II.Asosiy qism.
2.1.VI guruh asosiy guruhcha elementlarining umumiy tavsifi.
VI asosiy guruh elementlarini kislorod, oltingugurt, selen, tellur va polloniy tashkil etadi. Kislorod, oltingugurt, selen, tellur metallmaslar va polloniy metall. Bu guruh elementlarining umumiy nomi “xalkogenlar”bo‘lib grekchadan “ruda hosil qiluvchilar” degan ma‘no beradi. Bunday nomlanish bu elementlaming tabiatda uchrashiga ham mos keladi. Bu elementlar tashqi qavatida elektronlar soni oltita. Kislorod, oltingugurt, selen va tellur tabiatda uchraydi, lekin polloniy faqat uran qatori elementlarining radioaktiv еmirilish mahsulotlari sifatida tarqalgan bolib, uni yadro reaksiyalari yordamida sun‘iy ravishda hosil qilish mumkin
VI asosiy guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari
Asosiy kattaliklar
|
O
|
S
|
Se
|
Te
|
Po
|
Atom massasi
|
15,9994
|
32,064
|
78,96
|
127,60
|
[210]
|
Elektron formulasi
|
2s²2p⁴
|
3s²3p⁴
|
4s²4p⁴
|
5s²5p⁴
|
6s²6p⁴
|
Atom radiusi,nm
|
0,066
|
0,104
|
0,117
|
0,137
|
_
|
Suyuqlanish harorati
|
-218,8
|
119,3
|
217
|
452
|
254
|
Qaynash harorati,
|
-183,0
|
444,6
|
685
|
1087
|
962
|
Ionlanish energiyasi,eV, E→E⁺
|
13,168
|
10,36
|
9,752
|
9,01
|
8,43
|
Yer po‘stlog‘idagi miqdori %
|
47,2
|
5*10⁻²
|
6*10⁻⁵
|
1*10⁻⁶
|
2*10⁻14
|
Nisbiy elektromanfiyligi
|
3,5
|
2,5
|
2,4
|
2,1
|
2,0
|
Zichligi, g*sm⁻³
|
1,27
|
2,06
|
4,82
|
6,25
|
9,3
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, O→S→Se→Te→Po qatorida chapdan o‘ngga o‘tish tartibida elementlarning oksidlovchilik xossalari kamayadi, qaytaruvchilik xossalari kuchaya boradi.
Kisloroddan polloniyga qarab ionlanish energiyasi kamayadi, atomlar o‘lchami va metall xossalari ortadi.
Vodorodli birikmalarda hamma elementlarning oksidlanish darajasi-2.
Bu elementlar ichida kislorod eng ko‘p tarqalgan element hisoblanadi. Kislorod -2 va + 2 oksidlanish darajasini namoyon etsa, oltingugurt o‘zgaruvchan oksidlanish darajasiga ega. Kislorod uchun koordinatsion son 3,4 uchrasa, oltingugurt va selen uchun 3,4,6 va tellur uchun esa 6 va 8 koordinatsion son ko‘proq uchraydi. Tirik organizmdagi biomolekulalar tarkibida kislorod, oltingugurt va selen uchun -2 oksidlanish darajasi bo‘lgan birikmalar ko‘p.
Bu elementlarning +6 oksidlanish darajasiga muvofiq keladigan gidroksidlari sulfat, tellurat kabi kislota tarkibiga ega. Bundan ko‘rinadiki, selendan tellurga o‘tganda markaziy ionning koordinatsion soni 4 dan 6 ga qadar o‘zgaradi.
Buning sababi ionlarning radiusi S+⁶→Se+6→Te+6 qatorida chapdan o‘ngga o‘tgan sayin kattalashib borishidir. H₂SO₄ va H₂SeO₄ kuchli kislotalardir. Selenat kislota sulfat kislotaga nisbatan biroz kuchsiz kislota hisoblanadi: tellurat kislota H₆TeO₆ bularga qaraganda yanada kuchsiz, chunki Te+6 ionining radiusi S+6 va Se +6 ionlarining radiuslaridan birmuncha katta .SO₃, SeO₃, TeO₃ tarkibli oksidlar kuchli oksidlovchilar qatoriga kiradi. Ularning oksidlanish xususiyati sulfat kislotadan tellurat kislotaga o‘tgan sari kuchayib boradi.
Bu elementlarning vodorodli birikmalari, suvdan tashqari badbo‘y hidli gazlar hisoblanib, tellurga qarab birikmalarning kislotali xossalari kuchayadi. Shu yo‘nalishda birikmalarning barqarorligi kamayib, qaytaruvchilik xossalari ortib boradi. Kisloroddan tashqari bu elementlar ikki xil kislotali oksidlar: RO₂ va RO₃ hosil qiladi. Ularga H₂RO₃ va H₂RO₄ kislotalar mos keladi. H₂RO₃ kislotalar ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi bo‘lgan holda, H₂RO₄ kislotalar anchagina barqaror va oksidlovchilardir.
Oltingugurt va kislorodning valentlik xolatlari. Kislorod garchi VI guruh asosiy guruhchasida joylashgan bo‘lsada ,u odatda ikki valentli elementlar jumlasiga kiradi;oltingugurtning maksimal valentligi,oltiga teng,ya‘ni oltingugurt joylashgan gruppacha raqamiga mos keladi.
Oltingugurt atomlarida elektronlarning orbitallarga joylanishini quyidagicha tavsiflash mumkin:
3s 3p 3d
Bu sxemadan ko‘rinib turibdiki,oltingugurt atomida ikkita toq(juftlashmagan) elektron mavjud. Haqiqatan ham oltingugurt uchun oksidlanish darajasi ikkiga teng bo‘ladigan birikmalari(masalan,vodorod sulfid H₂S)ma‘lum.Oltingugurt atomining uchinchi energetik pog‘onasida bo‘sh d-orbitallar bo‘lgani sababli juftlashgan 3p va 3d elektronlar bir biridan ajrala oladi.Binobarin,buning natijasida to‘rtta yoki oltita toq elektronlar hosil bo‘lishi mumkin.
Atomlarning valentlik imkoniyatlari faqat bog‘ hosil qilishda juftlashgan elektronlar soni bilangina emas, balki boshqa element atom orbitallariga o‘tishga qobil bo‘lgan taqsimlanmagan elektron juftlari soniga ham bog‘liqdir.
1.2 Kislorod va uning xossalari
Kislorod (Oksygenium). Yer po‘stlog‘ida keng tarqalgan. Yerpo‘stlog‘i tarkibining 47,2 % ni kislorod tashkil etadi.U suv, minerallar, tog' jinslari,
o‘simlik va tirik organizm tarkibiga kiradi. Kislorod hayot uchun zarur bo‘lgan-oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar va boshqalar tarkibiga kiradi. Hayotiy muhim jarayonlar nafas olish, aminokislotalar, yog‘lar, uglevodlarning oksidlanishi, chirish va boshqalar kislorod ishtirokida amalga oshadi.Tinch holatda odam bir soatda 0,5 m³ havo oladi.Kislorod rangsiz va hidsiz gaz.Kislorod havodan 1,1 marta og‘ir; 1 litr kislorod 0°C va 101,325 kPa bosimda 1,429 gr ga keladi. Kislorod metallaslar qatoriga kiradi;uning nisbiy elektromanfiyligi 3,5 ga teng bo‘lib,bu jihatdan ftordan keyin ikkinchi orinda turadi.U deyarli barcha elementlar bilan birikmalar hosil qiladi ba jihatdan ftorga o‘xshaydi.Kislorod atomining tuzilishi 1s²2s²2p⁴, demak, ikkita toq elektronlar hisobiga uning kovalentligi 2 ga teng bo‘ladi. Bundan tashqari kislorod atomi yana ikkita electron juftning donori bo‘la oladi. Demak,uning eng yuqori kovalentligi 4 ga teng(bunda sp³ gibridlanish ro‘y beradi)bo‘ladi. Kislorod qattiq va suyuq holatda magnitga tortiladi. U paramagnit moddadir. Past temperaturada kislorod molekulalari o‘zaro dimerlanib O₄ hosil qiladi u magnitga tortilmaydi, diamagnit modda.Kislorod odatdagi sharoitda passiv modda bo‘lib, qizdirilganda va katalizatorlar ishtirokida deyarli barcha elementlar bilan birika oladi. Oltingugurt, fosfor,natriy va hatto temir sim ham kislorodda havodagiga qaraganda ancha ravshan yonadi. Havodagi kislorod ta‘siridan metallar zanglaydi,organic moddalar chiriydi, moddalarning yonishida kislorodning roli nihoyatda katta.Yonish-issiqlik va yorug‘lik chiqarishi bilan boradigan oksidlanish jarayonidir. Odatda yonadigan moddani yonishidan avval alangalanish temperaturasiga qadar qizdiriladi. Turli moddalarning alangalanish temperaturalari turlicha bo‘ladi: oq fosfor havoda tahminan 50°C da, yog‘och 270°C da, ko‘mir 350°C da yonib ketadi; gaz holatidagi vodorod bilan gaz holatidagi kislorod aralashmasi 700°C ga yaqin temperaturada portlaydi, magniy qariyb 800°C da alangalanadi. Havoning tarkibi hajm jihatidan 20,9% (massa jihatidan 23,2%) kisloroddan tashkil topgan. Havo tarkibida hajm jihatdan 78,2% (massa jihatdan 75,5%) azot hamda qolgan 1 % hajm inert gazlar va boshqa gazlardan (CO₂,H₂O ) tashkil topgan.
Kislorod elementi tabiatda uch xil izotopdan tashkil topgan 168O (99,769%), 178O (0,037%), 188O (0,204%).
Do'stlaringiz bilan baham: |