Mundarija kirish 1 Yon


Suv ta’minoti tizimlarida erkin bosim



Download 420 Kb.
bet28/31
Sana23.01.2022
Hajmi420 Kb.
#403357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
bahodir kurs ishi

3.4. Suv ta’minoti tizimlarida erkin bosim

Tashqi suv uzatish tarmoqlaridagi bosim binoning balandligi yoki qavatliligini inobatga olgan holda o‘rnatiladi.

ҚMҚ 2.04.02-97 ning 2.26-bandiga asosan aholi maskanlari suv uzatish tarmog‘idagi minimal erkin bosim, xo‘jalik-ichimlik iste’moli uchun binoga kirish joyida, bir qavatli binolar uchun yer yuzasida kamida 10 m, ko‘p qavatli bo‘lsa, ikkinchi qavatdan boshlab har bir qavatga 4 m dan qo‘shib borilishi lozim. Minimal suv iste’moli soatlarida, birinchi qavatdan tashqari, har bir qavat uchun 3 m dan qo‘shib borishga ruxsat etilgan. Alohida qurilgan ko‘p qavatli yoki balandlikda joylashgan binolar uchun mahalliy yoki hududlashtirilgan suv ta’minoti tizimini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Tashqi suv uzatish tarmoqlari yong‘inni o‘chirish uchun suv uzatish uslubiga ko‘ra past va yuqori bosimli suv uzatish tarmoqlariga bo‘linadi.

Past bosimli yong‘inga qarshi suv uzatish tarmoqlarida yong‘in o‘chirish vaqtida erkin bosim yong‘in o‘chirish nasoslari yordamida gidrantdan suv olish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Bu zahira bosim (yer yuzasi sathida 10 m ga teng) gidrant hg, yong‘in o‘chirish kolonkasi hk va nasos bilan kolonkaga ulangan so‘rish yenglarida hyeng bosim yo‘qolishlari yig‘indisidan katta bo‘lishi kerak:

h = hg + hk + hyeng =(sg + sk + syeng) Q2,

bu yerda sg – gidrant qarshiligi, 0,0016 ga teng; sk – yong‘in o‘chirish kolonkasining qarshiligi, 0,0035 ga teng va syeng yeng boshchalarining qarshiligi, d = 77 mm – 0,0033 ga teng.

Bundan, erkin bosimi 10 m ga teng bo‘lgan bitta yong‘in o‘chirish gidrantidan, yong‘inni o‘chirish uchun qanday miqdordagi suv sarfini ta’minlash mumkinligini aniqlaymiz:

l/s

Ko‘rinib turibdiki, tanlab olingan gidrant orqali o‘tayotgan suv sarfi zamonaviy ko‘chma yong‘in o‘chirish nasosi uzatayotgan suv sarfidan oshmaydi, demak, u minimal darajada ishga yaroqli hisoblanadi.

Yuqori bosimli yong‘inga qarshi suv uzatish tarmoqlaridagi minimal erkin bosim shu hududda joylashgan eng baland binoning eng yuqori nuqtasida yong‘inga sarflanayotgan to‘liq suv miqdorida balandligi 10 m dan kam bo‘lmagan yaxlit oqim olish imkonini berish lozim (ҚMҚ 2.04.02-97 ning 2.30-bandi). Bunda har birining suv sarfi 5 l/s dan bo‘lgan ikki oqim uzunligi 120 m bo‘lgan diametri 66 mm li rezinasiz yeng orqali (dastak uchida 19 mm li nasadka o‘rnatilgan) uzatiladi. U holda yuqori bosimli suv uzatish tarmog‘idagi erkin bosim quyidagiga teng bo‘ladi:

H = hg + hk + hyeng+ Hdast + T,

bu yerda hg + hk + hyeng – mos ravishda yong‘in o‘chirish gidranti, kolonka va yeng yo‘llarida bosimning yo‘qolishi; Hdast – dastakdagi bosim; T – eng baland binoning eng yuqori nuqtasida dastakning joylashish balandligi.

Gidrant va kolonka orqali 10 l/s, yeng yo‘li va dastak orqali 5 l/s suv sarflanganda, gidrant uchun sg = 0,0016, kolonka uchun sk = 0,0035, 6 ta yeng uchun syeng=0,462 va dastak uchun 0,634 qarshilik qiymatlarini qo‘yib, talab qilingan bosimni aniqlash formulasini hosil qilamiz:


Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish