Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 


26.MAVZU. Musobaqalashuvdan keyingi psixik holatlar. 
Reja: 
1. Musobaqalashuvdan keyingi psixik holatlar. 
2. sportchining musobaqadan keyingi murakkab psixologik holatlarni o’rganish. 
Bo‘lib o‘tgan musobaqalardan so‘ng sportchi o‘ta murakkab psixologik 
holatlarni boshdan kechiradi. Mazkur hissiyotlarning kelib chiqishiga ko‘plab 
omillar ta’sir etib, quyida ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz: a) erishilgan natija,
g‘alaba yoki mag‘lubiyatdan, uning ijtimoiy ahamiyatidan ta’sirlanish; b)
kutilmagan natijadan yoki ayni maqsad qilib qo‘yilgan natijaga erishilganidan 
hayajonlanish; natijaning mazkur sportchining intilish darajalariga mos kelishidan 
ta’sirlanish; v) o‘tkazilgan musobaqaning keskinligidan, g‘alabani ta’minlagan 
yoki mag‘lubiyat keltirgan o‘sha jangning qiyin kechganligidan ta’sirlanish; g)
shuningdek bu jarayonga - sportchining shaxs sifatidagi fazilatlari, undagi istiqbol 
rejalari, mazkur rejalarning erishilgan natijalarga muvofiqligi, uning irodaviy 
sifatlari, ma’naviy va emotsional barqarorligi va hokazolar ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Sport musobaqalari odatda sportchining g‘alabasi yoki mag‘lub bo‘lishi bilan 
tugaydi. Psixologik nuqtai nazardan g‘alaba – bu muvaffaqiyat, mag‘lubiyat esa – 
muvaffaqiyatsizlikdir. 
Sportda erishilgan g‘alaba odatda sportchida ijobiy emotsional holatlarni hosil 
qiladi, ya’ni: 
• sport kurashida o‘zining chindan ham ustunligini his etish, erishilgan 
natijadan qoniqish; 
• hayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik; 
• O‘z kuchiga ishonch hissi; 
• mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi. 
G’alabaga erishilganda paydo bo‘ladigan ijobiy his–tuyg‘ular ba’zan o‘ta 
yorqin namoyon bo‘lib, sportchining tashqi reaksiyalarida ham sezilib turadi:
bunday hollarda sportchi hayajonlanganidan sakrab yuboradi, do‘stlarini 
quchoqlaydi, zero u juda katta quvonch va shodlikni, baxtiyorlikni boshdan 
kechiradi. Odatda bunday kuchli va yorqin his – tuyg‘ular, g‘alaba chindan ham 
juda og‘ir jangda qo‘lga kiritilsa, buning uchun sportchi juda kuchli va o‘ziga 
munosib raqib bilan bellashsa namoyon bo‘ladi. Biroq, jangning shiddati haddan 
tashqari og‘ir kechgan bo‘lsa, sportchi o‘z tuyg‘ularini birdan namoyish etmasligi 
ham mumkin. Buning uchun unga ma’lum muddat kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida u 
biroz dam oladi, bo‘lib o‘tgan voqealarni idrok etadi, shundan so‘nggina u g‘alaba 
natijasini chindan his eta oladigan psixik holatga kirishi mumkin. 
G’alaba ba’zan sportchida salbiy his tuyg‘ularni ham paydo qilishi mumkin,
masalan: 
• manmanlik, o‘z sport imkoniyatlarini yuqori baholash; 


• o‘z-o‘ziga ortiqcha ishonish; 
• bundan keyingi mashg‘ulotlarga loqaydlik, e’tiborsizlik bilan munosabatda 
bo‘lish. Shuning uchun ham musobaqada g‘alaba qo‘lga kiritilgandan so‘ng,
sportchi o‘z trener bilan birga, fursatni boy bermay, o‘z vaqtida kelgusi ishlarni 
amalga oshirish rejalarini tuzib olishi lozim. 
Musobaqada mag‘lub bo‘lish ham sportchiga ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda aksariyat hollarda quyidagi emotsional holatlar 
kuzatiladi: 
• ruhiy siqilish holati, o‘z kuchiga ishonmaslik, omadi kelgan do‘stlaridan xafa 
bo‘lish va ularga hasad bilan qarash; 
• apatiya hissi, hamma narsadan ko‘ngil sovushi, befarqlik, sportga bo‘lgan 
qiziqishning so‘nishi, hatto mashg‘ulotlarga ham qatnashmay qo‘yish; 
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, raqibga bir marta hisobni boy berish, bu 
hali tamoman mag‘lub degani emas, agar raqib chindan ham kuchli bo‘lsa,
o‘zining tayyorgarligi, mahorati bilan sizdan ancha ustun bo‘lsa, u bilan imkon 
qadar olishib, unga “sharaf bilan” yutqazish ham mumkin. Bunday hollarda 
mag‘lubiyat ham o‘ziga xos sport g‘alabasi sifatida talqin etilib, shunga muvofiq 
qoniqarli hissiyotlar bilan kechadi. 
Shu boisdan, ba’zan mag‘lubiyat ham sportchida faol his-tuyg‘ularni keltirib 
chiqarishi, unda O‘z xatolarini bartaraf etish, sport mahoratini oshirish va shunday 
qilib, kelgusi musobaqalarda g‘alabani qo‘lga kiritish istagini paydo qilishi 
mumkin. 
Mag‘lubiyatga uchraganda sportchiga taskin berishning eng yaxshi yo‘li u yo‘l 
qo‘ygan xato va kamchiliklarni ongli ravishda tahlil etish (albatta, buni sportchi 
biror fursat dam olgandan keyin amalga oshirish lozim), kelgusi musobaqalar 
uchun faol mashg‘ulotlarni boshlab yuborish hisoblanadi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish