Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari


O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 
1. Musobaqalarda vujudga keladigan psixologik zo‘riqishlarning kelib chiqish 
sabablarini ochib bering? 
2. Musobaqalashuv motivlarini sanab bering? 
3. Sport trener tomonidan musobaqalar uchun maqsad ko‘rsatmasini shakllantirish 
va belgilash? 
4. Musobaqalar sportchining faoliyatini rag‘batlantiruvchi omil sifatida. (Asoslab 
bering)? 
5. Startoldi holatlar qachon boshlanadi? 
6. Musobaqalar oldidan startoldi hayajonlanishini boshdan kechirish zarurmi?
Asosli javob bering? 
7. Startoldi holatlarini tavsiflab bering? 
8. G’alaba va mag‘lubiyat, ularning sportchini musobaqadan keyingi holatiga 
ta’siri? 
 
27.MAVZU. Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari. 


Reja: 
1. Sportda shaxs psihalogiyasi. 
2. Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari. 
Shaxs - bu jamiyatda alohida o‘ringa ega, o‘zini qurshab turgan muhitni 
o‘zgartirish uchun faol harakat qilishga qodir, ijtimoiy rivojlanishning aniq 
vakilidir. 
Shaxsni shakllantirish butun tarbiya tizimi vositasida ta’minlanib, u insonning 
ko‘pqirrali faoliyat turlaridagi ijtimoiy faoliyati jarayonida amalga oshadi. 
Shaxsning rivojlanishiga quyidagi turli faoliyat sohalari ta’sir ko‘rsatadi,
jumladan: mehnat, ijtimoiy, sport, ta’lim va tarbiya, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy 
tarbiya. Bularga qo‘shimcha qilib, yana sportchilar o‘z hayotlari, turmush 
sharoitlari, turli faoliyatlari jarayonida boshqa kishilar bilan birga duch keladigan 
o‘zaro munosabatlarni ham kiritish kerak. Bundan tashqari shaxsning 
rivojlanishiga ommaviy axborot vositalari - televidenie, teatr, kino, badiiy adabiyot 
kabilar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Natijada, yuqorida tilga olingan barcha omillarning mushtarak tarzdagi ta’siri 
ostida shaxsning psixik birikmasi shakllanadi. (Ye.V.Shoroxova, B.F.Lomov). 
Shaxsning psixik birikmasi deyilganda nimani tushunmoq kerak? Psixik 
birikma muayyan kishiga xos bo‘lgan xarakter yo‘nalishini, temperamentni,
intellektual, emotsional va irodaviy jarayonlar kabi xususiyatlarning kechishini 
ko‘rsatuvchi nisbatan turg‘un birlikdan iboratdir. Mazkur xususiyatlar psixomotor 
faoliyatlar sohasida o‘z ifodasini topadi, zero mazkur soha shaxsning aniq amaliy 
faoliyat turlaridagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim qismidir.
Yuqorida tilga olingan fikrlarni, to‘laligicha sportchi shaxsining shakllanishiga 
ham tatbiq etish mumkin. Shaxsning psixik birikmasining shakllanishi ikki 
yo‘nalishda boradi. Ulardan 
biri umumiy yo‘nalish bo‘lib, u shaxsga hayotiy faoliyatning turli jabhalarida o‘z 
faolligini namoyon etish imkoniyatini beradi. Ikkinchisi esa spetsifik yo‘nalish,
ya’ni psixik xususiyatlar, holatlar, jarayonlarni, har bir faoliyat turi uchun alohida 
tarzda yaratilgan shart-sharoitlarda maxsus ravishda rivojlantirish va ularning 
muvaffaqiyatini ta’minlash yo‘lidir. 
Umumiy va spetsifik yo‘nalishlarning mushtarakligi, yaxlitligi - shaxsning 
psixik birikmasini shakllantirishning eng bosh omillaridan biridir. (B.G.Ananev,
A.S.Puni). 
Sport faoliyati jarayonida psixik birikmani shakllantirish ham xuddi shu 
yo‘nalishlarda ro‘yobga chiqadi. Shu sababli ham sport bilan shug‘ullanish 
jarayonida shaxs psixik birikmasining umumiy jihatlari, shuningdek, u tanlagan 
sport turidagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus sifatlari ham birdek 
rivojlanadi va mustahkamlanib boradi. 
Sport faoliyatining qaysi bir psixologik jihatlari sportchi shaxsining psixik 
birikmasiga ta’sir ko‘rsatadi? Bu xususiyatlardan eng muhimlari quyidagilardan 


iboratdir:
1. Sport kurashlari rekordlarini qo‘lga kiritishga yoki raqib ustidan g‘alaba 
qozonishga yo‘naltirilgan musobaqaviy xarakteri; 
2. Sportchining ushbu kurashlar paytida barcha jismoniy va psixik kuchlarining 
yuqori darajada zo‘riqishi, zero, busiz rekord natijalarga erishib bo‘lmaydi; 
3. Sportchining kun tartibi va maishiy xayotiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishi,
muntazam, uzoq cho‘ziluvchi va qat’iy tarzdagi sport mashg‘ulotlari. 
Taniqli nemis psixolog – olimi Kunat shaxsning rivojlanishida doimiy sport 
faoliyatining ahamiyatini alohida e’tirof etar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Faol 
sport faoliyati tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash ma’nosida shaxsning rivojlanishiga 
nihoyatda katta ta’sir qiladi. Chunki sport faoliyati mobaynida inson avvalo o‘zini
yengishi kerak bo‘ladi. Shu sababli ham aytish mumkinki, sportda erishilgan 
ko‘rsatkichlar nafaqat kishining mushaklari va tayanch a’zolarining yutug‘i, balki 
birinchi galda bu shaxsning yutug‘idir” (Psixologiya i sovremennыy sport, 1980, 
122bet). Demak shaxsning rivojlanishining alohida individual hususiyatlarini 
bilish, ushbu jihatlarini o‘quv-mashg‘ulot, musobaqa jarayonlarida hisobga olish,
zaruriy shaxsiy sifatlarini shakllantirish, sportda yuqori natijalarni qo‘lga 
kiritishning asosiy va zururiy shartlaridir. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish