Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 
 
 
 
 


O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 
1
. Yu.Yu.Palayma sport faoliyatiga nisbatan motivlarni nechta turini ajratgan?
2. Motivlarning individual hususiyatlarini ochib bering? 
3. Individualistic motivlarni izohlang? 
4. Kollektivistik motivlarni tushuntirib bering? 
5. Jarayonli (protsesual) motivlarning mazmuni nimadan iborat? 
6. Natijaviy motivlarni o‘zingizni sport turingizda ifodalang? 
7. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
8. Mag‘lubiyatdan qochish motivini deganda nimani tushunasiz? 
42.MAVZU.Sportda psixologik stresslar. 
Reja: 
1. Sport va psixik stress. 
2. Sportchi temperamenti va stress. 
3. Stress va komandada o’yin munosabatlari. 
Stress. Stress inglizcha «stress» so’zidan olingan bo’lib, jiddiylik, keskinlik, 
zo’riqish degan ma’no anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin 
vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, 
fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Stress – 
og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli 
vaziyatlar tug’ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda 
vujudga keladigan hissiy zo’riqishdir. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning 
barchasini biron-bir emotsiya turi ro’yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining 
paydo bo’lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat 
uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha «dispatcher» ishlab chiqarishni 
muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, 
ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G.Selye 
(1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptatsion sindrom 
– yunoncha «syndrome» belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, 
uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. 
Shuningdek, ekstremal (lotincha – «extremus» favquloddagi holat, eng oxirgi 
vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning 
o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha (dezorganizatsiya lotincha – «de-
organisation» fransuzcha tashkilot, tuzilma ma’nosini bildiradi) olib borishi, shunga 
o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha – «prognosis» 
ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Selye tomonidan o’rganilgan. Kayfiyatlar – 
ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy 
hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayg’u, tetiklik yoki 
lanjlik, hayajonli yoki ma’yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki 
muloyimlik va hokazo tarzda bo’ladi. Kayfiyat juda xilma-xil, yaqin va ancha uzoq 


turuvchi manbalarga ega bo’lishi mumkin. Turmushning butun borishidan, 
jumladan, ishda, oilada, maktabda munosabatlarning qanday yo’lga 
qo’yilganligidan, kishining hayot kechirishi yo’lida paydo bo’layotgan har qanaqa 
ziddiyatlar qay tarzda bartaraf etilishidan qanoat hosil qilishi yoki qanoatlanmaslik 
kayfiyatlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Kishining uzoq vaqt yomon yoki lanj 
kayfiyat bilan yurishi uning hayotida biror narsaning ko’ngildagidek emasligini 
ko’rsatadi. Kayfiyatlarning manbalari uni boshdan kechirayotgan kishiga hamisha 
aniq bo’lmaydi. Lekin kayfiyatga doimo biron-bir narsa sabab bo’ladi va buni 
aniqlab ola bilish kerak. Asosiy hissiy holatlar va ularning tashqi ifodasi. His-
tuyg’ularning hissiyotlar, kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan 
kechirilishi chog’ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega. 
Yuzlarning ifodali harakatlari (mimika), qo’l va gavdaning ma’noli harakatlari, 
ohang, ko’z qorachig’larining kengayishi va torayishi kabilar shular jumlasiga 
kiradi. Har biri o’zining psixologik ta’riflari va tashqi ko’rinishlariga ega bo’lgan 
quyidagicha asosiy hissiy holatlarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: qiziqish, 
quvonch, hayratlanish, iztirob chekish, g’azablanish, nafratlanish, jirkanish
qo’rquv, uyalish va hokazo. Qiziqish – malaka va ko’nikmalarning rivojlanishiga, 
ta’lim olishga moyillik tug’diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan ijobiy 
hissiy holatdir. Quvonch – hali-beri qondirilishi mumkin bo’lmagan, yoki har holda 
qondirilishi noaniq bo’lgan dolzarb ehtiyojning yetarli darajada to’la qondirilgan 
bo’lishi mumkinligi bilan bog’liq ijobiy hissiy holatdir. Psixologiya fanida asosiy 
hissiyotlar atamasi ko’chma ma’noda qo’llanilib kelmoqda. Tadqiqotlar ichida 
K.Izartning tasnifi muayyan qiziqish uyg’otadi, lekin his-tuyg’ularning barchasini 
o’zida qamrab olmaydi. K.Izartning talqinicha: 1) qiziqish – malaka va ko’nikmalar 
shakllanishiga, o’qishga moyillik uyg’otadigan bilimlarni egallashga yordam 
beruvchi ijobiy hissiy holatdir; 2) quvonch – qondirilishi dargumon bo’lgan yetakchi 
(hukmron) ehtiyojning qondirilishi mumkinligi bilan bog’liq ijobiy hissiy holatdir; 
3) hayratlanish – favqulodda ro’y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning 
ijobiy yoki salbiy jihatdan ifoda etilmagan belgisidir; 4) iztirob chekish – hozirgacha 
qondirilish ehtimoli ozmi yoki ko’pmi mavjud tasavvur qilingan, muhim hayotiy 
ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi to’g’risida ma’lumot olinishi bilan 
bog’liq salbiy hissiy holatdir; 5) g’azablanish – obyektiv tarzda kechadigan, shaxs 
uchun g’oyat muhim ehtiyojni qondirish yo’lida to’siqlarni yengib chiqadigan salbiy 
hissiy holatdir; 6) nafratlanish – obyektlarga yaqinlashuv subyektning ma’naviy 
yoki estetik ideallariga zid kelib 
qolishi oqibatida ro’y beradigan salbiy hissiy holatdir; 7) jirkanish – shaxslararo 
munosabatlarda ro’y beradigan va shaxsning hayotiy nuqtayi nazarlari, qarashlari va 
xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo’ladigan salbiy hissiy holatdir; 8) 
qo’rquv – shaxs o’zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi mumkinligi, unga 
real tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mavjud xavf-xatar to’g’risidagi xabarni 
olish bilan paydo bo’ladigan salbiy hissiy holatdir; 9) uyalish – o’zining ezgu 
maqsadlari, xatti-harakatlari va tashqi qiyofasi, nafrati katta muhit kutilmasiga mos 


kelmaganligi bilan emas, balki o’ziga loyiq xulq-atvor hamda tashqi siymosi shaxsiy 
tasavvurlarga ham mos emasligini anglashda ifodalanadigan salbiy hissiy holatdir. 
Yuksak hislar. Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o’rtasida psixologik 
tafovutlar yuksak hislarda o’z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni 
bajarishning obyektiv sharoitlari, yo’nalishlari, mazmuni bilan uyg’unlashgan shaxs 
emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo’ladi va kechadi. 
Ko’plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda yaqqollashgan 
umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o’z tarkibiga sodda tuzilgan 
hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig’indisidan iborat emas, chunki yuksak 
hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohidalikka ega. 
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog’liq javobgarlik hissi har xil ma’noda 
kechiriladi: 
1) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan xursandlik, ikkinchi tomondan esa 
qo’rqish hissi) sifatida; 
2) o’z kuchiga, g’ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida; 
3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g’azablanish emotsiyasi sifatida; 
4) shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish sifatida va hokazo. 
Tahlildan ko’rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati ularning oddiy 
yig’indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga aylangan voqelikni 
anglashdir. Masalan, kitob o’qib lazzatlanish bilan kitobni o’qib tugatish shodlik 
hissini farqlamoq lozim. 
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 
Yuksak hislar. Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o’rtasida psixologik 
tafovutlar yuksak hislarda o’z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni 
bajarishning obyektiv sharoitlari, yo’nalishlari, mazmuni bilan uyg’unlashgan shaxs 
emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo’ladi va kechadi. 
Ko’plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda yaqqollashgan 
umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o’z tarkibiga sodda tuzilgan 
hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig’indisidan iborat emas, chunki yuksak 
hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohidalikka ega. 
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog’liq javobgarlik hissi har xil ma’noda 
kechiriladi: 
1) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan xursandlik, ikkinchi tomondan esa 
qo’rqish hissi) sifatida; 
2) o’z kuchiga, g’ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida; 
3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g’azablanish emotsiyasi sifatida; 
4) shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish sifatida va hokazo. 
Tahlildan ko’rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati ularning oddiy 
yig’indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga aylangan voqelikni 
anglashdir. Masalan, kitob o’qib lazzatlanish bilan kitobni o’qib tugatish shodlik 
hissini farqlamoq lozim. 



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish