Mundarija kirish 1 Yon


Suv uzatish tarmog‘isiz yong‘inga qarshi suv ta’minoti



Download 420 Kb.
bet27/31
Sana23.01.2022
Hajmi420 Kb.
#403357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
bahodir kurs ishi

3.3. Suv uzatish tarmog‘isiz yong‘inga qarshi suv ta’minoti

Suv uzatish tarmog‘isiz yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalariga tabiiy (irmoq, buloq, chashma, daryo, ko‘l va h.k.) va sun’iy (quduqlar, prudlar, rezervuarlar, hovuz-kopanilar, kanallar va suv omborlari) suv manbalari kiradi. Yong‘in o‘chirishga suv olish (tortish) motopompa, avtonasos, shuningdek qo‘l va lafet dastagi orqali yong‘in o‘chirish yenglari bo‘ylab suv uzatishga mo‘ljallangan statsionar nasoslar yordamida amalga oshiriladi.

ҚMҚ 2.04.02-97 ning 2.11-bandiga asosan tashqi yong‘inni o‘chirish uchun soniyasiga 10 litr suv talab qilinadigan, ishlab chiqarish toifasi V, G va D bo‘lgan binolarda, shuningdek 5 ming kishigacha aholi istiqomat qiladigan aholi yashash punktlarida va alohida joylashgan hajmi 1000 m3 gacha bo‘lgan jamoa binolarida, hajmi 1000 m3 gacha bo‘lgan dag‘al hashak saqlanadigan omborlarda va binoning hajmi 5000 m3 gacha bo‘lgan mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborlarda suv uzatish tarmog‘isiz yong‘inga qarshi suv ta’minotini qurishga ruxsat etiladi.

Yong‘inga qarshi suv hovuzlarining sig‘imi 3 soat davomida yong‘inni o‘chirishga talab qilinadigan suv sarfidan kelib chiqqan holda, ҚMҚ 2.04.02-97 me’yoriy hujjatiga muvofiq aniqlanadi. Yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi soniyasiga 5-20 litr bo‘lgan yong‘inga qarshi hovuzlarning foydali sig‘imi mos ravishda 50-200 m3 ni tashkil qilishi lozim. Yong‘inga qarshi hovuzlarni qurish uchun joy tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: yong‘in o‘chirish uchun boshqa obyektlarga nisbatan eng ko‘p suv talab qiladigan yong‘inga xavfli obyektga yaqin bo‘lgan masofada qurilishi, suv olish va uzatish vositalarining imkoniyati, hovuzni suv bilan to‘ldirishning qulayligi va u yerga yong‘in o‘chirish nasoslarining kirib kelish imkoniyatlari, tuproqning sifati va gurunt suvlari sathi.

ҚMҚ 2.04.02-97 ning 9.30-bandiga asosan yong‘in o‘chirish avtomobili yordamida suv olish imkoniyatidan kelib chiqqan holda, bitta yong‘inga qarshi suv hovuzining xizmat ko‘rsatish radiusi 200 m dan, motopompalar mavjud bo‘lganda va ularning turidan kelib chiqqan holda, 100-150 m dan oshmasligi kerak. Yong‘inbardoshlik darajasi III, IIIb, IV-IVa va V bo‘lgan binolar va yonuvchi materiallar saqlanadigan ochiq turdagi omborxonalardan yong‘inga qarshi hovuzgacha bo‘lgan masofa 30 m dan, yong‘inbardoshlik darajasi I, II va IIIa bo‘lgan binolardan esa 10 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Yong‘inga qarshi hovuzlar bir vaqtning o‘zida kamida 2 ta yong‘in o‘chirish avtomobili tomonidan suv olish uchun mo‘ljallangan kirish yo‘li bilan ta’minlanishi lozim. Yong‘inga qarshi hovuzlarni suv bilan to‘ldirish suv uzatish tarmog‘i, o‘zioqar kanal bo‘ylab boshqa suv manbalari yoki yong‘in o‘chirish yengining uzunligi 250 m gacha bo‘lgan avtonasoslar yordamida amalga oshiriladi. Davlat yong‘in nazorati organlari bilan kelishgan holda, yong‘in o‘chirish yengining uzunligini 500 m gacha oshirishga ruxsat etiladi.

Yong‘inga qarshi suv hovuzlarini normal ekspluatatsiya qilishning asosiy sharti – bu suvning tuproqqa minimal sizib chiqishi (filtratsiyalanishi) hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan eng qoniqarlisi sun’iy suv hovuzlari hisoblanib, ularda bir sutkada suv sathining kamayishi 3-5 sm dan oshmaydi. Yong‘inga qarshi hovuzlarni qurish uchun eng yaxshi yerlar-loyli va zich qumoq tuproqli yerlar hisoblanadi. Qumli va qumoq tuproqli yerlarda suvning sizib chiqishi (filtratsiyalanishi) ni kamaytirish maqsadida hovuzlarni gidroizolyasiya qilish talab qilinadi. Hovuzning tubi doimo sizot suvi sathidan balandda bo‘lishi lozim. ҚMҚ 2.04.02-97 ning 9.32-bandiga asosan avtonasos yoki motopompa yordamida yong‘inga qarshi suv hovuzidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv olish qiyinchilik tug‘dirsa, bunday hollarda, hovuz bilan diametri 200 mm dan kam bo‘lmagan quvur orqali ulangan, hajmi 3-5 m3 bo‘lgan qabul qiluvchi quduq ko‘zda tutiladi. Bunda bog‘laydigan suv uzatish quvuriga panjara (hovuz tomondan) va berkitish moslamasi (zadvijka) o‘rnatiladi, zadvijkaning shturvali yer yusasiga chiqarilishi lozim.

Yong‘inga qarshi rezervuar va hovuzlarning soni 2 tadan kam bo‘lmasligi hamda ularning har birida yong‘inga kerak bo‘ladigan suv hajmining 50% saqlanishi lozim (ҚMҚ 2.04.02-97 ning 9.29-bandi). Ular orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, bunda yong‘in sodir bo‘lgan istalgan nuqtaga 2 ta qo‘shni rezervuar yoki hovuzdan suv uzatilishi ta’minlanishi lozim.


Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish