jarayonida, o‘z-o‘zini imkoniyatini baxolash asosida shakllanadi. O‘z-o‘zini
baxolash esa o‘z-o‘zini anglashning maxsus pog‘onasi hisoblanadi.
Ushbu
pog‘onada odam o‘z imkoniyatini, hatti-harakatlarini,
qobiliyatini mavjudligini,
qat’iy ishonchiga ega bo‘lishini anglaydi va o‘z-o‘ziga, tevarak atroflarning talabiga
mos keladigan maqsadlar qo‘yish qobiliyatini namoyon etadi. O‘z-o‘zini baholash
sportchi shaxsining intilish darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun
sportda shaxsning intilish darajasini o‘rganish dolzarb muammo hisoblanadi.
Chunki u sportchi faoliyatining samaradorligi bilan uzviy bog‘liq. O‘z-o‘zini
baholash avvalambor sportchini g‘alaba va mag‘lubiyati bilan bog‘liq, o‘zgacha
aytganda, sport faoliyatining asosiy maaqsadini belgilovchi omilidir.
G‘alaba umumiy qoidaga ko‘ra, jadal mashg‘ulot qilish natijasida erishiladi va shu
bilan birga bir qancha shaxsiy va ijtimoiy maqsad,
faoliyat motivlari bilan
bog‘lovchi zvenosi hisoblanadi. Sportdagi g‘alaba, motiv va xislarni manbasi
sifatida, psixologik nuqtai nazardan sportchi hayotida muxim o‘rin tutadi. Sportda
g‘alaba va mag‘lubiyat baholanishi ko‘pincha sub’ektiv harakterga ega. Ayni
erishilgan natija qanday baxolanishi, sportchi intilish
darajasini belgilashi bilan
bog‘liq xolda ifodalaniladi. Chunki sportchi intilish darajasi ayni sport tajribasida
aniqlangan imkoniyatlar asosida erishiladigan natijaga bo‘lgan sub’ektiv talabidir.
(D.V.Odinsev). O‘z-o‘zini imkoniyatini noto‘g‘ri baxolash va shunga asoslanib
noadekvat intilish darajasi sodir bo‘lishi sportchi emotsional xolatiga nisbiy ta’sir
etadi. Intilish darajasi past bo‘lgan xolatda sportchi imkoniyatini oshirish uchun
kerakli darajada faollikni qo‘zg‘ata olmaydi, passivlik namoyon bo‘lishi odat bo‘lib
qolishi va ushbu vaziyatlar tez-tez qaytarilishi shaxsni “noraso” shaxs tuyg‘usini
qayg‘urishga olib keladi. Intilish darajasi juda yuqori bo‘lgan kam tajribali, o‘ziga
ortiqcha ishonib ketgan individlarda noxush xolatlar ro‘y beradi: maqsad qo‘lga
kirmaydi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ishonch, umidlar barbod bo‘ldi,
sportchini
frustratsiya, ya’ni ruxiy azob beruvchi emotsional xolat egallaydi. Shaxsning intilish
darajasini nafaqat ob’ektiv voqelik tomonidan, balki mazmuniy ya’ni uning faoliyat
maqsadi va vazifalari tomonidan o‘rganish inson xulq atvori motivatsiyasini
yaxshiroq tushunib maqsadga ko‘ra ta’sir etish mumkin,
bu esa odamga kerak
bo‘lgan qobiliyati shakllanishiga olib keladi. Bir vaziyatda shaxsning intilish
darajasini oshirish vazifasi muxim o‘rin tutadi, boshqa paytlarda sportchi oldiga
qo‘ygan vazifa real sharoitga to‘g‘ri kelmasa, odam o‘z-o‘zini
baxolashi asossiz
ko‘tarilgan xolatlarda intilish darajasini biroz pasaytirish vazifasi muxim o‘rin
tutadi. Shunday qilib, sportchi shaxsini ichki rezervlarini o‘z vaqtida faollashtirish
mexanizmini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan mexanizm intilish darajasiga muxim
ta’sir etishi, sport amaliyotining muxim vazifalaridan biri xisoblanadi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda sportchilar bo‘lajak
musobaqalarda muvofaqqiyatli qatnashish maqsadida, mashg‘ulot jarayonida
shug‘ullaniuvchilarda intilish darajasini shakllantirishga maxsus e’tibor berish
lozim, buning uchun sportchilar o‘z imkoniyatlarini adekvat baxolash qobiliyatini
rivojlantirish darkor.
Olmon olimi V.Doyl suzish bo‘yicha sportchilar bilan ishlash tajribasi
asosida trenerlarga quyidagi maslahatlarni beradi:
1. Har bir sportchi nazorat ma’lumoti yoki musobaqa oldidan bo‘lajak
natijalarni mo‘ljalga olish malakasini rivojlantirish lozim va
ularni erishgan
natijalari bilan solishtirishi lozim.
2. Har bir sportchi kutayotgan shaxsiy natijalarni muayyan dalillar
asosida (musobaqa sharoitlari, o‘z xolati, kayfiyati va boshqalarni) oldindan bilish
ko‘nikmasi asosida ularni bo‘lajak natijaga ta’sirini bilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: