1.2. Bosh byudjet, uning tarkib i va tuzish tartibi
Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarda byudjetlashtirish jarayoni bosh byudjetni tuzishdan boshlanadi. Uni tuzish quyidagi to'rtta asosiy bosqichga ajratiladi (5.1-chizma):
v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi;
g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi.
Bosh byudjetni tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to'g'risidagi umumlashtirilgan smetani tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko'rsatkichlami o'zida aks ettiradi:
mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlar;
Korxonada byudjetlashtirish bosqichlari va uni amalga oshirish
b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va m ateriallar xarajatlari;
v) asosiy ishlab chiqarishda band bo'lgan xodimlaming mehnat haqi xarajatlari;
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;
d) sotilgan mahsulotlar tannarxi;
e) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Korxonaning bosh byudjeti operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi (5.2.-chizma).
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag'laming taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo'nalishlarini belgilab berishdir. Uni ishlab chiqish sotishlar rejasini tuzishdan boshlanadi. Ishlab chiqarish hajmi, tannarx, foyda kabi korxonaning boshqa barcha iqtisodiy ko'rsatkichlari sotish hajmi va tannarxiga bog'liq bo'ladi.
Shuningdek, korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatining alohida tam oyillari va bosqichlarini tavsiflovchi maxsus texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar (TIK) ham operatsion byudjet orqali aks ettiriladi. Bunda marketing bo'limining ma’lumotlari asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Korxonaning operatsion byudjetida daromadlar va xarajatlar miqdor hamda qiymat ko'rinishida ifodalanadi.
Operatsion byudjetni tuzishda quyidagi byudjetlardan foydalaniladi:
1. Ishlab chiqarish byudjeti;
2. Tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalami sotib olish byudjeti;
3. Tayyor mahsulotlar zaxiralari byudjeti;
4. Davr xarajatlari byudjeti:
a) sotish xarajatlari byudjeti;
b) ma’muriy xarajatlar byudjeti.
Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladi. Ko'pgina hollarda sotishlar hajmi mavjud ishlab chiqarish quw ati bilan belgilanadi.
Sanoat korxonalari bosh byudjetining pog'onaviy tuzilmasi
b) bevosita va bilvosita ta’sir qiladigan omillar juda ko'p. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
— raqobatchilaming faoliyati;
— milliy va jahon bozoridagi umumiy holat;
— xaridorlar va mol etkazib beruvchilaming moliyaviy barqarorligi;
— reklama va boshqa hamkorlik xizmatlarining samaradorligi;
— baho siyosati;
— mahsulotning rentabelligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sotish byudjetini tuzishda quyidagi ikki usuldan foydalaniladi:
— statistik prognoz (umumiqtisodiy sharoitlar, bozor kon’yunkturasi kabilaming grafikli matematik tahlili);
— ekspertlar bahosi (sotish bo'limi mutaxassislari va menejerlaming fikrlarini umumlashtirish asosida). Sotishlaming rejalashtiriladigan hajmi belgilanganidan keyin ishlab chiqarish byudjeti, uning asosida tovar-moddiy zaxiralari va asosiy vositalami sotib olish, ma’muriy xarajatlar byudjetlari tuziladi.
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalari rejasi hisoblanadi. Ushbu byudjet turi joriy davrdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari (asbob-uskunalar sotib olish va h.k.) hamda byudjet davridan chetga chiquvchi uzoq muddatli xarajatlar (kapital qurilish, korxonani modemizatsiya qilish va shu kabi)ni o‘z ichiga oladi. Investitsiya byudjetida korxonaning byudjetlashtirish davridagi kapital qo'yilmalari va uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalari rejalashtiriladi. Korxona bosh byudjetining muhim tarkibiy qismi moliyaviy byudjet hisoblanadi. Uning yordamida sotishlar hajmi va tannarxi, daromadlar va xarajatlaming nisbati, sof foyda, o'z mablag'laridan foydalanish, investitsiya qo'yikn alarming qoplanish muddati va boshqalar haqida to'liq axborot olinadi. Moliyaviy byudjet amaliyotda "Pul mablag'lari harakati byudjeti" deb ham nomlanib, uning tarkibiga korxonaning byudjet davridagi pul mablag'larining kirimi va chiqimi, aylanma mablag'lar harakati byudjeti, shuningdek, taxminiy buxgalteriya balansi (korxonaning moliyaviy ahvoli to'g'risidagi hisobot) kiradi (5.1-jadval).
Jadval ma’lumotlaridagi hisobot davri oxiriga pul mablag'larining ijobiy qoldig'I 1740,0 ming so'mni tashkil etganligi korxonaning ishlab chiqarish quw atlarini oshirishga imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |