Mundarija: 6 – sinf tarix



Download 0,83 Mb.
bet15/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

14-§. Bobil podsholigi
Bobil - "xudolar darvozasi". Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli daviatga aylandi. Bobil qulay geografik o`ringa ega bo`lib, Frot va Dajla daryolari o`zanlari deyarli bir-biriga qo`shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar bu shaharga qo`nib o`tishar edi. "Bobil" so`zining o`zi esa "xudolar darvozasi" degan ma'noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo`lgan. Bobilning bosh ko`chasi g`alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o`zaro urushlar bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo`ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xamurappi qonunlari. Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan, hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo`lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun - badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo`lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o`rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo`yiladi. Xamurappi qonunlari qat`iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo`lgan. Mabodo arxitektor qurgan uy to`satdan yiqilib, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo`lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o`z oila a'zolarini qarz bergan kishiga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko`zlariga jarohat yetkazgan bo`lsa, o`zi ham shunday jazolanishi, ko`zlariga jarohat yetkazilishi shart bo`lgan. Yong`in mahalida o`g`rilik ustida qo`lga tushgan kimsa o`sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o`g`ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o`zganing mulkiga suqilib kirgan joyida o`ldirilar, o`sha yerning o`zida ko`mib yuborilar edi. Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo`lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham ularni so`zsiz og`ishmasdan bajarish talab qilinardi. Qat'iyligi va ayovsizligiga qaramay, Xammu rapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyat yaratib berdi, negaki talon-taroj, o`g`rilik va davlat mulkini o`marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli o`ttiz yil davomida qo`shni mamlakatlarni o`ziga bo`ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan keyin Bobil tag`in 150 yil davomida poytaxt bo`lib qoladi, keyin tog`lik kassitlar qabilasi shaharni bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirladi, uzoq davom etgan yemirilish miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Yangi bobil podsholigi. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo`shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo`ysunmas qal'aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g`isht ishlatish to`g`risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi bo`lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo`lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so`ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Bobil madaniyati. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o`choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo`lmish Shumer mixxati mil. avv. IV mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval "suv", "quyosh" va boshqa alohida so`zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo`lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta'lim olguvchi maktablar tashkil qilingan edi. o`quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog`ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so`ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar iln kitoblar bo`lib, o`quvchilar asotirlar va afsonalarni ko`chirib yozishgan, o`simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro`yxatlar tuzishgan. Loy toshtaxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o`tilgan. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo`lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko`pzinali ibodatxonalar - zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mesopotamiyada zoologiya, biologiya, kimyo va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Mil. avv. III mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo`yicha dasturilamal tuzilgan edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda Fors ko`rfazi va Arabiston dengizi qirg`og`i bo`ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish