3.2. Boshqaruv va moliyaviy hisobning o‘zaro bog‘liqligi. Hisob siyosati boshqaruv va moliyaviy hisoblar o‘rtasida bog‘lovchi halqa hisoblanib, u korxonaning ichki va tashqi foydalanuvchilari manfaatlari yo‘lida tashkil etiladi. Afsuski, bu chizmada muallif ishlab chiqarish va soliq hisobiga o‘z munosabatini ifoda etmagan. Shu munosabat bilan muallifning hisob siyosati haqidagi talqinini faraz qilish mumkin, xolos.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda Shuni ta’kidlash lozimki, tezkor, statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bo‘linadi: moliyaviy va ishlab chiqarish. Korxona xarajatlari va daromadlari ularning ob’ekti hisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobining tahliliy axboroti mutlaqo ichki boshqaruvda foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon etmaydigan axborot to‘planadi, Shu munosabat bilan uni yangi tashqi foydalanuvchilarga taqdim etadilar.
Buxgalteriya hisobining butun tizimi tashkilot boshqaruv tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Biroq «moliyaviy hisob» va «ishlab chiqarish hisobi» iboralarini qo‘llashda asosan uchyot amallariga zo‘r beriladi. Boshqaruv hisobi esa faqat uchyot amallari bilan cheklanmaydi, balki boshqaruvning boshqa funksiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi. Uning ma’lumotlari tijorat sirlaridan iborat va ma’naviy hisobdan farqli holda undan faqat tashkilot ichida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish hisobida birinchi kunda ishlab chiqarish chiqimlari va ko‘rsatma daromadini kuzatish va ishlab chiqarish faoliyati rentabelligini oshirish ehtimoli ko‘zda to’tilgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil va aniq aks ettirmog‘i darkor. Nazarimizda, zamonaviy ishlab chiqarish hisobini quyidagicha bo‘lishi kerak:
- xarajatlar va daromadlarni turlari bo‘yicha;
- mas’uliyat markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobi;
- xarajatlar va daromadlar hisobdan chiqarish.
Birinchi turkum bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobining hisobot davrida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish jarayonida korxonada xarajatlarni qanday guruhlari Yuzaga keldi va bo’lar (ish, xizmatchilar)ni sotish jarayonida ular qanday undirib olingani aks ettirilishi lozim.
Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobi javobgarlikning har bir markazi mavqeidagi natijalarni anglatishi uchun korxonaning ayrim bo‘linmalari (javobgarlik markazlari) o‘rtasida ularning aniq taqsimlanishiga imkon tug‘dirish kerak. Nihoyat, xarajatlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar va daromadlarning hisobini ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlarning (ishlar, hizmatlar) har bir turini rentabelligini aniqlashga xizmat qilishi kerak.
Shunday qilib, faqat ishlab chiqarish hisobi sharoitida mahsulot sotish qiymati va rentabelligini hisoblab chiqishga muvofiq bo‘linadi va korxona ishlab chiqarish faoliyatini samaradorligini oshirishning foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi.
Boshqaruv hisobi – iqtisodiy bilimlarning yangi yalpi sohasidir.
Boshqaruv hisobi mohiyatini har tomonlama va to‘liq tuShunish uchun moliyaviy boshqaruv va ishlab chiqarish hisobining o‘zaro hamkorligi va munosabati haqidagi masalani e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Boshqaruv va moliyaviy hisob o‘rtasida, ko‘pgina umumiylik bor, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi. Ushbu tizim bo‘limlaridan biri ham moliyaviy, ham boshqaruv hisobida zarur xarajatlar va daromadlar hisobi hisob-lanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillariga boshqruv hisobida ham amal qilish mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib, ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichiq tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanadilar. Biroq birlashtiruvchi belgilar bo‘lishiga qaramay, buxgalteriya hisobining bu ikki turi bir-biridan keskin farq qiladi. Iqtisodiy adabiyotda bunday tafovutning ko‘plab belgilari keltiriladi.
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarning turli mualliflar talqnidagi qiyosiy xarakteristikasi 1-ilovada keltirilgan.