Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism. I bob. Savod orgatish haqida tushuncha


II bob. Savod orgatish davrida nutq ostirish usullari



Download 97,37 Kb.
bet10/17
Sana01.01.2022
Hajmi97,37 Kb.
#296858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
abdurasulova shahlo

II bob. Savod orgatish davrida nutq ostirish usullari

2.1.Boshlang’ich sinflarda oquvchi nutqiga qoyiladigan talablar

Maktabda nutq ostirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yonalishlarini ajratish va asoslash, oquvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. Nutq ostirish maktabda ona tili oqitishning bosh maqsadi sanaladi. Maktabda ona tili oqitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan orni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi.

Boshlang’ich sinfning har bir bosqichida doimiy bajarilishi zarur muhim ish turi lug’at bilan ishlashdir.

Lug’at bilan ishlash davlat ta’lim standartida belgilab qoyilgan. 2-sinfda 23 soat, 3-sinfda 54 soat, 4-sinfda 23 soat soz ma’nosini organishga ajratilgan, yoki har bir sinf ona tili darsligini oxirida lug’at berilgan. Bu berilgan soatlar, lug’at sozlar miqdori soz ma’nosi ustida ishlashning ma’suliyatliligini belgilaydi. Umuman tilshunoslikning katta bolimi leksikologiya yana oz ichichda leksikografiya, frazeologiya ham soz ma’nosi bilan shug’ullanadi. Hozirgi kunda faqat tilshunoslikka doir bir necha lug’atlar – ,,Ozbek tilining izohli lug’ati’’, ,,Ozbek tili frazeologiyasining izohli lug’ati’’, ,,Ozbek tilining imlo lug’ati’’, ,,Ozbek tilining izohli sinonimlar lug’ati’’, ,,Ozbek tilining paronimlar lug’ati’’, ,,Ozbek tilining morfemik lug’ati va yana boshqa lug’atlarga egamiz.

Ozbek tilining lug’ati bilan shuni belgilaydiki, boshlang’ich sinf oquvchisi har bir ona tili va oqish darsida 4-6 soz, hamma darslarda bir kunda 8- 10 yangi sozni ozlashtirishni talab etadi. Soz bilan ishlashda oquvchining puxta ozlashtirmagan soz ma‘nosiga aniqlik kiritish, ularni ma‘nosi yaqin sozlar bilan qiyoslash, sozning kinoyali ma‘nosi, kop ma‘noliligi ustida ishlash, ma‘noviy sinonimlarning ma‘no nozikliklari ustida ishlash, ayrim frazeologik birliklar, tasviriy ifodalar bilan ishlash zaruriyati kelib chiqadi.

Adabiy tilda ishlatilmaydigan sozlardan oquvchilar nutqini tozalash ham muhim vazifadir. Oquvchilar lug’at boyligini badiiy asarlarni oqitish, ularda uchraydigan yangi sozlarni, chetdan ozlashgan sozlarni, fanga doir atamalarni ozlashtirish ustida lug’aviy ishlar olib boriladi.

Soz tilning ma‘no bildiradigan asosiy birligidir. Soz va soz birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, emostiyani bildiradi. Tilda mavjud bolgan barcha soz va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi.

Leksikologiya ozbek tilining lug’at tarkibini organadigan bolimdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi sozlarning nutqda ma‘no ifodalash xususiyati, qollanish faolligi, boyib borishi, ba‘zi sozlarning eskirib, iste‘moldan chiqib ketishi, ma‘no kochish hodisasi kabilarni organadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.

Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan ozaro bog’langan, mazmunga mos soz va soz birikmalarining ma‘lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bolsa, uning nutqi ham shunchalik boy boladi; oz fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli ostirishning muhim sharti hisoblanadi.

Hozirgi ozbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «Uzbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq soz va soz birikmasi berilgan bolib, bular umumiy qollaniladiganlaridir. Bunga ozbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, ozbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan sozlar qoshilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda kop sozlar kop ma‘noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh sozining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma‘noda ishlatilishi berilgan.

Ma'lumki, til jamiyat a'zolari ortasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki va yozma ravishda berish, oz ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bolib xizmat qiladi. Ona tili oqitishdan maqsad tilning jamiyat a'zolari ortasida bajaradigan ana shu vazifasi oquvchilarni fikr bayon qilish faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar oz faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda boladilar. Ular doimo ozlarini orab olgan moddiy borliqdagi narsabuyumlar va voqea-hodisalar tog'risida fikr yuritadilar va oz flkrlarini birbirlariga ma'lum qiladilar. Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar orasida fikr almashish boImasa, jamiyat taraqqiyotdan toxtaydi. Fikr esa faqat til yordamida, royobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foqdalanishni bilishi va awalo, uning ozini tola-tokis organib olishga harakat qilishi zarur. 43 Inson butun umri davomida oz nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning gozal, ravon, ifodali, ta'sirchan bolishiga intiladi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalik davrida samarali kechadi. Kichik bolalik davridan boshlab u aloqaaralashuvga ehtiyoj sezadi; ozgalarning fikrini tinglash va oz fikrini bayon qilishga tobora koproq zaruriyat seza boshlaydi. Awalo, shuni qayd qilish lozimki, maktabda oqitiladigan barcha oquv fanlari oquvchi nutqi ustida ishlashga yol ochadi. «Ona tili» oquv fani sifatida ana shu imkoniyatlarni birlashtirib, oquvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning gozal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy boyoq berish, nafosat bag'ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oquvchi nutqiga bir qator muhim talablar qoyiladi. Ana shu muhim talablardan biri nutqning nutq sharoitiga mosligidir.

Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda sozlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Bu sharoit behad kop tarkibli, serqirra bolib, sozlovchi va tinglovchini nutq paytida qurshab turgan barcha narsa-buyum, holatlardan tortib, ularning bilim saviyasi, kasb-kori, sozlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bolgan barcha narsalarni oz ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan sozlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (xat, maktub, axborot, voqeanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi. Tabiiyki, bu nutqning oziga xos xususiyatlari bor. Bir-biriga yaqin turgan sozlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yoli og'zaki nutqdir.

Og'zaki va yozma nutqning oz nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor. Chunonchi, sozlovchi bitta, tinglovchi kop bolsa, ozlovchining baland ovozda toxtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo-ishoralardan kamroq foydalanib, fikrni izchil va bir-biriga bog'liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning oziga xos korinishi oquvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma'lum bir mavzuni sinfda, biror yig'inda ochib berishdagi nutqida oz aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda fikr izchilligi, gaplarning ozaro tog'ri bog'lanishi, bog'lovchilar, olmoshlar, soha atamalari, ovoz tembri, ohang kabilarni tog'ri qollashga alohida e'tibor berish lozim. Oquvchining bunday nutqi uzundan-uzoq jumlalardan, ortiqcha sozlardan, odat tusiga kirib qolgan takrorlardan xoli bolishiga, nutq yaratilayotgan paytda oquvchining sozlovchilarga nisbatan qanday turishiga, qol, koz, bosh, boyin, oyoq harakatlariga alohida e'tibor berish kerak.

Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri sozlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishidir. Xalqimiz qadimdan bunga juda katta e'tibor bergan. Shuning uchun «Sozni aytgin uqqanga» maqolida nutqni tinglovchilarga tushunarli qilib bayon etish zaruriyati ta'kidlangan. Oquvchilar nutqiga qoyiladigan yana bir muhim talab mazmundorlikdir. Shuni unutmaslik lozimki, nutq nutq sharoitiga mos tushsa, u mazmunli boladi. Oquvchi faqat bilgan narsalarini, ozi xabardor bolgan voqeahodisalarni og'zaki va yozma shakllarda tog'ri bayon qilishi mumkin. Aniq dalillar oquvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his-tuyg'ulari asosida yuritilgan fikrigina ozgalar diqqatini oziga tortadi. Mazmunsiz fikr na shaxsning oziga, na ozgalarga yoqadi. Oquvchiga ozi oqigan, kuzatgan, bilgan narsalar yoki voqeahodisalar xususida yozish ancha oson kechadi. Suhbat, hikoya, insho uchun oqilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqealari boy material bolib xizmat qiladi. Oquvchi nutqiga qoyiladigan talablardan yana biri fikrning mantiqan tog'ri, aniq va izchil bolishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bolsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. Bu har bir oquvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga tog'ri baho bera olish, shu yol bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. Oquvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan tog'ri bog'lay olishi, mavzuga aloqador bolgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytariq fikrlarga yol qoymasligi kerak.

Nutq mantiqiy fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog'langan. Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealarning bir-biriga oxshashligi va birbiridan farqi aniqlab olinadi; shu asosda muhim xulosalar chiqariladi. Oquvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan tog'ri fikr yurita olmaydi. Nutqning mantiqan tog'riligi esa avvalo fikrlarning aniq va birbiriga izchil bog'langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, mujmal jumlalar bolmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bolishi demakdir. Oquvchi nutqiga qoyiladigan yana bir muhim talab uning boy va rang-barangligidir. Nutqning boy va rang-barangligi awalo fikrni bayon qilishda ozbek tilining leksik imkoniyatlari: ma'nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma'noli sozlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, «soz-olmosh», «soz-ibora», «soz-tasviriy ifoda», «soz-ramziy belgi» sinonimiyalaridan unumli foydalanishda, nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi vositalar: maqol va matallardan, ulkan shoir va yozuvchilarning aforizmga aylanib qolgan iboralari va jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan parchalardan, ozbek xalqining qochiriq sozlari va kochma ma'noli sozlaridan, oxshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag'a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik soroqli gaplardan foydalanishida namoyon boladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa gozallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.

Oquvchi nutqiga qoyiladigan talablardan yana biri uning aniq bolishidir. Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea-hodisani tasvirlash yoki bayon qilish emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bolgan belgilarni aniqlash, ularning tasviriga mos tushadigan soz, soz birikmalari va gaplar tanlashdan ham iboratdir. Aniqlik nutqning boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas bog'langan. Ma'lum bir mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini tanlash nutqqa aniqlik kiritadi. Ohangdorlik ham oquvchi nutqiga qoyiladigan muhim talablardan biridir. Ohang oquvchi nutqining ta'sirchanligini oshirish vositasi sanaladi.

Shuning uchun she'riy asarlar, nasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda oqiy olish malakasi ham oquvchi nutqiga qoyiladigan asosiy talablardan biri bolib hisoblanadi. U ohang yordamida nutqni sintagmalarga boladi, mantiqiy urg'uni orinli qollaydi. Shu sababli, ifodali oqish malakalari faqat adabiyot darslaridagina emasalan, balki ona tili mashg'ulotlarining ham tarkibiy qismiga aylanmog'i lozim. Nutqning grammatik jihatdan tog'ri qurilgan bolishi ham unga qoyiladigan muhim talablardan biridir. Oquvchi soz, soz birikmasi va gaplarni bir-biriga bog'lash, kelishik va egalik qoshimchalarini orinli qollash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va konikmalarga ega bolishi shart. Nutqqa qoyiladigan yana bir muhim talab uning soddailigi va sofligidir. Sodda nutq awalo tushunarli boladi. Nutqning tushunarll bolishi, bir tomondan, fikrni londa, aniq bayon qilish, «tushunarli bolmagan g'aliz jumlalardan saqlanishda patouop» bolsa, ikkinchi tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajalanga ham bog'liqdir. Demak, oquvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilishi, ham ozgalar fikri mohiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bolishi kerak. Nutqning sofligi avvalo uning tozaligi demakdir.

Ma'lumki, oquvchilar nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, ozbek adabiy tiliga xos bolmagan sozlar kop uchraydi. Nutqni bunday sozlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili mashg'ulotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yuqorida tilga olingan talablar bir-biri bilan ozaro chambarchas bog'langan bolib, oquvchi yaxshi nutqqa faqat shularning hammasiga amal qilish orqali erishadi. Shuning uchun ona tili darslarida nutqqa qoyilgan talabni hisobga olib, ikkinchisini unutish yoki bir talabni quyi sinfda, ikkinchisini keyingi sinfda qoldirish mumkin emas.

Bu talablarga doimiy va qat'iy amal qilinsagina nutq ostirish samarali kechadi Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi tort asosiy yonalishni kozda tutadi:

1. Oquvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi sozlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bolgan ayrim sozlarning yangi ma‘nolarini ozlashtirish. Ona tilinkng lug’at boyligini bilib olish uchun oquvchi oz lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi sozni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 sozni qoshishi, ya‘ni shu sozlar ma‘nosini ozlashtirishi lozim.

2. Oquvchilar lug’atiga aniqlik kiritish.

Bu ichiga quyidagilarni oladi:

1) oquvchi puxta ozlashtprmagan sozlarnpng ma‘nosini toliq ozlashtirish, ya‘ni shu sozlarni konmatnga kiritish, ma‘nosi yaqin sozlarga qiyoslash, antonim tanlash yollari bilan ularning ma‘nosiga aniqlik kiritish;

2) sozning kinoyali ma‘nosini, kop ma‘noli sozlarni ozlashtirish;

3) sozlarning sinonimlarini, sinonim sozlarning ma‘no ottenkalarini ozlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma‘nosini ozlashtirish.

3. Lug„atni faollashtirish, ya‘ni oquvchilar ma‘nosini tushunadigan, ammo oz nutq faoliyatida ishlatmaydigan passiv lug’atidagi sozlarni faol lug’atiga otkazish. Buning uchun sozlar ishtirokida soz birikmasi va gaplar tuziladi, ular oqiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatishadi.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan sozlarni oquvchilar faol lug’atidan passiv lug’atiga otkazish. Bunday sozlarga bolalarning nutq muhiti ta‘sirida ozlashib qolgan adabiy til normasiga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va sozlashuv tilida qollanadigan sodda soz va iboralar, mahalliy sheva va ijtimoiy guruhga oid sozlar kiradi.

Adabiy til normasi degan tushunchani ozlashtirgach, oquvchilar yuqorida izohlangan sozlar orniga adabiy tildagi sozlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid sozlar, sozlashuv tilida ishlatiladigan sodda soz va iboralar oquvchilarning faol lug’atidan chiqib keta boradi.

Boshlang’ich sinflarda oquvchilar lug’atini boyitishda lug’at ustida ishlash metodikasining asosiy vazifalaridan kelib chiqib, oquvchilar nutqiga qoyilgan asosiy talablarni amalga oshirish lozim.


Download 97,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish