Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 
 
 
44.MAVZU.Mashg’ulot jarayonida sportchida psixologik ishonchlilik va 
mashqlangan xolati cho‘qqisini shakllantirish. 
Reja: 
1. Mashg’ulot jarayonida sportchida psixologik tayyorgarlikning optimal darajasi.
2. Musobaqalashuv sharoitlarida sportchilarning psixik ishonchliligini shakllantirish. 
Psixologik tayyorgarlik natijasida sportchida musobaqada ishtirok etish uchun 
psixik tayyorgarlik holati vujudga keladi. U musobaqali kurash uchun psixik 
protseslarni aktivlashtirish zarurligi bilan xarakterlanadi. Sport faoliyatida sportchi 
psixik tayyorgarligining ahamiyati katta bo’lib, u yutuqlarning asosiy shartlaridan 
biri bo’lib qoldi. Musobaqaga psixik tayyorgarlik holati quyidagi xislatlar bilan 
xarakterlanadi. Sportchining o’z kuchiga ishonchi, sport kurashga intilishi, butun 
kuchini safarbar qilishi va g’alabaga erishishi, emotsional qo’zg’alishning optimal 
darajada chiday olish, sport kurashida o’zining xatti-harkatlari bilan kurasha olish. 
Psixik tayyorlik — murakkab holat bo’lib, bunga yuqori darajada taraqqiy etgan 
bilish, emotsional va irodaviy funksiyalar kiradi. Bu yerda bilish jarayonlari 
bajarilayotgan faoliyatning eng muhim mazmuni va formasini aks ettirish deb 
qaraladi; tayyorgarlikning emotsional komponentlari — sportchi aktivligini 
kuchaytirish yoki susaytirish sifatida, irodaviy komponentlar esa sport faoliyatining 
samarali bajarilishi bilan bog’langanligi sifatida qaraladi. Sportchining jamoali 
turida musobaqaga psixik tayyorgarlik holati shunday xususiyatga egaki, bu holat 
jamoadagi psixik tayyorgarlikning umumiy holatiga bog’liq. Shunday qilib, bir 
tomondan har bir jamoa a’zosida psixik tayyorgarlikning holati ma’lum darajada 
ayni jamoada bu holat tayyorgarlikning umumiy holatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi 
tomondan yuqoridagi holat har bir sportchini shartlaydi. Sportchining musobaqaga 
psixik tayyorgarlik holati yuqori darajadagi mashqlangan holati yoki sport formasi 
bilan chambarchas bog’langandir. G.M.Gagayeva (1969) futbolchilar bilan olib 
borgan tadqiqotiga asosan, sportchilarda musobaqaga tayyorgarlik holati mavjud 
bo’lmaganda sportchilarda quyidagi salbiy kechinmalarni kuzatgan: 1) ruhiy 
ezilganlikni his qilish, kuchli hovliqish, musobaqa oldidan asablarning ortiqcha 
qo’zg’alishi, bunga bog’liq holda: javobgarlik, musobaqadan oldin ruhiy ezilish
raqibning kuchini ortiqcha baholash, yengilishidan qo’rqish kabi holatlarni ta’siri 
tufayli paydo bo’ladi; 2) kuchli hayajonga kelish holati – bo’lajak o’yin va uning 
natijasiga diqqatini ortiqcha qaratish yoki markazlashtirish. Kuchli hayajonlanish 
sportchiga kelajak o’yin va uning ahamiyati haqida ketma-ket eslatish tufayli 
vujudga keladi; 3) o’zini safarbar qila olmaslik va xotirjamlik holati — sportchi 
g’alabaga ortiqcha ishonib ketishi tufayli vujudga keladi va natijada uning 
javobgarligi pasayib ketadi; 4) sport kurashiga faol intilishning yo’qligi, bunday 


holat musobaqaga yomon tayyorlangan yoki musobaqada ishtirok etishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi motivlarning yo’qligi tufayli vujudga keladi. Musobaqaga psixologik 
tayyorgarlik tizimi 
Musobaqaga psixologik tayyorgarlik tizimi o’z ichiga qator vazifalarni olib, bu 
vazifalarni hal qilish jarayonida sportchining musobaqaga psixik tayyorgarligi 
shakllanadi. 
Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashni bir necha yo’llari: 
a) musobaqada yaratilgan sharoitlar haqida axborotlar to’plash; 
b) musobaqa oldidan sportchi mashqlangan holatini baholash va o’z-o’zini baholash; 
v) musobaqada ishtirok etishning maqsad va vazifalari; 
g) musobaqaga chiqishning motivlarini aktivlashtirish; 
d) aqliy faoliyat eksperimentlarini rejalashtirish; 
e) sportchida o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ishonch hissini 
shakllantirish; 
j) maksimal irodaviy zo’r berishni aktivlashtirish va uni musobaqa sharoitida 
namoyon qila bilish; 
z) optimal emotsional holatni shakllantirish; 
k) musobaqa sharoitida psixik holatlarni boshqarish va o’z-o’zini boshqarish 
usullarini egallash. 
Yuqoridagi yo’llar bir-birlari bilan uzviy bog’lanib ketgan bo’lib, agar yo’llardan 
birida 
betartiblik vujudga kelsa, hamma sistemada yetishmovchilik vujudga kelishi 
mumkin. 
Musobaqa sharoiti haqida axborot 
Musobaqaga tayyorgarlik paytida sportchi uchun musobaqa sharoiti, raqibi, 
musobaqa o’tkaziladigan joy va tomoshabinlar haqidagi xabarlar juda ham zarurdir. 
O’zini 
raqibi haqidagi bilimlar musobaqaga tayyorlanish uchun aniq tadbirlar ishlab chiqish 
imkoniyatini beradi: raqib haqida ma’lumotlarning mavjud bo’lmasligi, sportchida 
xavotirlanish 
holatini vujudga keltiradi. 
Odatda, raqib haqidagi ma’lumotlar, asosan, uning jismoniy, texnik, taktik sifatlar 
va 
shuningdek, raqibning sportdagi tarjimayi holi haqidagi ma’lumotlar bilan 
cheklanadi. Eng 
muhim raqibning psixik sifati, irodaviy sifati, emotsional holatining xarakterli 
tomonlari, musobaqa paytida psixikasining xususiyatlari haqida tasavvurga ega 
bo’lishdir. 
Raqibning psixik sifati haqida ma’lumotga ega bo’lish juda ham qiyindir. Raqib 
psixik holati 
o’zining faoliyati jarayonidagi mashq va ayniqsa, musobaqa jarayonida namoyon 
bo’lishi mumkin. 


Psixologik nuqtayi nazardan quyidagi rejali savollar asosida ma’lumotlar 
to’planganidagina raqibning xarakteristikasi to’la bo’lishi mumkin: 
1) irodaviy xususiyatlari, ayrim irodaviy hislarning rivojlanishi va ularning 
namoyon bo’lishi; 
2) shaxsning emotsional xususiyatlari, emotsional holatlarning namoyon bo’lishi, 
uning kuchi, chuqurligi, doimiyligi; 
3) xarakter va temperamentlarning xususiyatlari, xarakter hislari, temperamentning 
raqib qaysi sport turi bilan shug’ullanishiga bog’liq holda ayrim psixik 
jarayonlarning qanday 
namoyon bo’lishini bilishi ham zarurdir. Masalan, boks haqida gap ketar ekan, uning 
diqqati 
va reaksiyasini hisobga olish kerak. Lekin raqibning sportga munosib psixologik 
xarakteristika qat’iy emasdir, ya’ni uni o’zgarmaydi, deb bo’lmaydi. 
Konkret musobaqaga psixologik tayyorlashning muhim qismlaridan biri, bo’lajak 
musobaqa sharoitiga psixologik adaptatsiyalashish (sportchi uchun notanish bo’lgan 
joy, 
metereologik sharoit, vaqt va boshqalar). 
Psixologik tayyorlash jarayonida axborotlar yetkazish formasi katta ahamiyatga 
egadir. Bir xildagi xabarni shunday e’lon qilish mumkin-ki, u bo’lajak 
musobaqadagi 
kurashga ijobiy yoki salbiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin. 
Mashqlangan holatda o’z-o’zini baholash 
Yuqori darajali mashqlangan holatda (sport formasida) sportchi o’z faoliyatida 
jismoniy, texnik va taktik natijalarni – ma’lumotlarni sifatliroq ko’rsata oladi. 
Sport amaliyotida sportchini mashqlangan holatini baholovchi qator obyektiv 
metodlar mavjud. Lekin ayni metodlar o’z-o’zidan baholashga tayanmasa to’la 
bo’lishi 
mumkin emas. Masalan, butun obyektiv ma’lumotlarga ko’ra sportchi yaxshi 
mashqlangan deb 
faraz qilaylik, lekin u o’zi subyektiv ravishda sport formasi holatiga erishmadim, 
deb his 
qilsa, bu hol uning musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga to’sqinlik qiladi. 
Maxsus tadqiqotlarga ko’ra, yuqori darajali mashqlangan holat quyidagi belgilari 
bilan xarakterlanadi: 
A) psixik jarayonlarni favqulotda tezlikda o’tishi (idrokning tezligi qurshab 
turgan muhitni nazorat qilish, qaror qabul qilish tezligi oshadi); 
B) diqqatning hajmi kengayishi bilan diqqatning taqsimlanishi, markazlashish 
imkoniyati oshadi; 
S) sportchi o’z harakatlarini to’la nazorat qila oladi; 
G) o’z kuchiga ishonadi; 
D) musobaqa va mashq paytida g’alabaga, maqsadga intilishdan iborat irodaviy 
zo’r berish namoyon bo’ladi; 


E) ixtisoslashtirilgan idrok yuqori darajada taraqqiy etgan bo’ladi; 
J) emotsional holatlarning mavjudligi. Ko’p sportchilarga: “Sport formasidami 
yoki yo’qligini qanday aniqlaysizlar” degan savollar, emotsional-irodaviy jarayonlar 
haqidagi holatlari haqida gapirishadi. Masalan, “Ba’zida kayfiyatim yaxshi bo’ladi, 
o’zimni qandaydir yengil sezaman, xuddi to’p hamma vaqt menga 
bo’ysunadigandek tuyiladi va ko’p mashq qilgim keladi”; 
3) to’siqlarga chidam berish, sport harkatlarini bajarishga daxl yetkazadigan 
to’siqlarga chidam berish qobiliyati, tashqi qo’zg’ovchilarga chalg’imaslik: sport 
formasidagi sportchi katta jismoniy yuklamaga duch kelishdan qat’iy nazar juda 
ham ishtiyoq bilan mashq qiladi. Mashqni to’xtatgim kelmaydi. Bo’lajak 
musobaqada ishtirok etish haqidagi fikr uni xavotirlantirmaydi, u hatto o’z xayolida 
bo’lajak g’alabani gavdalantiradi va yutuqlarga ishonadi. Bunday holatning aksi 
holdagi sportchi bo’lajak musobaqada ishtirok etishdan oldin xavotirlik holatiga 
tushadi, - “kun bo’yi musobaqa haqida o’ylayman, muvaffaqiyatsizlikka duch 
kelamanmi deb qo’rqaman”. Bunday holat ko’pincha me’yordan – normadan ortiq 
mashqlangan sportchilarda uchraydi. 
Sportchida o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishni shakllantirish 
Sportchilarda ishonchning mavjudligi — g’alaba qozonishning shartlaridan 
biridir. Ishonchning yo’qligi esa buning aksidir. Sport amaliyotidan ma’lumki, ba’zi 
yaxshi tayyorlangan sportchilar o’ziga ishonchi bo’lmaganligi tufayli 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, ba’zan esa raqibining imkoniyatlarini yuqori 
baholaganligi tufayli sportchining xarakteri, temperamentiga bog’liq holda o’ziga 
ishonmaslik holati ro’y beradi. 
O’z kuchiga bo’lgan ishonchni tarbiyalash uchun quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi: 
a) musobaqa bo’lishidan oldin mashq paytida harakatlarni muvaffaqiyatli 
yakunlash; 
b) trenerning o’z sportchisidagi muvaffaqiyatsizlik vaqtinchalik xarakterga 
ega ekanligi, uni bartaraf qilish mumkinligiga ishontirish qobilyati; 
c) sportchi oldiga qo’yiladigan talablar uning imkoniyatlaridan yuqori bo’lmasligi 
kerak, aksincha, sportchida o’z kuchiga ishonmaslik holati ro’y berish mumkin. 
Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni rejalashtirish asoslari 
Sportchilarni psixologik tayyorlash masalasining hal etilishi rejalashtirish asosida 
amalga oshiriladi. Bu rejani kim tuzadi? Albatta, mazkur reja sport murabbiysi 
tomonidan tuziladi. Ushbu rejani tuzish chog’ida bir qator xususiyatlarni hisobga 
olish kerak bo’ladi. Jumladan, sport turini, sportchining yoshi va mahoratini, uning 
individual xususiyatlarini. Psixologik tayyorgarlikning umumiy rejasini nisbatan 
uzoqroq davr uchun, masalan, bir yilga tuzish maqsadga muvofiq. Bunday reja ikkita 
bo’limdan iborat bo’ladi: birinchi bo’lim – musobaqalarga umumiy psixologik 
tayyorgarlik, ikkinchi bo’lim esa – muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlikni 
qamrab oladi. Birinchi reja nisbatan uzoq maqsadni ko’zlagani uchun u ma’lum 
darajada barqaror bo’ladi, ikkinchisi esa muayyan musobaqaga moslab tuziladi, shu 
sababli ham oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikning o’ziga xos jihatlaridan 


kelib chiqqan holda o’zgartirilishi, to’ldirilishi, qisqartirilishi mumkin. Sportchini 
musobaqaga umumiy psixologik tayyorlash uchun quyidagilar zarur: 1. Reja 
tuzilayotgan sportchining yoshini bilish. 2. Uning sport mahorati darajasini hisobga 
olish. 3. Psixologik tayyorgarlikning maqsad va vazifalarini belgilash va ulardan 
kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 4. Sport turining 
psixogrammasini aniqlashtirish, ya’ni ushbu sport turini takomillashtirish uchun 
qanday shaxsiy, psixik, psixomotor sifatlar talab etilishini, musobaqada 
muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun qanday psixik holatlarni shakllantirish 
lozimligini aniqlash. 5. Tayyorgarlik mashqlari jarayonida sportchining motivatsiya 
vositalarini aniqlash. Psixologik tayyorgarlikni individuallashtirishning dastlabki va 
eng muhim qadami bu – sportchining individual-psixologik xususiyatlarini 
o’rganishdan iboratdir. Bu ish shaxsning shaxsiy xususiyatlarini o’rganish bo’yicha 
belgilangan tartibda to’ldiriladigan batafsil psixologik tavsifnoma yozish bilan 
tugallanadi. Tavsifnoma yetarli darajada batafsil va ayni paytda aniq va puxta 
bo’lishi, shaxsdagi shaxsiy intilishlar, munosabatlar tizimi, psixik rivojlanish, axloq-
odob va yurish-turishdagi o’ziga xosliklar kabi eng muhim ko’rsatkichlar haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Shaxsning yo’naltirilganligi – deyilganda 
quyidagilar tushuniladi: uning motivlari, qiziqishlari, belgilangan ichki maqsadlari, 
sevgan mashg’ulotlari, asosiy ehtiyojlari, g’oyaviy e’tiqodi, prinsipialligi, 
vatanparvarligi, jamoaga sadoqat hissi, mas’uliyat hissi va hokazolar. Munosabatlar: 
insonlarga (jamoaga, murabbiyga, do’stlarga, oilaga, raqiblarga), o’z ishiga 
(sportga, mehnatga, o’qishga, jamoat ishiga), o’z-o’ziga (o’zo’zini ardoqlashi, o’z 
fikrini himoya qila bilishi, o’z-o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi, o’z-o’zini 
nazorat qila bilishi, o’z-o’zini tarbiyalay olishi), o’zidagi fazilatlarga va 
kamchiliklarga, muvaffaqiyat va omadsizliklarga, tanqidga, mukofotlarga, 
rag’batlantirish va jazolanishga nisbatan bo’ladi. Psixik rivojlanish: kishi asab tizimi 
asosiy sifatlarining umumiy va ijtimoiy tarzda namoyon bo’lishidan iborat bo’lib, u 
shaxsning temperamentiga, psixik va irodaviy xususiyatlariga bog’liqdir. 
Mashg’ulotlar chog’idagi munosabatlar va xulq-atvor: orastalik, intizomlilik, o’z-
o’zini tuta bilish, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, faollik, tashabbuskorlik, 
mustaqillik, kayfiyatning o’ziga xosligi, to’siqlarga va noqulay sharoitlarga nisbatan 
chidamlilik. O’zi sevgan va sevmagan mashqlarga, topshiriq va vaziyatlarga, tez-tez 
uchrab turadigan sport musobaqalari bilan bog’liq safarlarga, sport zallarining, o’zi 
shug’ullanadigan asbob-uskunalarning o’zgarishiga nisbatan munosabati. Murabbiy 
tomonidan ko’rsatiladigan yordamga nisbatan munosabati. 




6. Psixodiagnostika vositalarini aniqlash (shaxs rivojlanishi va sport 
mahoratining oshib borish dinamikasini aniqlashtirish uchun), psixogigiyena 
vositalarini (sportchining psixik holatini qo’zg’atuvchi nazorat vositalari, sportchini 
jismoniy jihatdan qayta tiklash), xotirani, aqliy qobiliyatni, irodaviy sifatlarni 
rivojlantirish uchun mo’ljallangan umumiy psixik rivojlanish vositalarini kiritish. 
7. Mashg’ulot jarayonida va undan keyingi psixik holatlarni boshqarish va 
sportchining o’z-o’zini tartiblashi uchun zarur vositalarni tanlash. 
8. Sportchilarning musobaqalashuv xarakteridagi ekstremal vaziyatlarda 
emotsional barqarorligini shakllantirishga yo’naltirilgan vositalarni belgilash. 
Maqsad: musobaqaga psixik tayyorlik holatini shakllantirish. 
Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash bo’yicha umumiy reja tuzib 
bo’lingandan keyin ishlab chiqilgan masalalarni yana bir bor aniqlashtirib olish 
kerak. Buning uchun sport guruhidagi har bir a’zo uchun umumiy reja, shuningdek, 
har bir sportchi uchun ularni alohida va muayyan kichik guruhlarda hisobga olgan 
tarzda umumiy reja tuziladi va shu tarzda har bir sport guruhi uchun 
individuallashtirilgan reja amalga oshiriladi. Rejani individuallashtirish shaxsning 
psixodiagnostikasi natijalari, psixik sifatlari va hokazolarga asoslanadi. 
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, psixologik tayyorgarlikning maqsad va 
vazifalari jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarlikning maqsad va vazifalariga 
to’la to’kis muvofiq va mos kelishi shart. 
Muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlikni rejalashtirish sportchining 
tayyorgarligi darajasiga, musobaqa o’tkaziladigan sharoitga, unda ishtirok etadigan 
sportchilarning tarkibi va hokazolarga bog’liq bo’ladi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish