Mundarija: 6 – sinf tarix


-§. Xitoyning qadimgi sivilizatsiyalari



Download 0,83 Mb.
bet20/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

19-§. Xitoyning qadimgi sivilizatsiyalari
Xitoyda sivilizatsiya kurtaklari. Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo`ylarida miloddan avvalgi III-II mingyilliklarda kurtak yoya boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe daryosining o`rta oqimida vujudga keladi (xitoycha "Xuanxe" - "Sariq daryo" ma'nosini anglatadi). Xitoyliklar "beqaror daryo", "minglab ofatlar daryosi" deb ham ta'riflagan Xuanxe o`zanini tez-tez o`zgartirib turardi. o`rtacha har ikki-uch yilda bir marotaba kuchli va sertalafot suv toshqinlari bo`lib o`tardi. Odamlar bu toshqinlardan tepalik joylarda jon saqlab qolishardi. Miloddan avvalgi III mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo bo`la boshladi. Mil. avv. II mingyillik oxirida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi "Shan" deb atalgan. Mil. avv. II mingyillik oxirida Shanga qo`shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o`zinikiga qo`shib oldi va "Chjou" degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois hukmdorlar uni "Zafaryor" yoki "o`rta podsholik" deb, o`zlarini esa "Osmon o`g`illari" deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan edi. Aholining mashg`ulotlari. Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug`doy bo`lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug`i Hindistondan keltirilgan. Sholi yetishtirish oson ish emas. Urug` sochilishi oldidan dala ho`kiz qo`shilgan omoch bilan shudgor qilinadi. Shudgordan keyin tishlari kalta-kalta og`ir borona bilan dala tekislanadi. Sholi urug`i oldindan namlab qo`yilgani tufayli ko`kara boshlaydi. Ko`kargan urug` ko`chati yerga o`tqaziladi. Ekiladigan uchastka ko`llatib sug`oriladi, ko`chat bo`yi 20-25 santimetr bo`lganida dalalarga o`tqaziladi. Sholipoya 5-10 santimetr qalinlikda ko`llatib sug`oriladi. Taxminan 100 kundan keyin sholi pishib yetiladi, hosilni yig`ishtirib olgandan keyin yog`ochdan yasalgan zanjirlar bilan yanchiladi. Xitoy aholisi keyinchalik "choy" daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo`lmish "choy" tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o`raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va tiniq mato bo`lmish ipak tayyorlanadi. "Gala podsholiklar" davri. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noyiblari podsho hokimiyatidan ozod bo`lishga intilar edilar. Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalanib qolgan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil eta boshladi. Shu taxlit, miloddan avvalgi VII-V asrlardagi katta davr tarixda "gala podsholiklar" davri nomini olgan. Xitoyda ayni mahalda "kurashayotgan podsholiklar" davri ham boshlanadi. "Zafar yor" imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari o`rtasida boshlangan urushlar 200 yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o`zining barcha raqiblarini yo`q qilib tashlab, miloddan avvalgi III asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish