Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism. I bob. Savod orgatish haqida tushuncha


Savod orgatish davrida oquvchilar nutqini boyitish manbalari



Download 97,37 Kb.
bet11/17
Sana01.01.2022
Hajmi97,37 Kb.
#296858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
abdurasulova shahlo

2.2. Savod orgatish davrida oquvchilar nutqini boyitish manbalari.


Oquvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:

1. Atrofni orab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning oyini va oqish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiatga, qurilishga, muassasaga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan kopgina yangi nom va iboralarni organadilar, ekskursiyalar yuzasidan otkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim sozlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.

2. Oquvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. Oqish darslarida oquvchilar Oybek, H. Olimjon, M. Shayxzoda, G’. G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P. Momin, Q. Muhammadiy, Sh. Sa‘dulla, Z. Diyor kabi kopgina soz ustalarining asarlarini oqiydilar.

Ozbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida ozlashtiradilar. Oqish darsida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid sozlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinsoz, mehribon; haqqoniy, botir, mard, jasur; mehnatsevar kabi ko‗pgina sozlar qoshiladi. Matn ustida ishlash jarayonida kop ma’noli sozlarni, sinonimlar, kochma ma‘noda ishlataladigan sozlarni, ba‘zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.

3. Bolalar mustaqil oqishga organganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil oqish va unga rahbarlik shakllari oquvchilar lug’atini boyitishning, nutqini ostirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.

4. Maxsus mashqlar yordamida grammatika va orfografiyani organish darslari kopgina soz va atamalarni ozlashtirishga yordam beradi; bolalar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan sozlarni bilib oladilar; bu darslarda oquvchilar lug’ati tartibga solinadi, soz turkumlarini organish jarayonida guruhlanadi, soz tarkibi, soz yasalishi, sozlarning ozgarishiii organish bilan esa lug’atga aniqlik kiritiladi; ular organgan sozlaridan oz nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faollashadi. Oquvchilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.

5. Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari, oqituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham oquvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.

6. Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qollanmadir. Boshlang’ich sinf oquvchilari uchun «Imlo lug’ati» mavjud. Oqituvchi ma‘lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug’atlardan (ozbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug’atlaridan, turli tefminologik lug’atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi.

7. Sozlarning ma’nosini tushuntirish oquvchilar lug’atini boyitadi, nutqini ostiradi. Boshlang’ich sinflarda oqitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bolgan sozlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur soz anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma‘nosinn tushuntprish bilan oquvchilar predmet keng ma‘noda qollanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe‘l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.

Sozning ma’osini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan oquvchilar diqqatini chalg’itmasligi kerak. Buning uchun oqituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bolgan sozlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi ornida tushuntirishni belgilab oladi. Oqish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma‘nosini bilmaydigan ayrim sozlar matnni oqishdan oldin tushuntiriladi. Matnni oqish jarayonida soz ma‘nosini tushuntirishga chek qoyish kerak. Agar biror sozni matnni oqish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug’ilsa (matn mazmunidan oquvchilar diqqatini chalg’itmay), shu soz ma‘nosi qisqacha tushuntiriladi.

Kochma ma‘noda ishlatilgan obrazli sozlar va badiiy nutq oborotlari matn oqilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma‘nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar oqilganda, undagi allegorik, kochma ma‘noda ishlatilgan sozlarni asarni oqishdan oldin yoki oqish jarayonida tushuntirib bolmaydi.

Metodikada sozlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

1. Sozni kontekst asosida tushuntirish. Bunda oquvchilar tushunmaydigan soz ularga tushunarli sozlar qollangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi.

2. Soz ma‘nosini lug’atdan va oqish kitoblarida matn tagida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda oquvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, soz ma‘nosini mustaqil tushunib olishga orgatish muhim ahamiyatga ega. Bunday izohlar oqish kitoblarida anchagina.

3. Soz ma‘nosini shu sozning sinonimi yordamida tushuntirish.

Masalan, sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - muzikachi, mashshoq, diyor - vatan, inshoot - qurilish, samo - osmon kabi. Sozni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu sozning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham korsatish zarur.

4. Tanish bolmagan soz bilan ifodalangan tushunchani tanish bolgan soz bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, loqayd tushunchasini faol tushunchasiga, merov sozini tuyg‘un (sezgir) soziga taqqoslab tushuntirish mumkin.

Kochma ma‘noda ishlatilgan soz va soz birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.

5. Sozni oziga yaqin tushuncha bilan, ya‘ni boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan sozning izohi qisqa va aniq bolishi kerak. Masalan, ozboshimchalik – oz xoxishicha ish tutish, ishni ozi xohlaganicha bajarish; mutaxassis – biror hunar egasi; shunqor - uzoq uchadigan kozi otkir qush; mesh – mol terisidan tikilgan idish; meshkobchi - meshda suv sotuvchi. Ba‘zi sozlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn - bir vaqtning ozida donni oradigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xojalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning ozida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qonadigan joyi

6. Sozni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq - suvsiz joyda osadigan ninasimon tikanli osimlik; akula - okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.

7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi sozlarning ma‘nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun oquvchilar organgan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bolgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi. Soz ma‘nosini tushuntirish ustida ishlash oquvchilarning lug’at boyligini kengaytiradi, nutqini ravonlashtiradi.

8. Sinonimlar ustida ishlash .Sinonimlar talaffuzi, yozilishi har xil bolgan bir umumiy tushuncha(ma‘no) ifodalaydigan sozlardir. Sinonimlar birbiridan qoshimcha ma‘no ottenkasi, emotsional boyog’i, qollanishi jihatidan ozaro farqlanadi. Katta, ulug‘, buyuk, zor, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorni tashkil qilgan sozlardan katta sozi keng tushunchani anglatib, konkret tushunchaga nisbatan ham, mav³um tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug‘, buyuk, zor, azim, azamat, ulkan sozlari hajmi ancha katta bolgan narsalarga, bahaybat, haybatli sozlari esa olchovi juda katta bolgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bolib, asosan joy, qurilishga nisbatan qollanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun sinonim bilan ishlash muhim: lug’atda sinonimlar qancha kop bolsa, tilning ifodaliligi shuncha ortadi.

Ozbek tili - sinonimlarga boy til. Uzbek tili sinonimlarining izohli lug’ati‖ da katta sozining 11 ta, marta sozining 13 ta sinonimi berilgan. Boshlang’ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma‘lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1- sinfdan boshlanadi: oquvchilar berilgan sozning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga; 2-3-sinflarda esa berilgan sozning 2-3 sinonimini topib aytishga orgatiladi.

Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga oid quyidagi kabi mashqlar ishlatiladi: 1. Berilgan sinonim sozlarni guruhlash. Bir soz turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi sozlar ichiga bir-ikkita boshqa soz kiritib beriladi. Oquvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun sozlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, kitob, diyor, niyat, mamlakat, murod.

2. Berilgan sozga sinonim tanlash. Oqituvchi otni otganda osmon; sifatni otganda mazali; fe‘lni otganda konikmoq sozlarini aytadi. Uquvchilar bu sozlarga sinonim tanlaydilar: osmon-kok, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli, xushxor; konikmoq - organmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.

3. Tushirib qoldirilgan sinonim sozlarni oz orniga qoyib, matnni kochirish. (Bunda yozilishi kerak bolgan sinonim sozlar royxati tekshirish uchun beriladi.) oquvchilar sinonimlarni orniga qoyib, ularning qollanishidagi farqni tushuntiradilar.

4. Sinonimlardan mosini qoyib gaplarni kochirish. Buning uchun sinonim sozlar qatori qavs ichida beriladi, oquvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni kochiradi:

Daryo suvini (bahor, koklam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar.

Oltin (Ot, olov, alanga)da, odam me³natda bilinadi.

Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar.

5. Sinonim sozlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun tortta sinonimik qatordagi sozlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. Oqituvchi shu katakchalardagi bir sozni aytadi. Masalan, katta.oquvchilar shu sozga yaqin ma‘noli soz (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: katta, ulug‘, gigant, buyuk. Sinonim sozlar qatori bilan soz birikmasi tuzadilar: katta bino, ulu² bayram, gigant qurilish, buyuk shahar.

6. Antonimlar ustida ishlash. Qarama-qarshi, zid ma‘no bildiradigan sozlar antonimlar deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan sozlarda kop uchraydi. Antonimik munosabat soz bilan frazeologik birlik (ibora) orasida ham boladi (yalqov - yuragida oti bor kabi). Boshlang’ich sinf oquvchilari antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi. Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan boshlanadi, keyin maxsus mashqlar ishlatiladi:

1. Berilgan sozga antonim tanlash. Otdan otganda:

azob - ... , dostlik - ..., yoz - ..., yoshlik - . .., sifatdan otganda: faol - ... , anqov - ... , ahil - ... , dono - ... , kasal - ... , fe‘ldan otganda: kasallandi - ... , yondi - ... , boshladi - ... kabi beriladi; oquvchilar berilgan otga rohat, dushmanlik, qish, qarilik; sifatga passiv, hushyor, noahil, nodon, fe‘lga sog‘aydi, ochdi, tamomladi antonimlarini tanlab, jufti bilan yozadilar.

2. Antonim sozlar bilan gap tuzish. Oqituvchi antonim tanlab gap tuzish uchun soz beradi, oquvchilar berilgan sozga antonim tanlaydilar va ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar.

3. Berilgan gapga antonim topib qoyish. ´qituvchi Tog‘ri odam ... sozdan or qilur. Yosh kelsa ishga, ... kelsa oshga. Yaxshi gap - moy, ... gap - loy.

Gapni oz sozla, ishni ... kozla kabi gaplar beradi, oquvchilar gap mazmuniga mos antonim topib, gapni oqiydilar (yoki yozadilar). Oquvchilar lug’atinn sinonim va antonimlar bilan boyitish o‗z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi.

10. Kop ma’noli sozlar va omonimlar. Mantiqiy mashqlar.

Oquvchilarga kop ma‘noli sozlar uchrab turadi, ammo ular kop manoli soz ekanini tushunib yetmaydilar.

Oqituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonida oquvchilarni kochma ma‘nodagi sozlar bilan tanishtirish orqali ayrim sozlar kop ma‘noda ishlatilishini tushuntirib boradi. Shu bilan birga, maxsus mashqlar ham ishlatiladi.

Sozlarning soz birikmasidagi ma‘nosini qiyoslash: soat yurdi, poezd yurdi, ukam yurdi; tosh yol, tosh yurak; kumush qoshiq, kumush osmon, kumush qish. Gaplarni oqib, ajratib korsatilgan sozlarning ma‘nosini aytish: Bu yil yoz issiq boldi. Sen ortogingga xat yoz.

Boshlang’ich sinflarda kop ma‘noli va omonim sozlar yuzasidan nazariy ma‘lumot berilmaydi, bunday tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik koriladi, xolos.

11. Oquvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar oqish uchun ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va yozuv uchun ham juda qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta‘sirchan boladi; maqollar oquvchilarning badiiy didini ostiradi, nutqqa e‘tibor bilan qarashga, tog’ri, mantiqiy fikrlashga orgatadi, estetik tarbiyasida muhim orin tutadi. O´qish kitoblarida mavzuga bog’liq holda, ozbek tili darsliklarida esa mashq matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda kop maqollar beriladi. Oquvchilar maqollarni oqib, oqilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog’laydilar, ularning majoziy mazmunini, ayrim soz va iboralarniig ma‘nosini tushuntiradilar. Natijada orni bilan maqollardan foydalana boshlaydilar. Maqollar oqilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, kopgina asarlarning mazmunini tushunib olishga yordam beradi.

Masalan, ,,Ovchi’’,, Kokcha va Dono’ertagining xulosasi sifatida ,,Birlashgan ozar, birlashmagan tozar’’, ,,Ahillikda hikmat kop’’, ,,Birlashgan kuch yengilmas’’, ,,Dostlar ahil bolsa, ish oson bolur’’ maqollari; ,,Odobli bolish osonmi? (A. Obidjon) asaridan song ,,Odob - kishining ziynati’’, ―Odobli bola elga manzur’’, ―Ilmning kattasi – odob’’, ―Aql yoshdan, odob boshdan‖ maqollari beriladiki, bular shu asar mazmunining mag’zini ochib beradi. Uquvchilar maqollarni yoqtiradilar, shuning uchun ham maqollar bilan berplgan topshiriqlarni jon-dildan bajaradilar. O´qituvchi shularni hisobga olib, maqollar bilan xilma-xil mashqlar ishlatish orqali oquvchilarga sozlarning majoziy ma‘nosini, kop ma‘no ifodalashini amaliy singdirib boradi.

12. Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga tog’ri fikrlash usullarini orgatadi. Oquvchi maktabga kelganda, keng lug’at boyligiga ega bolsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qoyish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob‘ekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi sozlar bolsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, soz bilan aniq ifodalashga orgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini orgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va unn aqliy tomondan ostirish hisoblanadi. Mantiqiy mashqlar bolalarning soz boyligi va tilining umumiy osishida katta ahamnyatga ega bolib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi.

Mantiqiy mashqlar juda xilma-xil:

1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (koylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so‗rog‗iga javob berishga o‗rgatiladi: Bu n i m a? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.

2. Bir turdagi narsalarni sanab ko‗rsatish va umumlashtiruvchi bir so‗z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir soz bilan qanday nomlash mumkin? (Mebel)

3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg‘ich, ochirg‘ich, stul korsatiladi, oquvchilar oquv qurollarini ajratadilar, stul oquv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar. Bunday mashq oyin tariqasida otkazilishi ham mumkin: ma‘lum sozlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha. Predmet nomlari va belgi bildirgan sozlarni guruhlarga ajratish. Bunda sozlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi; bolalar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan sozlar ham aralash beriladi, bolalar tort guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar . Qarama-qarshi qoyish bilan umumlashtirish: qaldirg‘och, chumchuq, bulbul - qushlar, tovuq, xoroz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)


Download 97,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish