Mundarija: 6 – sinf tarix


Set - Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi; Xatxor



Download 0,83 Mb.
bet12/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

Set - Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi;
Xatxor - musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi;
Maat - adolat va adliya ilohasi;
Anubis - marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni;
Tot - Oy, donishmandlik va tabiblik ilohi.
Kohinlar va ibodatxonalar. Kohinlar xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar e'tiqodicha, mabodo Yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad bermay qo`yadilar. Kohinlar diniy marosim larni bilar, qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug`lik sochish va hosilni yig`ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi. Barcha "nom"larda ibodatxonalar bo`lgan, fir'avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar kattakatta yer mulklariga egalik qilar edi. Har bir zafarli bosqinchilik yurishidan keyin fir'avnlar o`ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardi. Misrliklar uchun ibodatxona xudolar va ilohalarning Yer yuzidagi koshonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning haykalchalari turar, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Ibodatxona ichkarisiga esa faqat kohinlar kirishi mumkin bo`lgan. Oddiy odamlarning ko`pchiligi faqat hadyalar berish va xudolarga munojot qilish uchun ibodatxona darvozasiga yaqinroq kela olishardi, xolos. Ibodatxonadagi kotiblar esa xudolarga o`tinchnomalarni yozib berishardi. Har kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlar edilar.


10-§. Piramidalar va maqbaralar
Hamma narsa vaqtdan qo`rqadi, vaqt esa piramidalardan! Qadimgi va o`rta podsholiklar davrica misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir'avnlar dafn etiladigan joy -maqbaralar bo`lgan. O`tgan mingyilliklar davomida ko`pdan ko`p shaharlar va davlatlar yo`q bo`lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobazorga aylandi, faqat piramidalar vaqtdan qo`rqmaydi, faqat piramidalargina to`rt ming yildan oshgan zamon davomida o`zgarmas dan turibdi. Eng mashhur piramidalar Giza shahri atrofida uch fir'avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo`jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. )Piramida har biri ikki tonna dan og`irroq bo`lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq,rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o`rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydii Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. Ulardan birida fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgan edi. Misrliklar inson vafot etganidan so`ngra o`zga bir olamga yo`l oladi, bu hayotda foydalangan narsalarning hammasi narigi dunyoda ham kerak bo`ladi, deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojotlar va qarg`ish lardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir'avnni himoya qilishi va o`zga hayotga o`tayotganida unga yordam berishi mo`ljallangan. Yirik piramidalarni o`rtacha kamida 20 yil davomida qurishgan. Bu og`ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamsimon bo`lgan ulkan haykallar qo`riqlaydi. Yangi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo`yishdi. Fir`avnlarni tog`larga o`yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo`lishdi. Ularga kiraverish yo`llarini bekitib tashlashgan. Eng mashhur maqbara fira`avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig`may digan boyliklar bizgacha yetib kelgan. Mumiyolash. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o`sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, Osiris sudining natijalariga bog`liq bo`ladi.Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo`yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo`ladi, u vafot etganidan so`ngra ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo, yurak og`irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo`lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo`ladi. Osiris qarshisida go`zal qiyofada qad rostlash uchun esa misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko`pdan ko`p matolar bilan o`rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo`yilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan. Hayvonlar ham mumiyolangan, chunki misrliklar xudolar Yer yuzida qandaydir hayvon qiyofasiga kirishiga ishonishgan. Ammo mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlargagina nasib etardi, xolos. Muqaddas hayvonlar. Misrliklar diniy e'tiqodiga ko`ra, xudolar ko`pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida gavdalanadi. Misrliklar xudolari bir talay bo`lgani tufayli deyarli barcha hayvonlar xudo deb hisoblangan. Mushuk, qo`y, ho`kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. Qumursqalar orasida qora-qo`ng`iz alohida hurmat-e'tiborga sazovor edi. Misrliklar Yer shari ham qoraqo`ng`iz dumalatib borayotgan dumaloq narsa singari osmon keng liklarida aylanib, kezib yuradi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham qoraqo`ng`izlar Quyoshning yordamchilari hisoblangan. Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami aholisi ishtirok etgan. Muqaddas hayvonlarni ham xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan. Bastet - go`zallik ilohasi



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish