tahlil qilish jarayonida shu narsa aniq bo‘ldiki, sporchilarning ilk trenerlariga
nisbatan munosabatlari uzoq yillar davomida o‘zgarmasdan qolaverar ekan.
Sportchilarning trenerlariga nisbatan munosabati mashg‘ulotlarning birinchi yilida
shakllanadi va uzoq yillar o‘zgarmasdan qoladi. Faqat bunda istisno tariqasida,
yuqori natijalarni qo‘lga kirita olmagan sportchilarni tilga olish mumkin, zero ular
o‘zlarining muvaffaqiyatga erisha olmaganliklariga sabab o‘z trenerlarining
professional malakasi past darajada ekanligi deb hisoblaydilar.
Biroq amaliyotda
shunday hodisalar uchraydiki, birinchi razryadli sportchi sport ustasi normativlarini
bajargach, o‘z trenerga nisbatan salbiy munosabatini o‘zgartirib uni mutaxassis
sifatida yuqori baholay boshlaydi. Shunday qilib sportchilarning trenerga nisbatan
munosabatlarini belgilab beruvchi eng muhim va bosh omil sifatida trenerning o‘z
o‘quvchilarining sportdagi ehtiyojlarini qondirishlari uchun barcha sharoitlarni
yarata olish qobilyatini tilga olish lozim bo‘ladi. Psixologik
tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, sportchilar uchun “trener—sportchi” munosabatlari tizimidagi eng
salbiy va og‘ir hodisa (70% hollarda bu qayd etilgan) bu bir trenerdan ikkinchi
trenerga o‘tish jarayonidir, garchi bu sport ixtisosligining darajasi ko‘tarilishi bilan
bog‘liq bo‘lsa-da (o‘smirlar jamoasidan kattalar jamoasiga o‘tish va xokazo).
TS-1 ShKALASI (Yu.XANIN, V.STAMBULOV)
Trener va sportchining munosabatlarini aniqlovchi Metodika.
«Trener - sportchi» shkalasi sportchilarni trenerga bo‘lgan munosabatini son
va sifat belgilari bo‘yicha tezda baholay olishga imkon beradi. Bu shkala 24 ta
savoldan — tasdiqlashlardan iborat bo‘lib, sportchi xar bitta savolga «xa» deb
rozi bo‘lishi yoki «yo‘q» deb rozi bo‘lmasligi mumkin. Shu savollarga
javob
to‘plash yordamida sportchining trenerga bo‘lgan munosabatining uchta
tomonini yetarli darajada baholay olish mumkin:
1. Bilish komponenti - trenerning o‘z sohasi bo‘yncha bilimdonligini
mutaxassis sifatida professional mahoratini 1, 4, 7, 10, 13, 16, 19, 22
savollarga olingan javoblar belgilaydi.
2. Emotsional komponent - formal bo‘lmagan yoqimli munosabatlarga
diqqat e’tibor berishda, sportchini qo‘llab-quvvatlashda, uni baholashda uning
extiyojlariga trenerning nechog‘liq javob berishini aniqlovchi 2, 5,8, 11, 14,
17, 20,23 savollarni o‘z ichiga oladi.
3. Xulqiy komponent - trener bilan sportchining munosabatlari, ularning
birgalikdagi hatti-harakaglarining muloqotini maqsadga muvofiq yoki
nomuvofiqlikni sportchining nuqtaiy nazaridan baholash 3, 6, 9, 12, 15, 18,
21, 24 savollar yordam beradi. Kalitga muvofiq tagiga chizilgan savollar
nomerlari «yo‘q» degan javobni. Qolganlari esa «xa» javobni bildiradi.
Kalitga mos kelgan shaklidagi har bir savolga bir
ball bilan baholanadi
Ko‘rsatma: Diqqat bilan quyidagi har bir jumlani o‘qib chiqing. Agar ular sizning
trener bilan bo‘lgan munosabatlaringizga to‘g‘o‘ri kelsa, «Xa» deb javob bering,
agar to‘g‘ri kelmasa «Yo‘q» deb javob bering.