shakllanishida motivlar nihoyatda muhim rol o‘ynaydi, degan xulosaga kelish
mumkin. Trenerlar uchun sportchining ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga
majbur etadigan motivlarni aniq bilishlari o‘ta zarur. Shuningdek, sportchilarning
ehtiyojlarini qondira oladigan vaziyatlarni modellashtirish ham talab etiladi.
Trenerning sportchilarni motivatsiya jarayonlaridagi o‘z o‘rnini to‘la idrok etishi
ham o‘ta muhimdir. Trener sportchilarning sport mashg‘ulotlariga nisbatan
motivlarini doimiy ravishda kuzatib borishi, zarur hollarda esa ularga o‘zgartirish
kiritishi lozim. Ushbu maqsadlarda quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:
1. Qo‘l ostidagilarni kuzatish orqali, ularga nima yoqishi va nima yoqmasligini
aniqlash.
2. O‘quvchilarning motivlarini yanada aniqroq bilib olish uchun, o‘quvchini
yaxshi biladigan boshqa kishilar, o‘qituvchilar, uning do‘stlari, oila a’zolari bilan
muloqotda bo‘lish.
3. Mashg‘ulotda shug‘ullanuvchilardan ularning mazkur sport turi bilan
shug‘ulanishning sabablari to‘g‘risida so‘rab turish.
Musobaqada ishtirok etishning
motivlarini faollashtirish Y.Y.Palaymaning tadqiqotlariga ko’ra, musobaqada
ishtirok etishning motivlari quyidagilardan iborat: 1. Ma’naviy his, burch,
vatanparvarlik jamoaga mansublik motivlari - 87% ni tashkil qiladi. 2. Shaxs o’zini
va sportdagi obro’sini isbotlashi - 48%. 3. Trenerning umidini oqlash - 23%. 4.
Sportni sevish bilan bog’liq motivlar - 19 %. 5. Sport kurashiga ijobiy munosabati -
17%. 6. O’ch olish motivlari (sportda) - 18%. 7. Mashqning yakunlarini tekshirish -
17%. 8. Sportchilar bilan birga yurish motivlari (masalan, mamlakatlarni ko’rish) -
16%. 9. O’zida ma’lum jismoniy va psixik xislatlarni taraqqiy ettirish motivlari
(masalan, kuch, tezkorlik, chidamlik) -15%. 10. Shaxsiy - musobaqali motivlar kuch
va qobiliyatini sinab ko’rish, g’alabadan so’ng xursandlikni his qilish - 13%. 11.
Ishqibozlar oldida o’zini yaxshi ko’rsatishga intilish motivlari - 9%. 12. Estetik
hislar va yuksak sportchilarning mahoratidan zavqlanish motivlari - 7% ni tashkil
etadi. Shunday qilib, sportchilarning musobaqada ishtirok etishlarining motivlari
xilma-xildir. Bundan tashqari, bitta sportchida musobaqada ishtirok etishning bir
nechta motivlari mavjud bo’lishi ham mumkin. Sportchilarni psixologik
tayyorlashda sotsial ahamityaga ega motivlar shakllanishining ahamiyati, ayniqsa,
javobgarlik musobaqalaridagi ahamiyati kattadir. Musobaqaga psixologik
tayyorlash jarayonida trener o’z sportchilarining musobaqada ishtirok etishdan
maqsadi, faoliyatining sabablari haqida bilishi, musobaqada yutish motivlari haqida
xabardor bo’lishi kerak. Bu ularning musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishlariga
intiltiruvchi motivlarni kuchaytishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: