Mundarija: 6 – sinf tarix



Download 0,83 Mb.
bet17/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

16-§. Ahamoniylar davlati
Qadimgi Eron aholisi. Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo`lgan. Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil. avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko`chib o`rnashadi. Eron o`zida katta yassitog`likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat hududi deyarli hamma tomonidan o`rmon bilan qoplangan tog`lar bilan qurshalgan. Tog`oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug`ullangan, jazirama cho`l mintaqalarida chorvadorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O`rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog`lab turgan karvon yo`llari chorrahasida joylashgan edi. Qadimgi davlatlar. Mil. avv. III mingyillikda Eronning g`arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo`lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g`arbda joylashgan Midiya podsholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi. Fors podsholigining vujudga kelishi. Eron janubida, Fors ko`rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati- qadimgi forslar o`rnashgan o`lka joylashgan edi. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo`ysundirganidan so`ngra Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. avv. 539-yil). Eronliklar o`rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O`rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Dorol ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Doro I ning islohotlari. Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (mil. avv. 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo`zg`olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar vakili zabardast Doro I ularni bostirishga kirishdi. Doro I butun mamlakat uchun "doroyi" deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan o`rtayer dengiziga qadar "shoh yo`li" degan podsho savdo yo`li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni "satrapliklar" deb nomlangan alohida harbiy o`lkalarga taqsimladi. Doro I Qora dengiz bo`ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo`ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan o`rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Qadimgi forslar madaniyati. Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo`lgan saroyning qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo`rtma naqshlarida Ahamoniylar itoatga kirgazgan ko`pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan Eron shohlariga peshkash va o`lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo`zg`olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma'lumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish