘inbardoshlik darajasi



Download 420 Kb.
bet31/31
Sana23.01.2022
Hajmi420 Kb.
#403357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
bahodir kurs ishi

Binolarning Yong‘inbardoshlik darajasi

Ishlab chiqarishning Yong‘inga xavfliligi bo‘yicha toifasi

Bino hajmi quyidagicha (ming m3) bo‘lganda bir yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi, l/s

3 gacha

3 dan 5 gacha

5 dan 20 gacha

20 dan 50 gacha

50 dan 200 gacha

200 dan 400 gacha

400 dan 600 gacha

I va II

G, D

10

10

10

10

15

20

25

I va II

A, B, V

10

10

15

20

30

35

40

III

G, D

10

10

15

25

35

-

-

III

V

10

15

20

30

40

-

-

IV va V

G, D

10

15

20

30

-

-

-

IV va V

V

15

20

25

40

-

-

-

Eni 60 metrdan katta bo‘lgan fonussiz ishlab chiqarish binolar uchun tashqi yong‘inga qarshi suv sarfi ҚMҚ 2.04.02-97 me’yoriy hujjatining 9-jadvaliga muvofiq aniqlanadi (3-jadval).

3-jadval


Binolarning Yong‘inbardoshlik darajasi

Ishlab chiqarishning Yong‘inga xavfliligi bo‘yicha toifasi

Bino hajmi quyidagicha (ming m3) bo‘lganda bir yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi, l/s

50 gacha

50 dan 100 gacha

100 dan 200 gacha

200 dan 300 gacha

300 dan 400 gacha

400 dan 500 gacha

500 dan 600 gacha

600 dan 700 gacha

700 dan 800 gacha

I va II

A, B, V

20

30

40

50

60

70

80

90

100

I va II

G va D

10

15

20

25

30

35

40

45

50

Eslatma.

1. Korxonalarda bir vaqtni o‘zida sodir bo‘lishi mumkin yong‘inlar soni 2 ta bo‘lganda yong‘in o‘chirish hisobiy suv sarfi ko‘p suv sarfi talab qilinadigan ikkita bino bo‘yich olinishi lozim.

2. Sanoat korxonasining alohida joylashgan yordamchi binolari uchun tashqi yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi jamoa binolari kabi me’yoriy hujjatning 7-jadvakidan, ishlab chiqarish binolariga qurilganlar uchun esa umumiy hajmi bo‘yich 8-jadvaldan olinadi.

3. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining I va II- yong‘inbardoshlik darajasidagi hajmi 5000 m3 gacha bo‘lgan ishlab chiqarish toifasi G va D binolari uchun tashqi yong‘inni o‘chirish suv sarfi 5 l/s olinadi.

4. Hajmi 10000 m3 gacha bo‘lgan yog‘och materiallari omborlarida yong‘inni tashqi tomondan o‘chirish uchun suv sarfi me’yoriy hujjatning 8-jadvalidan ularni ishlab chiqarish toifasi V, yong‘inbardoshlik darajasi V bo‘lgan binoga tenglashtirib aniqlanadi.

5. Yong‘inbardoshlik darajasi IIIa, IIIb va IVa bo‘lgan binolarda yong‘in o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suv sarfi 3- va 4-jadvaldan yong‘inbardoshlik darajasi II va IV bo‘lgan binolar kabi olinadi, bunda IIIa ni II ga, IIIb va IVa larni IV ga tyenglashtiriladi.

6. Bino va inshootlarning yong‘inbardoshlik darajasini ШНҚ 2.01.02-04 talablari asosida, binolarning yonishportlash va yong‘in xavfsizlik toifasini ШНҚ 2.01.19-09 asosida aniqlash lozim.

7. Hajmi 2- va 3-jadvallarda keltirilgan qiymatdan katta bo‘lgan binolarda tashqi yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi davlat yong‘in nazorati organlari bilan kelishilgan holda o‘rgatiladi.

8. yong‘inbardoshlik darajasi II bo‘gan yog‘och konstruksiyali binolar uchun tashqi yong‘inni o‘chirish syv sarfi meyoriy hujjatning 8 va 9-jadvalida keltirilgan sarfdan 5 l/s ko‘p olinishi lozim.


Bunda katta hajmdagi xonalarning tutun bilan qoplanish ehtimoli va yongan mahsulotlardan ajralib chiqayotgan yuqori harorat natijasida yong‘in o‘chirishda yuzaga keladigan bir qator qiyinchiliklar ham hisobga olinadi.

ҚМҚ 2.04.02-97ning 2.15-bandiga asosan yong‘inga qarshi devor bilan qismlarga ajratilgan yoki yong‘in xavfliligi bo‘yicha turli xil toifalarga mansub binolarda yong‘in o‘chirish uchun hisobiy suv sarfi, binoning eng ko‘p suv sarfi talab qilinadigan qismi bo‘yicha aniqlanadi.

Bir, ikki qavatli ishlab chiqarish va bir qavatli omborxona binolarida (balandligi 18 m dan ko‘p bo‘lmagan ko‘tarib turuvchi metall konstruksiyali va yonmaydigan hamda sovuq o‘tkazmaydigan polimer material qoplangan asbestsementli listlar bilan yoki profilli po‘lat konstruksiya bilan to‘silgan) tashqi yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi 2- va 3-jadvallarda keltirilgan miqdordan 10 l/s ko‘p qiymat olinishi lozim. Bunday binolar uchun tashqi yong‘in zinalari o‘rnatilgan joylarda diametri 80 mm li quruq-tik quvur o‘rnatilishi va yuqori hamda pastki uchlari ulanish kallaklari bilan jihozlanish shart (ҚMҚ 2.04.02-97ning 2.16 bandi).

Yuqorida (2 va 3-jadvallarda) keltirilgan suv sarflari bitta yong‘inni o‘chirish uchun talab qilingan qiymatlari bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hisobiy yong‘inlar soni korxonaning maydoni yuzasiga bog‘liq holda ҚМҚ 2.04.02-97ning 2.22-bandiga asosan aniqlanadi: 150 ga gacha bo‘lsa-bitta, 150 ga dan ortiq bo‘lsa-ikkita yong‘in olinadi.

Sanoat korxonasining suv uzatish tarmoqlari shahar suv ta’minoti tizimi bilan birlashgan bo‘lsa, yong‘in o‘chirish uchun hisobiy suv sarfi - sanoat korxonasi egallagan hudud yuzasiga va aholi soniga qarab ҚMҚ 2.04.02-97 me’yoriy hujjatining 2.23-bandiga asosan olinadi:

– sanoat korxonasi umumiy yer maydoni 150 gektargacha va shahardagi aholi soni 10 ming kishigacha bo‘lsa-bitta yong‘in olinadi (aholi maskani yoki sanoat korxonasi uchun talab qilinadigan eng ko‘p suv sarfi qabul qilinadi);

– sanoat korxonasi umumiy yer maydoni 150 gektargacha va shahardagi aholi soni 10 mingdan 25 minggacha bo‘lsa 2 ta yong‘in olinadi (1 ta aholi maskanida va bitta sanoat korxonasida qabul qilinadi);

– sanoat korxonasi maydoni 150 gektar va undan ortiq hamda shahardagi aholi soni 25 minggacha bo‘lsa 2 ta yong‘in olinadi (2 ta aholi maskanida yoki 2 ta sanoat korxonasida ko‘p suv sarfi bo‘yicha);

– sanoat korxonasi maydoni 150 gektar va undan ortiq hamda shahardagi aholi soni 25 ming kishidan ortiq bo‘lsa, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar soni sanoat korxonasi uchun alohida, aholi maskani uchun alohida olinadi, umumiy hisobiy suv sarfi kattasining (sanoat korxonasida yoki aholi maskanida) 100 foizi, kichigining (sanoat korxonasida yoki aholi maskanida) esa 50 foizi olinib, ular yig‘indisi qabul qilinadi.

Bitta aholi yashash punktida bir nechta sanoat korxonasi joylashgan bo‘lsa, yong‘inni o‘chirish uchun talab etiladigan suv miqdorini belgilash uchun hududiy davlat yong‘in nazorati organi bilan kelishilgan holda, bu masala ijobiy hal qilinishi lozim.

Tashqi suv uzatish tarmoqlarida o‘rnatilgan gidrantlar orqali yong‘in o‘chirish davomiyligi me’yoriy hujjat (ҚМҚ 2.04.02-97 2.24-bandi) talabiga muvofiq 3 soatga, ishlab chiqarish toifasi G va D, yong‘inbardoshlik darajasi I va II bo‘lgan (yonmaydigan devor, orayopma va tomyopmali) binolar uchun hisobiy yong‘in o‘chirish davomiyligi 2 soatga teng deb qabul qilingan.

Ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari va statsionar yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan jihozlangan binolarning ichki qismida, sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish uchun, eng ko‘p suv sarfi talab qilinadigan binoga aniqlangan qo‘shimcha suv sarfi miqdori quyidagi tarzda hisobga olinishi lozim. Birlashgan suv ta’minoti tarmoqlarida ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari , sprinkler yoki drencher uskunalari va tashqi gidrantlar uchun, yong‘in o‘chirish ishlarining dastlabki birinchi soatlarida, yong‘inga qarshi hisobiy suv sarfi yuqorida nomlari sanab o‘tilgan yong‘in o‘chirish qurilmalarining ishini to‘liq ta’minlaydigan hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq belgilangan eng ko‘p suv sarfi miqdorida qabul qilinadi. Sprinkler yoki drencher qurilmalari o‘chirilgandan keyin, yong‘in o‘chirish vaqtida talab qilinadigan suv miqdori, yong‘in o‘chirish gidranti va jo‘mraklarining ishlashi bilan ta’minlashi lozim.

Bino ichida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish uchun talab qilinadigan suv sarfi (Qichki) va bir vaqtning o‘zida yong‘in o‘chirish jo‘mraklaridan uzatiladigan oqimlar soni ҚМҚ 2.04.01-98 me’yoriy hujjatning tegishli bandlariga muvofiq, binoning vazifasi, qavatlar soni va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sprinkler va drencher yong‘in o‘chirish qurilmalarining suv sarfi miqdori (Qqurilma) "Avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalarini loyihalash bo‘yicha yo‘riqnoma" (SN 75-76) talablariga muvofiq aniqlanishi lozim. Sprinkler va drencher avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalarining bir vaqtning o‘zida baravar ishlashi, yong‘in o‘chirish sharoitidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.

Ko‘pik uskunalari, lafet dastagi bilan jihozlangan qurilmalar yoki sochma suv uzatish yo‘li bilan yong‘in o‘chirishga uzatiladigan suv sarfi miqdori korxonalarning qurilishni loyihalash me’yorlarida ko‘zda tutilgan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq belgilanishi, shuningdek sanoatning berilgan tarmog‘i uchun bino va inshootlarga ҚМҚ 2.04.02-97 ning 8- va 9-jadvallariga asosan yong‘in o‘chirish gidrantidan qo‘shimcha 25 foiz miqdorida suv sarfining uzatilishi hisobga olinishi lozim. Bunda umumiy suv sarfi ҚМҚ 2.04.02-97 ning 8 va 9-jadvallarida keltirilgan suv sarfi miqdorlaridan kam bo‘lmasligi kerak.



Xulosa
Yong‘in xavfsizligi talablari hisobi bilan yong‘inga qarshi oraliqlarni uslubi, bino va inshootlar orasida yong‘inning tarqalish sabablarini tahlili asosida belgilanishi mumkin.

Sanoat maskanlarida yong‘inning tarqalishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:

–nurli va konvektiv issiqlik almashinuvi yo‘li bilan issiqlik energiyasining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, texnologik jihozlardagi portlashlar;

–rezervuarlarda yonayotgan yonuvchi suyuqlikning otilishi, qaynab ketishi va to‘kilishi;

–atrof-muhitning ortiqcha gazlanib ketishi va olovnng yonuvchi bug‘ yoki gaz-havo aralashmasi orqali yonmayotgan maskanga o‘tib ketishi;

–hududning moylanib ketishi va axlatga to‘lib ketishi.

Bino va inshootlar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarni asoslashda faqat nurli issiqlik almashinuvi hisobga olinadi. Konvektiv issiqlik almashinuvi quyidagi sabablarga ko‘ra e’tiborga olinmaydi: birinchidan, yong‘in vaqtida u doimo yuqoriga qarab intiladi va nurlanuvchi obyektning qizish darajasiga ta’sir qilmaydi, ikkinchidan, nurlanuvchi obyekt tomonga shamol ta’sirida issiqlik oqimining zichligi bir muncha susayadi. Buning asosiy sababi, alanganing egilishida va obyektlar o‘rtasidagi muhitning tutunga to‘lishini ortishida nur tarqatuvchi yuza o‘lchamlarining kamayishidir. Ochiq joylardagi ba’zi yong‘inlar bundan mustasno, chunki, qattiq shamol ta’sirida alanga shunchalik egiladiki, unda nurlanuvchi obyekt olov ichida qoladi.

Uchib tushgan uchqunlar va chala kuyuklardan yonayotgan obyektdan ancha uzoq bo‘lgan masofada yong‘inning yangi o‘choqlari yuzaga kelgan holatlar ham uchrab turadi. Biroq, bunday vaziyatda yong‘inlar shu qadar sekin avj oladiki, ularni bartaraf etish birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan amalga oshiriladi. Tolali moddalar (paxta, kanoppoya, xashak, poxol va shu kabilar)ni ochiq tarzda saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi maskanlari bundan mustasno. Bunday maskanlar uchun yong‘inga qarshi oraliqlar o‘lchamini hisoblashda uchqunning bir joydan boshqa joyga uchib o‘tishini hisobga olish zarur. Boshqa maskanlar uchun oraliqlarni me’yorlashda uchqunning bir joydan boshqa joyga uchib o‘tishini hisobga olish iqtisodiy tomondan asossiz deb hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan yong‘inning tarqalish sabablariga to‘xtaladigan bo‘lsak, texnologik jihozlarni to‘g‘ri ishlatish va yong‘in xavfsizligining doimiy talablariga amal qilish, mazkur masalani yechishda ular (sabablar)ni e’tiborga olmaslikka yo‘l qo‘yadi.

Qurilish konstruksiyalarni talab etiladigan olovbardoshlik chegarasi va olovtarqalish chegarasini aniqlash usullari quyidagilarni o‘z ichiga olgan.

Avvalo binoning talab etiladigan olovbardoshlik darajasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ko‘rsatkichlar belgilanadi (ishlab chiqarish toifasi, yong‘in yuklamasi, binoning qavatligi va maydoni, sig‘imi, yong‘in o‘chirish vositalarining miqdori va x.k.). So‘ngra, funksional tayinlaganligi bo‘yicha loyihalash me’yorlari keltirilgan QMQlarning boblaridagi mos keladigan jadvallardan binoning talab etiladigan olovbardoshlik darajasi topiladi.

Binoning olovbardoshlik darajasi aniqlangandan so‘ng, bino va inshootlarni loyihalashdagi yong‘inga qarshi me’yorlar bo‘yicha Qtr= Qf shartini hisobga olgan, holda qurilish konstruksiyalarni olovbardoshlik chegarasi va ular bo‘ylab olovtarqalish chegaralarini aniqlashga o‘tiladi. Bunda, bino va inshootlarni loyihalash yong‘inga qarshi me’yorlaridagi binolarning olovbardoshlik darajasi bo‘yicha sinflarga bo‘linishida, faqatgina binoning olovbardoshlik darajasiga ta’sir etadigan konstruktiv elementlar kiritilgan. Binolarni olovbardoshlik darajasi bo‘yicha sinflanishiga kirmaydigan konstruktiv elementlarning talab etiladigan olovbardoshlik chegarasi va ular bo‘ylab olovtarqalish chegaralarini qo‘shimcha aniqlash zarur. Bunday konstruktiv elementlarga quyidagilar kiradi, chordoqli binolar tomidagi yog‘och elementlar (obreshetka va stropilalar), pollar, devorlarning sirt qoplamasi (oblitsovki), ichki to‘siqlar, shiftlar, darvoza va eshiklar, fonar va deraza romlari pereplyotlari, osma shiftlar, tom qoplamasi (krovlya), tom qoplamani issiq to‘shamasi hamda yong‘inga qarshi to‘siqlar va boshqalar.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O’zbekiston", 2008.

2. “Mehnat Kodeksi”. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. – T.: 2005 y., 37-38 - son.

3. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2002 y., 1-son.

4. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 1999 y., 9-son.

5. “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Uzbekiston Respublikasi qonuni, 2009.

6. Yormatov G‘.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 yil. – 348 b.

7. Yormatov G’. Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O’quv qo’llanma. - T.: 2005.

8. O’. Yo’ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 2005.

9. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. -260 b.

10. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. -195 b.

11. G‘oyi’ov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil. – 264 b.

12. Qudratov A. va b.. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi. “Aloqachi” - T.: 2005. -355 b. 170

13. Bezopasnostg’ jiznedeyatelg’nosti. /Pod.red. Mixaylova L.A. Kiev – Xarg’kov – Minsk, 2007. 301 s.

14. Mikryukov V.Yu. Bezopasnostg’ jiznedeyatelg’nosti. Uch.posobie. Rostov – Don. 2006.

15. Norxo’jaev A.Q., Yunusov M.Yu. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. –T.: „Universitet”, 2001.

16. Tojiev M.X., Nigmatov I va b. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". O’quv qo’llanma. –T.: MCHJ., Ta’lim manbai, 2002. -224 b.

17. Yunusov M.Yu., Ikromov E.J. Fuqaro muhofazasi - doimiy zarurat. –T.: 2002.

18. Belov S. V. i dr. " Bezopasnosth jiznedeyatelhnosti", "Vqsshaya shkola" , - M.: 1999.

19. Spravochnik. Bezopasnosth proizvodstvennqx protsessov. /pod red. Belova S. V. , -M.: 1989. 29. Yunusov B. Rukovodstvo po oxrane truda. T. 2004.

20. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tononidan 2012 yil 26 – dekabrdagi 507 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan o’quv dastur.

Elektron resurslar

1. www.bilim.uz. OO’MTV sayti

2. www.ziyo.edu.uz OO’MTV sayti

3. www.ziyo.net.uz OO’MTV sayti

4. www.mintrud.uz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.

5. www.minzdrav.uz Sog’liqni saqlash vazirligi sayti.

6. www.mchs.gov.uz Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti.

7. www.uznature.uz Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi sayti.

8. www.standart.uz Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi sayti.

9. www.sanoatktn.uz Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (Sanoatkontexnazorat) sayti.




Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish