O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti
“Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish” fanidan
Axborot xavfsizligini boshqarish 1-kurs magistranti
Saidmurodov Shoxmurodning
9-amaliy mashg‘uloti topshirig‘i
Mavzu: O’rin almashtirish usullari bilan shifrlash
Qabul qiluvchi: Dots. M.Xodjayeva
9-AMALIY MASHG ‘ULOT.
Mavzu: O’rin almashtirish usullari bilan shifrlash.
Maqsad: O’rin almashtirish usullari bilan shifrlash dasturini ishlab chiqish.
Nazariy qism:
O’rin almashtirish usullariga binoan dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib, har bir blok ichidagi simvollar o’rni ma’lum algoritm bo’yicha almashtiriladi. Eng oson o’rin almashtirishga misol qilib, dastlabki informatsiya blokini matritsaga qator bo’yicha yozishni, o’qishni esa ustun bo’yicha amalga oshirishni ko’rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to’ldirish va shirflangan informatsiyani ustun bo’yicha o’qish ketma-ketligi kalit yordamida bajarilishi mumkin. Usulning kriptoturg’unligi blok uzunligiga (matritsa o’lchamiga) bog’liq. Masalan, uzunligi 64 simvolga teng bo’lgan blok (matrista o’lchami 8x8) uchun kalitning 1,6 milliard kombinatsiyasi bo’lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng bo’lgan blok (matritsa o’lchami 16x16) uchun esa kalitning mumkin bo’lgan kombinatsiyalari soni 1,4 . 1026 ga yetishi mumkin. Bu xolda kalitni saralash masalasi zamonaviy komp’yuterlar uchun ham murakkab amal hisoblanadi.
Ushbu usul eng oddiy va eng qadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- shifrlovchi jadval;
- sehrli kvadrat.
SHifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
- jadval o‘lchovlari;
- so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi;
- jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol.
Dastlabki matn Т0 = <ЎРИН АЛМАШТИРИШ USULИ> ni shifrlash tilan etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos xolda quyidagilarga teng:
К = <2,1,1> L = 4
Shifrlash uchun mahsus jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matritsalari to’ldirilgan marshrutlar grafik ko’rinishda ifodalanadi.
Amaliyotda o’rin almashtirish usulini amalga oshiruvchi mahsus shifrlovchi va deshifrlovchi apparat vositalar ishlatiladi.
O’rin almashtirish usullarining amalga oshirishi sodda bo’lsada, ular ikkita jiddiy kamchiliklarga ega. Birinchidan, bunday shifrlashni statistic usullar yordamida fosh qilish mumkin. Ikkinchidan, agar dastlabki matn uzunligi К simvollardan tashkil topgan bloklarga ajratilsa, shirfni fosh qilish uchun shifrlash
tizimiga bittasidan boshqa barcha simvollari bir xil bo’lgan matn informatsiyasining К-1 blogini yuborish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |