Olinish usullari. Amerikada Frank usuli qo‘llaniladi. 170°C qizdirilgan suvni nay orqali oltingugurtga beriladi. Oltingugurtga tekkan issiq suv uni suyuqlantiradi va siqilgan havo bilan еr yuzasiga chiqariladi. Oltingugurt rudalarida yoqib, qizdirib ajratiladi. Olingan oltingugurt haydaladi:
FeAsS2 ―t →FeS + S + As
Oltingugurtni gazlardan olish uchun H2S va SO2ni yuqori haroratda katalizator ishtirokida o‘tkaziladi: 2H2S + SO2 →3S + 2H2O
Oltingugurt sulfatlarga uglerod ta ‘sir ettirilganda ham hosil bo'ladi:
CaSO4 + 4C = 4CO + CaS
Agar sulfidlar gidrolizlansa, ulardan H2S olinib, so'ngra ularning yonishidan oltingugurt olinadi: CaS + H2O + CO2 = H2S + CaCO3 2H2S +O2= 2S + 2H2O
Tibbiyot maqsadlari uchun kerak bo'ladigan oltingugurt natriy tiosulfatdan olinadi:
Na2S2O 3 + H2SO4 = H2S2O3+ Na2SO4 H2S2O2 = H2O + SO2 + S
5, 10, 20 % li oltingugurt teri kasalliklarida (psoriaz, qichima) surtma va sepma dorilar holatida qo'llaniladi. Oltingugurtdan CS2, qora porox, gugurt, oltingugurtli bo‘yoqlar, iprit, sulfat kislota va boshqalar olinadi.
Kimyoviy xossalari. Kuchli oksidlovchilar bilan o‘zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi:
S + O2= SO2 S + 3F2= SF6
S + 6HNO3 = H2SO4 + 6NO2 + 2H2O
Qaytaruvchilar bilan oltingugurt oksidlovchi bo‘ladi: Zn + S = ZnS;
3S + 6KOH = K2SO3 + 2K2S + 3H2O
H2 + S = H2S; Na2SO3 + S = Na2S2O3
Oltingugurt azot bilan bir necha xil birikmalar hosil qiladi: S4N4, S15N2, S16N2.
Oltingugurt tetranitrid — sariq kristall modda, + 178°C da suyuqlanadi. U qizdirilganda portlaydi: S4N4= 4S + 2N2
U suyuq holatdagi oltingugurt va ammiak ta‘siridan hosil bo‘ladi:
10S + 16NH3 = S4N4+ 6(NH4)2S
Oltingugurt vodorodli birikmalari. H2S va H2S2 erkin holda juda beqaror, tuzlari ma‘lum MeS va MeS2. H2S-rangsiz, zaharli gaz, hidi yoqimsiz, palag‘da tuxum hidi keladi. Qaynash harorati — 60,3°C, suyuqlanish harorati — 85,5°C. Yuqori haroratda parchalanadi: H2S = H2 + S
Suvda yaxshi eriydi. 3 hajm suvda 1 hajm vodorod sulfid eriydi. Kuchsiz ikki asosli kislota (K1=6*10-8; K2=10-14). H2S↔H+ + HS– HS– ↔H+ + S2-
Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar deyiladi. Tarkibida Na+, K+, NH4+ ionlari tutgan sulfidlar suvda eriydi.Og‘ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi. Sulfid kislotaning tuzlari — sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy metallar tuzlari va ammoniy sulfid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo‘lishidir. Ishqoriy va ishqoriy еr metallari tuzlari rangsiz, og‘ir metall tuzlari har xil rangga bo‘yalgan. FeS, CoC, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo‘ng‘ir qora rangli, ZnS va CaS oq rangli, CdS, SnS, As2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo‘ladi. Bundan analitik kimyoda qo‘llaniladi, ya‘ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi. Issiqqa nisbatan sulfidlar beqaror, qizdirilganda ular erkin oltingugurt hosil qilib parchalanadi. CuS (qora rangli) suvda ham suyultirilgan kislotalarda ham erimaydi. FeS (qora rangli) suvda erimaydi, lekin kislotalarda eriydi. HgS (qora) — konsentrlangan nitrat kislotada ham erimaydi. Ko‘p sulfidlar konsentrlangan xlorid kislotada eriydi. PbS, ZnS, CuS bo‘lsa, nitrat kislotada eriydi. HgS zar suvida erishi aniqlangan. Sulfidlar orasida o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham uchraydi. Masalan, FeSl,0l dan boshlab FeS1, 14 gacha. Na2S, CaS va BaS teridan tuklarni yo‘qotish uchun ishlatiladiSulfidlar oson gidrolizga uchraydi. Bunda nordon tuzlar hosil bo'ladi:
NaOH + H2S = NaHS + HOH
NaHS + NaOH = Na2S + HOH
Aluminiy va xrom (III) sulfidlari suvda oson qaytmas gidrolizga uchraydi:
A12S3 + 6HOH = 2A1(OH)3 + 3H2S
Cr2S3 + 6HOH = 2Cr (OH)3+ 3H2S
Hamma sulfidlar, shuningdek H2S — kuchli qaytaruvchi:
H2S + Cl2 = 2HC1 + S 2 H2S + O2 = 2H2O+ 2S
Quruq H2S yonganda oltingugurt (IV)-oksidi va suv hosil bo‘ladi:
2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2
4NiS + 7O2 = 2Ni2O3 + 4SO2
Juda kuchli oksidlovchilar ishtirokida sulfidlar sulfatlargacha oksidlanadi:
NiS + 2O2 = NiSO4
3CuS + 14HNO3 = 3Cu (NO3)2 + 3H2SO4 + 8NO + 4H2O
CuS + 4H2O— 8e →Cu2+ + SO42- + 8H +
NO3- + 4H+ + 3e- → NO + 2H2O
Kislotali muhitda KMnO4, K2Cr2O7, HNO3 sulfidlarni S° yoki SO42- gacha oksidlaydi:
2KMnO4+5Na2S+8H2SO4=2MnSO4+5S+K2SO4+5N a2SO4+8H2O
3PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO
CoS + H2O2+ 2CH3COOH = Co (CH3COO)2 + S + 2H2O
Tuzlarga H2S yoki uning tuzlarini ta‘sir ettirish orqali sulfidlar olinadi:
CuSO4 + H2S = CuS↓ + H2SO4
FeCl2 + (NH4)2S = FeS↓+ 2NH4CI Na2SO4 + 4C = Na2S + 4CO
Persulfldlar. Bular H2S2 kislotaning tuzlari, umumiy formulasi (H2Sn), bu еrda n =2,3,4,...9. Me2Sn. n =2 dan 23 gacha bo'lishi mumkin.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining persulfidlari, ammoniyli tuzlari, piritlar katta ahamiyatga ega.
Persulfldlar - ham oksidlovchilar va ham qaytaravchilardir. (NH4)2S2 (III) valentli surma va mishyakni (V) valentli birikmalargacha oksidlaydi va ularning tuzlarini hosil qiladi:
SnS + (NH4)2S2 = (NH4)2SnS3
Persulfldlar disproportsiyalanish reaksiyasiga kirishadi: FeS2 = FeS + S
Ular ishqorlar ta‘sirida ham oksidlovchi , ham qaytaruvchi bo‘la oladi:
3Na2S2 + 6NaOH = Na2SO3 + 5Na2S + 3H2O
Ishqoriy metallarning persulfidlari sulfidlarni, gidroksidlarni va karbonatlarini qizdirib olinadi: Na2S + S = Na2S2
(NH4)2S + nS = (NH4)2 Sn
S2+ — birikmalari. 1928-yil Gall SO oksidini tionil xlorid bug‘ini Mg yoki Ag ustidan o‘tkazib 80% unum bilan ajratib olgan:
2Ag + SOCl2 = 2AgCl + SO
SO - rangsiz gaz. Tqayn = — 120°C. SO + 2KOH = K2SO2 + H2O
H - O - S - O - H sulfanil kislota deyiladi va u kuchli qaytaruvchi.
Oltingugurtning galogenli birikmalari beqaror birikmalardir:
2SC12 → S2C12 + Cl2
SC12 — to‘q qizil rangli suyuqlik. S+4 birikmalari. SO 2 — rangsiz, o ‘ziga xos o‘tkir hidga ega bo'lgan gaz modda. U — 10°C da kondensatsiyalanadi, bunda rangsiz suyuqlik hosil bo‘ladi: SO2 + HOH = H2SO3 → H+ + HSO3- ↔ H+ + SO32-
SO2 — ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi:
Qaytaruvchi: SO2+ Cl2 + 2H2O = H2SO4 + 2HC1
oksidlovchi: 2H2S + SO2 = 2H2O + 3S
disproportsiyalanish 4 SO2 + 8KOH = 3K2 SO4 + K2S + 4H2O
Olinishi. Oltingugurtni kislorodda yonishida va sulfitlarga kuchli kislotalar ta‘siridan hosil bo‘ladi:S + O2 = SO2
Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2
Texnikada havo ishtirokida oltingugurtli rudalarni yoqib olinadi: FeS2, ZnS, PbS.
4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8 SO2
SO2— organik bo‘yoqlarni rangsizlantirish uchun ishlatiladi. Tibbiyotda dezinfeksiyalovchi modda sifatida, sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
H2SO3 — erkin holda mavjud emas, suyultirilgan eritmalarda mavjud:
H2SO3 ↔ H2O + SO2
H2SO₃va uning tuzlari ham oksidlovchilik, ham qaytaruvchilik xossasiga ega.
H2SO3 + H2Cr2O7 = 4H2O + Cr2(SO4)3
4FeCl2 + H2SO 3 + 4HC1 = FeCl3 + 3H2O + S
2Zn + H2SO3 + 4HC1 = 2ZnCl2 + 3H2O + S
2H2S + H2SO3 = 3S + 3H2O
Ishqoriy metallar sulfitlaridan boshqa sulfitlar suvda erimaydi. Sulfitlar gidrolizga uchraydi: Na2SO3 + HOH ↔ NaHSO3 + NaOH
Sulfitlarga kuchli kislotalar ta‘sirida SO2 hosil bo'ladi:
Na2SO3 + H2SO4 ↔ Na2SO4 + H2O + SO2↑
Kislotalar ta‘siridan nordon tuzlar olinadi: CaSO3 + H2SO3 ↔ Ca (HSO3)2
Sulfitlar juda oson kompleks birikmalar hosil qiladi:
[Me(SO3)2]; Na6[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO 3)4]; Na3[Me(SO3)2]; Na5[Me(SO3)4].
Sulfitlar ishqorlarga SO2 ta‘sir ettirish orqali olinadi:NaOH + SO2 = NaHSO3
NaHSO3 + NaOH = Na2SO3 + H2O
Ular kabonatlaiga SO2 gazini ta‘sir ettirish orqali ham olinishi mumkin:
Na2CO3 + SO2 = Na2SO3 + CO2
Almashinish reaksiyasi orqali: Na2SO3 + CdCl2 = 2NaCl + CdSO3
Pirosulfit kislotasining tuzlari. Agar sulfit kislotasidan suv tortib olinsa, pirosulfitlar hosil bo‘ladi: 2H2SO3 = H2S2O5 + H2O
H2S2O5 tarkibli kislota erkin holda mavjud emas, lekin uning tuzlari bor.
Tionnit kislota — H2S2O4. Sulfanil va sulfit kislotalarining o‘zaro ta‘siridan tionnit kislotalari, masalan, ditionnit kislotasi hosil bo‘ladi:
H - O - S - O - H + H - O - S - O - H → H - O - S - O - S - O- H + H2O
Tionit (H2S2O4) kislota ham erkin holda olinmagan, lekin tuzlar holida uchraydi:
Na2S2O4— natriy tionit.
Do'stlaringiz bilan baham: |