O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA‘LIM ” FAKULTETI
“BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI” YO’NALISHI
01831-GURUH TALABASI Avazova Zeboning
“Pedagogik mahorat” FANIDAN TAYYORLAGAN
AMALIY MASHG’ULOTI № 6
Fan o’qituvchisi: Choriyeva Feruza
QARSHI 2020
6-Mavzu: O'qituvchining pedagogik mehnat madaniyati (2 soat)
Reja
O`qituvchining mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik mahoratning roli
Obyektiv shaxsiy xususiyatlarning o`qituvchi mehnatiga ta`siri
O`qituvchi mehnati asosida ma`naviy dunyosini va umuminsoniy qadriyatlariga nisbatan munosabatini takomillashtirish.
Javoblar
Hozirgi zamon o'qituvchisi o‘z pedagogik mehnati jarayonida qator ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U awalo ta’lim muassasalar o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi. O'qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilarning porloq kelajagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchi, awalo, o'zining pedagogik mahoratiga tayanadi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig‘indisidirki, uning natijasi o'qituvchi mehnatida va 0 ‘quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida
kela jakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishida o‘z aksini topadi o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o‘zlashtirishi lozim:
- yoslilar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bol ishi;
- nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi;
- o'qituvchi qobiliyati (empatiya perseptiv, didaktik, konstruktn
kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi;
- aktyorlik mahoratini (mimika, pantomimika notiqlik san’ati egallashi;
- o‘z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi;
- tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini o‘zlashtirishi;
- pedagogik texnika uslublarini o‘z o'mida qoilay olish san’atiga ega bo’lishi.
Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi kerak. Milliy mafkura umummilliy dastur talablari, urf-odat va an’analar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o‘qituvchi mehnatning asosiy mohiyatida o‘z aksini topishi kerak.
o‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadiga shart - sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog’liq. O'qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshriladi. Shuning uchun mehnatni amalga oshimvchi o'qituvchi avvalo o’z mehnatini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o‘z ilmiga tayanishi lozim.
Hozirgi zamon axborot kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiyoti davrida 0‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay darajada o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq.
Shu bilan birga, o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlarini muntazam o'zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jumallar, ilmiy adabiyotlar asosida o'zlashtiriladi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o‘tkazishga yo‘1 qo‘ymaslik muvaffaqiyat garovidir.
O'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o ‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
- ta’lim muassasalarida olib boriladigan taiim - tarbiya jarayonini
toiiq tasawur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi;
- o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoniyatlarini
yaxshi anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart.
Obyektiv shaxsiy xususiyatlarning o`qituvchi mehnatiga ta`siri
0 ‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilib o‘rganish fan olamida yangi soha boimasa ham, biroq so'nggi yiliardagi global o'zgarishlar, fan va texnikaning, informatsion axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi bu sohaga ham har yili turli yangiliklaming olib kirilishini talab etmoqda Bevosita 0 ‘qituvchi mehnatini o‘rganuvchi fanlar, ya’ni pedagogika, psixologiya, pedagogik menejment, ijtimoiy pedagogika kabi fanlaming bu sohada o'zaro manfaatlari doimo bir-birlarini toidirib kelsada. olib borilayotgan ilmiy kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hali oldinda echimini kutayotgan muammolar yetarli. Hozirgi zamon ilmiy nazariy va metodologik tizimlariga
tayangan holda ta’kidlash joizki, 0 ‘qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatga ega boigan muhim yoiialishlardan biri o'qituvchining obyektiv-shaxsiy xususiyatlaridir.
O‘qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ko‘plab holatlarda uning sifat va samaradorligini oshirilishini belgilovchi ushbu xususiyatlari quyidagi omillarni o'zidamujassamlashtiradi
O`qituvchi mehnati asosida ma`naviy dunyosini va umuminsoniy qadriyatlariga nisbatan munosabatini takomillashtirish.
O'qituvchi mehnati faolligining unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar, uning mehnatga erkin va ijobiy munosabatda bo‘lishi, pedagogiik kasbi bilan bogiiq boigan barcha mehnat turlariga qiziqishi, o‘qituvchi ma’naviy dunyosining boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan munosabati va onglilik darajasi bilan ham belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida o'qituvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlami o‘rganishga nisbatan qiziqishlariga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda belgilangan me’yoriy qonuniyatlar
tizimi boiib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar yetakchilik qiladi.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida bilim umuminsoniy qadriyatlami o‘rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. "limning foydasi ochko 'zlik bilan oltin kumush to 'plash uchun bo ‘Imay, balki и orqali inson uchun zarur narsalar ga ega bo ‘lishdir” deb yozadi alloma (Abu
Falsafiy talqinda qadriyatlar - inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga ega boigan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar yig‘indisidir.
Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat boiib, kishilaming talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida о‘zaro munosabat, o‘zaro ta’sir natijasida vujudga keladigan holatdir. Demak, qadriyatlaming mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo boigan, amaliy faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z shakl va mazmunida xalqning ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madaniyatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy - ruhiy
xatti-harakatlar, narsa va hodisalar majmui. (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar vayoshlar tarbiyasi”. 66-bet).
Barcha qadriyatlaming mohiyatini eng oliy tuyg‘u – insonparvarlik tashkil etadi. Insonparvarlik - insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli. Insonparvarlik xaynxohlik, g‘amxo‘rlik, moddiv-ma’naviy madadga intilish tuyg‘usi, iymon va vijdon doirasida mehr-muruvvat ko‘rsatish (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 58-bet). O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida yoshlar “taiim-tarbiyasi insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu sharafli g‘oyalami amalga oshirib, yoshlami, bilimli va aqliy jihatdan kamol toptirishda awalo o'qituvchining qizg‘in mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy, balki axloqiy va ma’naviy barkamol bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchining o'zida bekamu-ko‘st takomillashgan, eng yuksak umuminsoniy qadriyatlar tuyg'usi bo'lishi kerak. Bu tuyg'u, uning mukammal shakllangan pedagogik mahorati qirralarida doimo o‘z aksini topishi zarur. Inson bolasi yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha umuminsoniy qadriyatlarga ilm tufayli erishadi. O’qituvchi - ilmni xalqqa targ‘ib etuvchi va yoshlar qalbiga yo‘l topuvchi asosiy javobgar shaxsdir. “Inson qalbiga yo‘I awalo ta ’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng sharaflisi maktab bo'lsa, kasblaming ichida eng sharajlisi o'qituvchilik va murabbiylikdir” deb ta’kidlaydi I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat- engilmas kuch” asarida
Adabiyotlar:
1. Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. – T.: Yulduzcha, 1990.
2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1991.
3. Navoiy A. Mahbub-ul-qulub. Asarlar. 13-tom. – T. 1991.
4.Raximov S., To’raqulov E. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta‘lim-tarbiya to’g’risida.–T.:1992.
5. Hikmatnoma (To’plam). –T.:Cho’lpon, 1992
6. A.Xoliqov. Pedagogik mahorat/ Darslik.T.:Tafakkur- bo`stoni, 2011
Do'stlaringiz bilan baham: |