Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy


“MING BIR QIYOFA” VA “SHOVQIN” ROMANLARIDA XARAKTERLAR TALQINI



Download 0,62 Mb.
bet16/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

3.2. “MING BIR QIYOFA” VA “SHOVQIN” ROMANLARIDA XARAKTERLAR TALQINI


XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahondagi tezkor o’zgarishlar, yangi jarayonlar adabiyotda, xususan, romanchilikda ham yangiliklarni talab qildi.
Adabiyotshunoslar ta’kidlaganlaridek, “so’z san’atining o’zak masalasi – insonni anglash, inson tabiatining, qalbining tushuntirish qiyin bo’lgan sir-sinoatlarini taftish etish, inson jumbog’i ustida astoydil bosh qotirish, eng muhimi bu borada

odatdagi andazalardan qochib yangi yo’llar axtarish romanchiligimiz rivojidagi yetakchi tamoyilga aylanib borayotir”32.
Omon Muxtorning 1988-1991- yillarda yozilgan “Ming bir qiyofa” romani ramzlarga, xayoliy kechinmalar, fantastik tasvirlarga boy bo’lib, undagi ijtimoiy g’oya kuchliligi bilan o’ziga xosdir. Dastlab romanning bosh qahramoni Abdulla Hakimning Halima ismli shaharlik qizni sevishi ma’lum bo’ladi, qizni ona kelinlikka loyiq ko’rmaydi. Abdulla Hakimning Halima bilan g’oyibona suhbatidan uning boshqa birovga turmushga chiqqaniga ishora bor. Bunday “sir tutish” asarning voqealar rivojida birgina shtrix bilan beriladi. Abdulla Hakimning jasadini Burhon SHarif deb o’ylashib, uyiga olib keladilar. Abdulla Hakim ruhi Burhon SHarifning xotini o’z sevgani Halima ekanini ko’rib qoladi. Halima o’z eri deb o’ylab aytib-aytib yig’laydi.
Abdulla Hakim

Halima Burhon SHarif
Burhon SHarif Abdulla Hakimning qabri oldida undan kechirim so’raydi. Uni Abdulla Hakim deb o’ylashadi va Burhon SHarif do’stining nomini tiklash uchun yashashini aytadi. Yillar o’tib Burhon SHarif Abdulla Hakimning she’rlar daftarini Sadirning uyida ko’rib hayron qoladi (Abdulla Hakim yashagan ijara bekasi Gulxumorning (Sadirning sevgilisi) xolasi bo’lib, u daftarni Sadirga keltirib bergandi).
Romanda davolovchi hakim Sadir va o’zi tarixchi bo’lsa-da, kotibalik vazifasida ishlovchi Gulxumorlarning sevgisi haqida so’z boradi. Gulxumor

Sadirning oldiga davolanish maqsadida kelib turadi. Sadir uchrashuvlari davomida uni sevib qoladi. Gulxumor “Tarix va madaniyat” nomli tashkilotga tanish-bilish qilib ishga kirib oladi. Sadir bilan uchrashib turishadi. Biroq, kunlarning birida bu tashkilot g’oyib bo’ladi. Gulxumorni ish, amal, mansab qiziqtirar, hatto u ish joyida ham qolaverardi.

Agar ikkala qahramonning ish faoliyatiga razm solsak, o’ziga xos ramziylikni ko’ramiz. Sadir qadimdan qolgan buloq va hovuzlar ziyoratiga bemorlarni jo’natadi, ularni shirinsuxanlik, do’stona muomalasi bilan dillariga malham bo’ladi. SHu bois o’zining mutaxassisligi bo’lmasa ham unga turli kasallik bilan og’rigan bemorlar kelaverishadi. Gulxumor bo’lsa tarixiy joylarni yo’qotib, osori atiqa va obidalarni kunpayakun qiladigan, qadimgi hovuz va quduqlarni ko’mayotgan tashkilotda xizmat qiladi. Ular e’tiqod, insoniy o’zlik masalasida ham turfa odamlar edilar. Tashkilot binosi yo’qolib qolganda Sadir Gulxumorni qidiradi, iztirob chekadi.
Gulxumor xizmat qiladigan tashkilotning boshlig’i Kabirov uni o’ziga o’rinbosar qilib oladi, qizga tashkilot binosidan ikki xonali joy beradi, xonalar chiroyli, bezatilgan, jihozlangan, oziq-ovqatlar bilan ham to’ldirilgan edi. Bularning evazini Kabirov Gulxumordan olishni istaydi, uning xonasiga kirib qizga tajovuz qilgan vaqtda, Kabirovning joni uzilib qoladi. Gulxumor bunday oqibatni kutmagan edi, endi Kabirovni gumdon qilish uchun Oppoqovdan yordam so’raydi. Oppoqov garchi va’da bergan bo’lsa-da, bu haqda so’zlay boshlaydi. Gulxumorni topgan Sadir undan bu yerdan birga ketishni so’raganda, bu tashkilotdan keta olmasligini, ketishi bilanoq u haqda bo’lmag’ur gaplar tarqatishini aytadi. Sadir va Gulxumor sevgisiga to’siq bo’lgan, demakki, uchinchi burchak bo’lgan omil mansabparastlik, jamiyatdagi buzilgan muhitdir. Bu muhitning timsoli, vakili Kabirov va uning tashkilotidir.
Sadir
Gulxumor Kabirov
Tanqidchi Qozoqboy Yo’ldoshev Omon Muxtor romanlari haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Omon Muxtor romanlarining hajman mo’’jazligiga sabab ham, bizningcha, tasvirlashga arziydigan hayotiy tafsilotlarning yo’qligi yoxud adibning tasvir kalavasini yo’qotib qo’yishdan qo’rqishi emas, balki muallif tomonidan shaxs ichki olami qay miqyosda tekshirilishi maqsad qilib olinganidadir”33.
Modern yo’nalishidagi asarlar markazida inson va uning qalbi masalasi turar ekan, har bir yozuvchining ifoda shakli turlicha bo’lishini Omon Muxtor asarlari misolida ko’rishimiz mumkin. Xususan “sevgi uchburchagi”ning ahamiyati ham o’ziga xos bo’lib, u syujet voqealarining shiddatini kuchaytiradi, dramatizmni rivojlantiradi.
Yaqin o’tmishimiz, ya’ni sotsialistik tuzumning qulashi yillari haqida hikoya qiluvchi Erkin A’zamning “SHovqin” romani zamirida milliy o’ziga xoslik, millat qiyofasi, millatning kelajagi kabi masalalar turadi. Yozuvchi o’z asari haqida quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan: “Bu kitob to’g’risida matbuotda “kinochilar haqida, shularning hayotini fosh qilgan” kabi mulohazalar bildirildi.
Qo’shilolmayman. U siz bilan biz haqimizda, kechagi kunimiz haqida. Kinochilar hayoti bunda bir vosita, xolos. Qoni, nasl-nasabi, e’tiqodi, tiliyu urf-odatlari boshqa-boshqa bo’lgan el-elatlarni “yagona sovet xalqi” atalmish quyushqonga tiqish yo’lidagi urinishlar, zo’ravonliklar yodingizdadir? SHuning oqibatida kelib chiqqan birda kulgili, birda ayanchli, pirovardida esa umummilliy fojia tusini olgan ajabtovur voqelik-chi? Bu tabiatan g’ayriinsoniy, g’ayrimilliy siyosiy tajriba

negizidagi ziddiyatlar o’tgan asrning to’qsoninchi yillari arafasida junbush nuqtasiga ko’tarilgani ma’lum”34.
Ana shunday muhitda yashayotgan insonlar qalbida qay tarzda sevgi paydo bo’ladi? Pok, majnunona, ilohiy muhabbat haqida nima deyish mumkin? Bunday azaliy tuyg’ular ham oyoqosti bo’lishi turgan gap emasmi?
Yozuvchi Erkin A’zam insonlar tabiatida bir-biriga zid holatlar ro’y berayotgani, kishilarning hissiy emas, hirsiy munosabatlar boshqarayotganini achchiq kinoya va kesatiqlar bilan, ba’zan iztirobli ohangda bu masalalarni qahramonlari taqdiri orqali yoritadi.
Asarning bosh qahramoni Farhod kino ustasi bo’lib, o’zi mansub bo’lgan doiraning chirkin muhitidan chiqib ketolmaydi, balki atrofidagi kasbdoshlari singari o’sha botqoqda ko’nglini toboro xiralashtirib yashayveradi. O’zining kindik qoni tomgan Zarangdan chiqqan odamlarning shahar hayotiga moslashib, o’zligini yo’qotib, qiyofasini-da o’zgartirib yashayotgan kinochilar va boshqa kasb-kor kishilarining hayoti va xayoli Farhodni o’ylantiradi, ba’zan achchiq kuldiradi. Farhodning qalbida kechgan sevgi hislari ham g’ayrioddiy. U Vika ismli qiz bilan tanishib, u bilan mehmonxonada ikkalasiga o’zi nikoh o’qiydi. Bu qizni uyiga olib kelib xotini bilan tanishtirmoqchi bo’ladi. Mana, uning qalbidan kechganlari: “Qizni uyiga boshlab kirgisi, Zuhra bilan tanishtirgisi, shunday-shunday gap xotin, degisi kelyapti. Zuhra hammasini tushunadi, yaxshi ayol u. Ana, yettiyot bir milisa ham tushundi-ku! Bir ko’ngilga faqat bittasi sig’adi deganlari bekor ekan, Zuhra, mana, sening yoningga bugina ham sig’di-ku, bag’ringni keng qil, xotin, deydi. Qara, qandoq yaxshi qiz! Sen ham yaxshisan, albatta. Lekin, iltimos, begonasirama, o’zimizniki deb bil buni. Meni yaxshi ko’rsang, buni-da yaxshi ko’r, ayagin. CHunki ering sevadi bu qizni. Seniyam sevadi, ishonaver. Nachora, shunday bo’lib qoldi-da, endi...”35

Farhod, Vika va uning xotini Zuhra “sevgi uchburchagi”ni tashkil qiladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish