Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 
 
 
 
 
 
36.MAVZU. Trener faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlar. 
Reja: 
1. Sportchi shaxsini shakllanishiga va jamoani sport faoliyati muvaffaqiyatiga trenerning tasiri. 
2. Trener faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlar.
Yuqori darajada ishlayotgan trener faoliyatini baholash juda murakkab jarayondir. 
Zero uning faoliyat “mahsuloti” bu sportchidir, sportchining erishadigan natijalari 
nafaqat trenerning o‘zigagina bog‘liq, balki bir qancha unga bog‘liq bo‘lmagan 
omillarning majmuasiga ham bog‘liqdir (sportchining imkoniyatlari, tayyorgarlik 
sharoitlari, an’analar, trener ish olib borayotgan ijtimoiy muhit). Albatta, trener 
faoliyatining ilmiy jihatdan baholanishi uning natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa 
omillardan mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin emas. Ushbu mavzuda 
trenerning psixologiyasi ko‘rib o‘tilayotganligi munosabati tufayli, uni turli 
kesinmalarga ajratish va bu jarayonda trenerning asosiy sifatlarini aniqlashtirish 
hamda uning ishiga baho berish lozim bo‘ladi. Boshqa ko‘plab sabablardan tashqari, 
trener faoliyatining natijasi asosan ikkita omilga, ya’ni uning professionallik 
darajasiga hamda shaxsiy fazilatlariga bog‘liq bo‘ladi. Rumin psixologi Mariya 
Sherbanning ta’kidlashicha, yuqorida tilga olingan trener ishining bahosini belgilab 
beruvchi omillarning asosan to‘rtta varianti kuzatiladi. Bu yerda faqat trenerning 
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamda uning tomonidan anglangan omillargina ko‘rsatiladi. 
Ushbu variantlarga asoslangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, garchi uni bevosita 
sport maydonchasidan topish nihoyatda mushkul bo‘lsa -da trener modeli qandaydir 
mavhum tushunchani ifodalamaydi. A variantda trener faoliyatida uning 
professional va shaxsiy fazilatlari ideal tarzda muvofiq kelishi sxemasi ifodalangan. 
Ko‘rsatilgan 2 omil (professional rol, insoniy xarakter) orasida optimal darajadagi 
tenglik mavjuddir va ushbu tenglik ularning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishiga hamda bir-
birlarini taqozo etishiga imkoniyat beradi. Shunday qilib, trenerning professional 
qobiliyatlari hamda sport jamoasi bilan aniq va puxta o‘zaro munosabatlari uning 
sifat jihatlarining yuqori ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bunday variantni qog‘ozda 
tasavvur qilish mumkin, biroq unga amaliyotda erishish juda murakkabdir. Ammo, 
bir qator yo‘ldosh omillar ham borki, ular qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir 
ko‘rsatishi va tilga olingan muvozanatni buzishi mumkin. Trenerning professional 
rolini ko‘rsatuvchi ideal variant bilan bir qatorda professional imkoniyatlarning 
boshqa variantlari ham mavjuddir. Endi boshqa variantlarning ichki mazmunini 
ko‘rib chiqamiz (4, 5, 6 – rasmlar). 


3-rasm. A variant. Trener faoliyatidagi professional roli va xarakterining ideal 
muvofiq kelishi sxemasi. V, S, D variantlarida (4,5,6-rasmlar) trener faoliyatining 
o‘rgatish va tarbiyalashda mavjud bo‘lgan kamchiliklar bilan muvofiq kelmasligi 
vaziyatlari ko‘rsatilgan. Bu uchala variantlarning har birida ta’sir qiluvchi 
omillarning o‘zaro salbiy munosabatda bo‘lishi tendentsiyasi kuzatiladi. Masalan, V 
variant trener ajoyib mutaxassis bo‘lgani holda, yuqori natijalarni qo‘lga kirita 
olmasligini, chunki uning xarakterida juda katta kamchiliklar borligini ko‘rsatadi. 
Asabiy hatti—harakatlar mashg‘ulotlar jarayonida pala-partishlikni keltirib 
chiqaradi. Ayni paytda sportchilar treneri juda yaxshi mutaxassis bo‘lsa-da, uning 
asabiylashib, jazavaga tushishini zinhor yoqtirmaydilar va bunga toqat ham qila 
olmaydilar. Qolaversa, tobora keskinlashib borayotgan nizoli munosabatlar 
asabiylashish holatlarini yanada chigallashtirib, jamoadagi ishchanlik va o‘zaro 
ishonch muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa kelgusidagi musobaqalar uchun 
xavf tug‘diradi. 


4-rasm. V variant. Trenerning yuqori professional darajasi va qator jiddiy 
kamchiliklarga ega shaxsiy xususiyatlarining birlashganini ifodalovchi sxema. S 
variantda (5-rasm) mutlaqo uning aksi bo‘lgan vaziyat, ya’ni trener inson sifatida 
ijobiy fazilatlarga ega bo‘lgani holda, kasbiy jihatdan talab darajasida emasligi 
ifodalangan. Bu sport natijalarining egri chizig‘ida turg‘unlikni yoki pasayishni 
keltirib chiqaradi. Garchi, trener va guruh o‘rtasidagi munosabatlar risoladagidek va 
bir maromda bo‘lsa-da, faoliyatdagi ikir-chikirlar, qaror qabul qilishdagi 
biryoqlamalik, tayyorgarlik jarayonidagi xatolar natijalar tushib ketishining asl 
sabablarini yashirishi mumkin. Ushbu variant baholash uchun juda murakkabdir. 
Chunki muvaffaqiyatsizlikning sabablari mana shu tashqi jahatdan qaraganda 
ko‘ngildagidek parda ortiga yashiringan.


5-rasm. S variant. Kasbiy mahorati yuqori bo‘lmagan, ijobiy fazilatlarga ega bo‘lgan 
trener faoliyatining muvofiqligi sxemasi. Shunday jamoalar ham borki, ular 
intizomli tarzda jiddiy ishlashadi, biroq natijalari ko‘rinmaydi. Trener va sportchilar 
o‘rtasida ham hech qanday nizolar ko‘zga tashlanmaydi, shunday bo‘lsa-da, ularni 
muvaffaqiyatlar chetlab o‘taveradi. Bunday holatlarning sabablaridan biri - sport 
mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishning eskirganligidir. Trener esa uni yangicha 
tarzda modellashtira olmaydi yoki eskilaridan voz kecha olmaydi, qolaversa uning 
o‘z faoliyatida ham turli ikir-chikirlar bilan o‘ralashib qolish hamda inertlik 
kuzatiladi. Bunday faoliyatni yuzaki tahlil qilishning o‘zidan ham 
muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘ladigan yondosh omillarni aniqlash mumkin. Ular 
quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi: tayyorgarlik shart-sharoitlarida, 
mashg‘ulotlarning tashkil etilishida, qayta tiklanishda, sportchilarning mahoratida 
va hokazolarda. 


6-rasm. D variant. Kasbiy jihatdan yuqori bo‘lmagan hamda o‘z xarakterida bir 
qancha kamchiliklarga ega bo‘lgan trener faoliyatiga muvofiqlik sxemasi. So‘nggi 
variant D (6-rasm). Mazkur variant u qadar keng tarqalmagan. Garchi bu holat kam 
bo‘lsa-da, lekin sport amaliyotida uchrab turadi. Bu holat ko‘pincha keksayib qolgan 
trener juda ham mayda ikir-chikirlarga o‘ralashib qolganda va u tayyorgarlik 
jarayonini qayta qurishga qodir bo‘lmaganda, ya’ni zamonaviy yangiliklardan
milliy va xalqaro sportga xos bo‘lgan yangiliklarga muvofiq tarzda o‘z ishini qayta 
qura olmaganligida yuz beradi. Bunday trener borgan sari asabiy 
va jizzaki bo‘lib boradi, qolaversa, toqatsizlik, beqarorlik uning xarakteridagi 
asosiy xususiyatga aylanadi. Albatta, bunday sharoitlarda natijalarning egri chizig‘i 
juda tezlik bilan pastga tushib boradi.
Yuqorida qayd etilgan variantlarni tahlil qila turib, har bir trener ularni o‘z
faoliyati bilan taqqoslab ko‘rishi, imkoniyat bo‘lganda ideal variantga yaqinlashish
uchun o‘z faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritishi lozim.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish