Tog zonasi dorivor osimliklari
Zirk (Byerbyeris iritegyerrima Bge.) zirkdoshlar oilasidan, boyi 4 m ga yetadigan, kop shoxlangan butadir. Eski poyalari kulrang, yosh novdalari qongirroq rangda. Tikanlari uch bolakli, uzunligi 15 mm. Barglari teskari tuxumsimon, chozinchoq, otmas, chetlari bir oz tishchali, yuqori tomoni kok rangda. Zirk mart oyida kokaradi, may oyida gullaydi. Gullari sariq rangda boladi. Gul shingili shoxlangan, rovaksimon, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. U qoramtir-kokish rangda boladi. Mevasi nordon boladi. Uning hol yoki quruq mevasidan qiyom, morabbo tayyorlanadi. Mevasi bemorlarni davolashda issiqni tushiruvchi va chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Dagal dalachoy-Hypyericum scabrum L.
Kop yillik, sorgichli tuklar bilan qoplangan, ildizi yogochlanuvchan, 4-10 mm yogonlikda, poyalari kop sonli, qizil binafsha rangli, balandligi 20-50 sm. Poyadagi barglari uzun nashtarsimon, 10-15 mm uzunlikda. Gul toplami qalqonsimon-supurgisimon, 3-5 sm enlikda. Kosachasi 2-4 mm toq qizil, tekkis. Tojbargi tuxumsimon 4-10 mm uzunlikda va eni 2-4 mm. May-iyulda gullab, iyul-avgustda uruglari yetiladi. Toglarni oldi qismida va orta mintaqalarida toshli, shagalli va tuproqli joylarida osadi. Toshkent, Fargona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda yyer ustki qismi ishlatiladi. Dori preparatlari damlamasi bilan surtmasi (nastoykasi) burishtiruvchi, antiseptik vosita sifatida meda-ichak (kolit, ichketar), ogiz bushligi yalliglanishi (miningit, stomatit) kasalliklarni davolashda qollaniladi.
Qizilpoycha dalachoyi-Hypyericum pyerforatum L.
Kop yillik, ildizi yogochlanuvchan, yogonligi 4-7 mm, poyalari kop bolmagan, tuksiz, balandligi 30-55 sm, yogonligi 2-3 mm, yuqori qismi shoxlangan. Barglari ovalsimon, 10-17 mm uzunlikda va eni 4-8 mm. Gul toplari qalqonsimon-supurgisimon. Kosachasi tuksiz, tekkis, 4-5 mm uzunlikda. Tojbargi ellipssimon, 18-20 mm uzunlikda va diametri 3-4 mm.Iyun-avgustda gullab, iyul-sentyabrda uruglari yetiladi. Tog oldi hududlaridan to yarmigacha bolgan joylarda osadi. Fargona, Toshkent, Samarqand va Surxondaryoda viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda yyer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida kop miqdorda oshlovchi moddalar, efir moyi, flavonoidlar (kvyersetin, gipyerozid, rutin) karotin, vitamin C, organik kislotalar, gipyeritsin moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi bilan surtmasi (nastoykasi) burishtiruvchi, antiseptik vosita sifatida meda-ichak (kolit, ichketar), ogiz bushligi yalliglanishi (miningit, stomatit) kasalliklarni davolashda qollaniladi. Yyer ustki qismining moyli ekstrakti meda va ichak yarasi kasalligiga va yaralarga davo qilinadi.
Djungor sigir quyrugi-Vyerbascum songoricum Schrenk.
Ikki yillik, qalin tuklar bilan qoplangan, balandligi 60-150 sm. Poyasi yirik bolib orta qismidan shoxlanuvchi. Ildiz bogizidagi barglari otroq yoki juda qisqa bandli, yaproqlarni har ikki tomoni ham tuklar bilan qoplangan bolib, uzunligi 15-40 sm va eni 3,5-12 sm uzunchoq nashtarsimon, chetlari tekkis. Gullari (2)-7 ta dan shoxchalarda joylashgan. Kosacha bargi 6-9,5 mm uzunlikda 3-4 qismgacha bolingan. Tojbargi sariq, diametri 25-32 mm. Kosakchasi 5-7,5 mm uzunlikda va eni 0,5 mm. Iyun-avgustda gullab, uruglari iyul-sentyabrda yetiladi. Tog oldidan to togni orta qismigacha osadi. Toshkent, Fargona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Gul va bargini damlamasidan balgam kochiruvchi, surgi, tyerlatuvchi, siydik xaydovchi, yurak sanchigida, tubyerkulozda qollaniladi. Bundan tashqari baliq tutish uchun ham ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |