Savod orgatish davrida oquvchilar quyidagilarni amaliy tarzda
organadilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan sozlarda tovush bilan
harfning mosligini;
b) sozlarni alohida yozishni, ya'ni yozuv vositasida sozni ma'no birligi
sifatida ajratishni;
d) sozning satrga sig'may qoigan qismini keyingi qatorga bog'inlab
kochirib yozishni (bunda bog'in hosil qilgan bir unli harfni qatorga kochinb
yozib bolmasligini);
e) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qoyilgan
nomlarda bosh harfning ishlatilishini.
Savod orgatish davrida oquvchilarda oz-ozini tekshirishga oid malaka
shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yol qoygan
xatolarini topadilar, ularni izohlashga organadilar Shu davrdanoq kochirib
yozish. diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va sozlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam
otkazib boriladigan oz-ozini tekshirish mashqlari, oqilgan matnning
imlosini kuzatish oquvchilarda yuqori savodxonlik garovi bolgan orfografik
ziyrakiikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda
organiladigan imlo qoidalarini puxta ozlashtirishga tayyorlaydi.
Yozuv darslarida oquvchilar nutqini ostirish. Yozuv darslarida ham
oquvchilar nutqini ostirish, fikrlashga orgatish asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Yozuvga orgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning oz
fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga
kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun
oquvchilar yozadigan birinchi soz ularning jonli nutqidan yoki ozlari
tuzgan gapdan olinishi kerak. Bujarayonda kochirib yozish va diktant ijodiy
yozuvdan song otkaziladi. Bu yozma mashq turlari-ning ongli bajarilishini,
oquvchilarning bilish faolligini ta'minlaydi. Masalan, bolalar oqish darsida
„Alifbe" da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida
esa osha gap yoki hikoyadagi ma'lum bir sozni yozadilar. Bu ular uchun
ijodiy yozuv - inshodir. Keyinchalik oquvchilar alohida soz yozishdan
kichik-kichik gaplarni yozishga otadilar.
Oquvchilar gap yoki hikoyani og'zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin
yozish uchun organilmagan harf bolmagan sozni tanlashda qi-ynaladilar.
Bu jarayonda oqituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchii ravishda otkazib, asta-sekin
murakkablashtirib borish kerak Bunday mashqlar oquvchilarni insho va
bayon yozishga tayyorlaydi, oz iikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon
qilishga orgatadi.
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar oquvchilarning yozma
nutqini og'zaki nutqi bilan bog'liq holda ostirishni ta'minlaydi.
Dars ta'limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush
metodi asosida olib boriladigan savod orgatish darslari xilma-xil bolishi,
oquvchilarni zeriklirmasligi va charchatib qoymasligi kerak.
Savod orgatish davridagi oqish yoki yozuv darslari va ularning ayrim
turlari uchun umumiy bolgan asosiy talablar mayjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bolib, unda bironta axloqiy sifat
ostirilishi lozim;
b) darsning ta'limiy maqsadi, ya'ni oquvchilar darsda qanday yangilikni
bilishi, nimani organishi, qanday konikma va malakalar ostirilishi,
oquvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bolishi aniq
belgilab olinishi kerak;
d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan
bog'liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
e) otiladigan materialning xarakteri va ta'lim maqsadidan kelib chiqib
dars uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi
lozim;
h) dars davomida oquvchilarga differensial va individual yondashish,
ishni barcha oquvchilarning imkoniyati, bilimi, konikma va malakasi hamda
fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
g) oquvchilarni aqliy mehnat (oqish) usullariga orgatish, ularda
maktabda oqish uchun kerakli konikmalarni hosil qilish zarur;
i) beriladigan material ilmiy, oquvchilar yoshiga mos va muvofiq
boIsin va hokazo.
2. Maxsus metodik talablar:
a) oquvchilar nutqi uchun qayg'urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan
tog'ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
b) oqish darsida ham, yozuv darsida ham oquvchilar nutqini ostirishga,
lug'atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og'zaki hikoyalash va
shu kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
d) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday
yozuv mazmunan va imlo jihatdan savodli bolishi zarur;
e) darsda nutq madaniyati hukmron bolishi, oqituvchi va oquvchilar
adabiy tilda sozlashishlari kerak;
I) oqish va yozuv konikma-malakalarini shakllantirish mashq-lari
darsda yetakchi orinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga
tog'ri kelishi lozim;
g) har bir oqish va yozuv darsida „Alifbe"dagi matnlar bilan bir qatorda
Q. Muhammadiy, P. Mornin, Z. Diyor, A.Obidjon kabi sevimli bolalar
shoiri'va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda oqish
sinfdan tashqari oqish hamda oqib berilgan matnni eshitish bilan bog'lanishi
zarur,
i) oqish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog'lanishi, ya'ni oqish
darsi oquvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi oqish
darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hokazo.
Oqish va yozuv darslarining turlari. Savod orgatish jarayonidagi
darslar quyidagi belgilariga kora farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |