Boshqaruv ob’ektlari - bu korxonalar, mehnat jamoalari, xodimlar, mehnat qurollari va buyumlari ko‘rinishidagi ishlab chiqarish omillari, tabiiy boyliklar, ilmiy-texnikaviy va axborot quvvatlaridir.
Korxona ishlab chiqarish menejmentining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Har bir korxona mahsulot, tovarlar xizmatlar ishlab chiqaradi, asosiy faoliyatni amalga oshiradi. Korxonani boshqarishga tashkilotda tovarlar yoki xizmatlar, bilimlar yoki axborot ishlab chiqarishidan qat’iy nazar ishlab chiqarishni boshqarish asos qilib olinadi.
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillaridan, iqtisodiy boyliklar: ishchi kuchi, jihoz (qurol), xom ashyo, ashyolar, axborot, pul mablag‘laridan foydalanish zarur. Binobarin, korxonani boshqarish xodimlarni, ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqarish, moliyaviy, texnologiyak resurslarni boshqarishdan iborat.
Ishlab chiqarishni amal qilishi uchun dastlabki ashyolarni olish va ishlab chiqilgan mahsulotni sotish zarur. Shu yerdan ta’minot va sotuvni boshqarish, korxonada tegishli xizmatlarga, hozirgi zamon tili bilan aytganda logistika xizmatlariga ega bo‘lish zaruriyati kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi alohida faoliyat tuShuniladi. Bunday boshqarishda:
- ijtimoiy-iqtisodiy
- tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi.
Bu har ikkala tomonlar o‘zaro bog‘liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, insonlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.Korxona muayyan sifatga ega, andozalarga, qabul qilingan me’yorlarga, texnik sharoitlarga mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarishi shart. Demak, korxonani boshqarish ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini boshqarishni ham o‘z ichiga oladi, bu esa o‘z navbatida texnologik jarayonlarni boshqarishni talab etadi.
Korxonaga rahbarlik qilishda ishlab chiqarishning barcha omillari va foydalaniladigan boyliklarning barcha turlarini boshqarish muhimdir, biroq xodimlarni, kadrlarni boshqarish, hech Shubhasiz, etakchi o‘rinni egallaydi. Korxona tuzilmasining o‘z ichida bo‘limlar,ssexlar, uchastkalar, bo‘linmalar, laboratoriyalar, sektorlar va boshqa kichiq bo‘linmalarni ajratib qo‘yadilar, ulardan har biri o‘z boshqaruv organlariga ega.
Yuqorida bayon etilganlarning barchasi ishlab chiqarish menejmentining asosini tashkil etib, uning predmeti (mavzusi) hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish menejmentini korxona iqtisodiyotini boshqarish shakl va uslublari, uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatida samarali natijalarga erishishga yo‘naltirilgan tizimi sifatida belgilash mumkin.
Ishlab chiqarish menejmentining har bir sub’ekti, odatda, boshqaruvning o‘z texnologiyasini qo‘llaydi. Biroq, Shu bilan bir vaqtda, korxona iqtisodiyotini boshqarishda vazifalar o‘zaro hamkorligining boshqaruv jarayoni mantiqiy izchilligiga asoslangan muayyan mantiq mavjud. Uning negizida esa o‘tgan davr ichida korxona faoliyati ko‘rsatkichlari tahlilining natijalari, uning ichki rivojlanish tendensiyalari, unga tashqi muhitdan berilgan maqsad va cheklovlar yotadi.
Shunday qilib, boshqaruv jarayonining uchta vazifasi yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |