MUNDARIJA
|
Kirish
|
|
1
|
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy - meyoriy asoslari va yong‘inlar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
|
|
2
|
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy - meyoriy asoslari.
|
|
3
|
Yonish jarayoni, uning turlari va hususiyatlari
|
|
4
|
Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong‘in xavfi bо‘yicha toifasi
|
|
5
|
Bino qurilmalarining o’tga chidamliligi
|
|
6
|
Yog‘och konstruksiyalarni olovdan himoyalash usullari. Yog‘och konstruksiyalarning yong‘in xavfini pasaytirishga qaratilgan konstruktiv echimlar
|
|
7
|
Yong’inni o’chirishda suv ta’minoti
|
|
8
|
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
|
|
9
|
Shahar, sanoat korxonalari va kichik aholi maskanlari yong‘inga qarshi suv ta’minoti sxemalarining o‘ziga xos tomonlari.
|
|
10
|
Suv uzatish tarmog‘isiz yong‘inga qarshi suv ta’minoti
|
|
11
|
Suv ta’minoti tizimlarida erkin bosim
|
|
12
|
Suv ta’minoti tizimlarida erkin bosim
|
|
13
|
Yonuvchi modda va meteriallarni o’chirish ko’rsatkichlarini hisoblash
|
|
14
|
Xulosa
|
|
15
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
KIRISH
Keyingi yillarda mamlakatimiz xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida yuksaltirishni ta’minlash va ishlab chiqarishni shakllantirish, moddiy-ma’naviy taraqqiyotni bozor munosabatlari asosida iqtisodiy rivojlanish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, respublikamizning qator shahar va viloyatlar markazlarida yangidan yangi savdo-sanoat tarmoqlari, ma’muriy-madaniy va turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Albatta, yaratilgan moddiy-ma’naviy boyliklarni asrash, ularni yong’in ofatlaridan himoyalash ham shu kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Xalq xo’jaligidagi barcha yutuqlarni yong’inlardan asrash va uni ko’paytirishga hissa qo’shish har bir tashkilot va idora mehnat jamoasi hamda har bir fuqaroning muqaddas burchi bo’lmog’i kerak.
Aholi turar joylari, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlari va kommunikasiyalari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, o’ta muhim va toifalangan obyektlarning yong’in xavfsizligini ta’minlash davlat axamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masala deb, bularni bajarish barcha davlat maxkamalari javobgarligi, shuningdek, yong’in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirmaslik davlatning iqtisodiy xavfsizligiga, strategik manfaatlariga tahtid deb qaralishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Yong’in xavfsizligi tizimini takomillashtirish tadbirlari to’g’risida"gi qarorda ko’rsatib o’tilgan.
Yong’inni oldini olish maqsadida aholi yashash joylari, korxona, tashkilot, muassasa, ayniqsa ta’lim-tarbiya va davolash muassasalarida yong’in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli profilaktik ishlarni, shuningdek, yong’in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o’rganishlar va reydlarimizni mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari, xokimiyat va boshqa turli aloqador tashkilotlar mutasaddi xodimlarini jalb etgan holda hamkorlikni tashkil etish kerak. Ular yordamida yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni joylarda hamda qisqa vatlarda bartaraf etish o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |