Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidir.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati:
yong‘inxavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
yong‘inxavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi vaularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish -texnikasi vaboshqatexnika vositalari bilan jihozlashsohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
yong‘inlarni o‘chirishni, yong‘inzonasida qolgan odamlarni hamda yuridik vajismoniy shaxslarning mol-mulkiniqutqarishniamalga oshiradi;
barcha turdagi yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi holati vayong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yong‘inxavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiyhujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong‘inxavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar vaboshqanormativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
davlat yong‘innazoratini amalga oshiradi;
yong‘inxavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirdabinolar, inshootlarni va boshqa ob’ektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish vatexnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) -komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
yong‘inxavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni vaaxborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikat-lashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
yong‘inlar vaularning oqibatlari hisobini yuritadi;
davlat vaxo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar vafuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |