Mundarija: 6 – sinf tarix


-§. Hindiston sivilizatsiyasi



Download 0,83 Mb.
bet18/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

17-§. Hindiston sivilizatsiyasi
Qadimgi Hindiston aholisi. Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit`asining Hind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan. Tabiiy sharoiti jihatidan bu vodiy Misr va Mesopotamiyaga o`xshab ketadi. Issiq iqlim va suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelayotgan keng yoyilib oqadigan daryolar dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Himolay tog`lari shimoli sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o`ziga xos tabiiy mudofaa devori bo`lib xizmat qilar edi. Gang vodiysidagi tropik o`rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o`simliklarga kon bo`lgan. Daraxtlarning azamat poyalariga o`ziga xos to`rlarni vujudga keltiruvchi bahaybat chirmovuqlar chirmashib o`sib yotardi. Jungli changalzorlarida faqat bolta yordamidagina yo`l bosish iloji bo`lgan, xolos. Hindiston sivilizatsiyasi. Miloddan avvalgi III mingyillikda Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik sivilizatsiyasi edi. Ikkala shahar ham mustahkam mudofaa devorlari bilan himoyalagan, ichki qasri bo`lgan. Ko`chalar bilan biri-biridan ajratilgan mavzelarda pishgan g`ishtdan qurilgan uylar topildi. Katta va chiroyli shahar bo`lgan Moxenjodaro aholisi mohir kulol, zargar va sangtarosh edi. Aholining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik bo`lgan. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi manzilgohlari tez-tez ro`y berguvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi hamda tuproq oriqlab ketishi tufayli zavolga yuz tutadi. Miloddan avvalgi 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriylar - Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko`chmanchi qabilalar bo`lgan. Oriylar hujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa butunlay vayronaga aylanadi, bu shaharlar qaytib tiklanmadi. Diniy e`tiqodlar. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyillardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni tutqinlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e'tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi sa'y-harakatlari va amallariga bog`liq. Hind tabaqalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar - braxmanlar, jangchilar - kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar - vayshilar, xizmatkorlar va qullar - shudralar. Hindlarning e'tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o`rtasida nikohga ham yo`l qo`yilmagan. Tabaqalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni "chandal", ya'ni "hazar qilinadiganlar" deyishgan. "Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish