Mundarija I. Bob. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish


Ishlab chiqarish korxonasining 2004-yil uchun



Download 1,21 Mb.
bet6/22
Sana25.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#580978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
I BOB Byudjetlashtirish

Ishlab chiqarish korxonasining 2004-yil uchun
statik byudjeti, ming so'mda

Izoh: "(i)" - belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni, "(s)" - belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo'li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarish xarajatlari uchun aw al mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (5.3- jadval).
Korxonada javobgarlik markazlari bo'yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajat va daromadlami samarali boshqarishga, chetlanishlar bo'yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarn rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.

Ishlab chiqarish korxonasining 2004- yil u ch u n
m oslashuvchan byudjeti, m ing so'm da




Izoh: * — (i) — belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni. (s) — belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi. Shunday qilib, korxona faoliyatini strategik rejalashtirishda byudjetlashtirish aylanma va moliyaviy resurslar, investitsiya faoliyati uchun moliyalashtirish mablag'larini jalb etish, xarajatlar va daromadlar, pul mablag'lari harakati to'g'risida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish dasturini tuzish korxona faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o'zida namoyon etadi. Buyurtmachilaming talab va taklif qonuni talablari asosida tovarlarga bo'lgan ehtiyoji, tuzilgan shartnomalar va buyurtmalaming mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)laming taklifi korxona ishlab chiqarish dasturini ng asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo'llaniladi. Darajali taxminlash sotishlar va foydaning kutilgan hajmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtaiari bo'yicha awaldan rejalashtirishni nazarda tutadi. Vaziyatli rejalashtirish korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug'diradi.
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) butun korxona uchun yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish;
2) rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlami aniqlash;
3) yillik ishlab chiqarish rejasini korxonaning alohida bo'linmalari yoki ishtirokchilar bo'yicha taqsimlash.
Amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning "quyidan yuqoriga" yoki nomarkazlashtirilgan holda, "yuqoridan quyiga" yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko'rinishlari qo'llaniladi.
Quyidan yuqoriga rejalashtirish shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida, ya’ni, korxona bolinmalarida va funksional xizmatlar bo'yicha tuziladi. Yuqoridan quyiga rejalashtirilganda rejalar butun korxona bo'yicha ishlab chiqiladi va bo'linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo'lib xizmat qiladi.
Takroran rejalashtirish korxona rahbariyati bilan barcha bo'linmalar va funksional xizmatlar o'rtasidagi uzviy o'zaro hamkorlikni nazarda tutadi.
Korxona yoki uning bo'linmasining yillik ishlab chiqarish hajmi mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko'paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi:
11 n nm „ = £0 . I >m b . + I m br r + I+ •* у уm b 1 Г у
bu erda: M0 — korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturi, so'm;
Mn, Mr, My — mahsulot (ish va xizmat)lar yillik hajmi, dona;
Bn, Br, By— mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, so'm/dona;
n, г, у — mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi.
Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek korxona faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar ko'rsatiladi. Bir maromda mahsulot etkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini toppish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
M = T • S s u Г
bu erda, Ms — mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi;
Tu — tovarlami o'rtacha bir kunda sotish miqdori;
Sr — sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil).
Sotishning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo'yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (5.4-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko'rinib turibdiki, X va U iste’molchilar talabi 2001 yilning to'rtinchi choragigacha o'sib borgan, keyin esa kamaygan.
Bu kabi holatlarni chuqur tahlil qilish kelgusida sotish rejasini tuzishda yuqori samara beradi. Mavsumiy tebranishlarga xos beqaror ishlab chiqarishda sotish rejasi, odatda, har oyga tuziladi. Korxona mahsulot sotishining yillik rejasiga tovarlar va xizmatlarning quyidagi turlari kiritiladi: ichki bozorda mahsulot sotish hajmi, o'zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar hajmi, tovarlami eksportga jo'natish hajmi, tayyor mahsulot zaxiralari, ishlab chiqarishga mo'ljallangan ishlar va xizmatlar miqdori va h.k.
Jadval ma’lumotlari bir vaqtning o'zida bozor sig'imi va unda ishlab chiqarish korxonasi mahsulotlari hissasini aks ettiradi. Unga asoslanib kelgusida sotish hajmi moddiy va qiymat ko'rinishida rejalashtiriladi. Sotish rejasi asosiy strategik va tezkor hujjat hisoblanadi. Sotish va mahsulot ishlab chiqarish rejalari o'zaro uzviy bog’liqdir.
Korxonalaming mahsulot turlari bo'yicha bozordagi mavqeini baholashda 5.5 jadvaldan foydalaniladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi marketing tadqiqotlari natijalarini korxona ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan taqqoslash asosida ishlab chiqiladi.
Sotuv hajmi kabi ishlab chiqarish hajmi ham o'tgan hisobot yilining oxirida nomenklatura nuqtai nazaridan davrlar bo'yicha byudjetlashtiriladi: birinchi yili — kvartallar bo'yicha (zarurat tuilganda — oylar bo'yicha);
ikkinchi yili — yarim yilliklar bo'yicha; keyingi yillarda esa yillik istiqbolli rejalar tuziladi.


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish