Mitra qasidasi
"Biz Mitraga sig`inamiz... Uni hech kim aldayolmaydi. Hech kim yo`ldan chalg`itolmaydi. Kulbasiga eltolmaydi uy sohibi, oilaga kiritolmas urug` boshi, qabilaga qabilaning oqsoqoli, mamlakatga mamlakatning hukmdori... Biz Mitraga sig`inamiz, ul kim ulug` qasrlarning ustunlarin ko`taradir, mustahkamlar qopqalarini, ul uylarga hadya qilar podalarni".
Navro`z
Bahor va Navro`z bayramidan afzali bormi? Bu tabiatning Ezgulik kuchlari tug`iladigan kun. Tong bilan Baqtriya podshosi Okslart saroyi tomida gulxan yoqiladi, shu zahotiyoq Baqtra shahri, mamlakat poytaxtining har bir xonadonida shamlar, nurlar porlay boshlaydi. Kulol va savdogarlar, tikuvchi va quruvchi o`z uylarining tomida muqaddas gulxan yoqadilar. Odamlar eski, ko`plar tushunishi qiyin bo`lgan duolarni o`qib, yaxshilik va yorug`lik Tangrisini barcha yomonliklarni yo`qotib, olov, suv, ekinzorlar va bog`larga yangi hayot baxsh etmoqqa chorlaydilar. Yer kurrasi - bu qadimiy qasidalarni eshitib, yashil libosini kiyadi. U oq tog` qishloqlaridan sovuq chekinadi, qorlar erib, chuchmomalar unib chiqadi. Daryolar toshib, to`lib oqa boshlaydi, yaylovlar gulga burkanadi. Uylarda shamlar yog`du sochib, quritilgan, xushbo`y giyohlar tutay boshlaydi. Dasturxonlarda bayramona kiyingan xonadon sohiblari quritilgan mevadan, uzum, shirinlik va undan tayyorlangan yetti xil ovqatdan tanovul qila boshlaydilar. Navro`z bayrami davom etadi...
A. Sagdullayevning "Baqtriya rivoyati" kitobidan. Toshkent, 1990.
III bob. Qadimgi Yunoniston
25-§-Qadimgi Yunoniston.Qadimgi tarixning boshlanishi.
Hudud va mashg`ulotlar. Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarimoroli va o`rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi. Qadimgi yunonlar bu mamlakatni Ellada, o`zini ellinlar deb atagan. Shimol tarafidan tashqari Qadimgi Yunonistonni O`rtayer dengizi o`rab turadi. Bolqon yarimorolining sohilbo`yi chizig`i egri-bugri bo`lib, dengiz quruqlik ichkarisiga ancha joygacha kirib boradi. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog`lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog`i Olimpdir. Bu tog` mamlakatning shimoli sharqiy qismida joylashgan. Serunum dalalar faqat vodiylarda bo`lgan. o`rmonlar kam. Tog`lar o`t-o`lanlar va butasimonlar bilan qoplangan. Ninabargli o`rmonlar Yunonistonning shimolida va Peloponnesda o`sgan, yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo`lgan. Butasimon daraxtlardan o`tin sifatida foydalanilgan, ularning po`stlog`i va barglari echkilar va qo`ylarga yemish o`rnida berilgan. Qadim zamonlarda Yunoniston tog`larida to`ng`iz, ayiq, bo`ri va hatto arslon yashar edi. Yunoniston tog`larida temir va mis rudasi, marmar hamda kulolchilik hunarmand chiligi uchun qulay sog`lom tuproq bo`lgan. Eng qadimgi shahar-davlatlar. Yunonlar qadim o`tgan zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanishgan. Dehqonchilik mehnat quroli esa omoch edi. Qo`y-echkilarni boqib ko`paytirishgan. O`q-yoydan qurol sifatida foydalanishgan. Miloddan avvalgi II mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos. Mil. avv. II mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo`lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo`ldi. Ko`p o`tmay qayta tiklangan. Mil. avv. 1450-yillarda qit`adagi Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo`lishini nihoyasiga yetkazdilar. Yunonlarning dengiz sayohatlari. Egey dengizidagi ko`p sonli kichik orollar, qulay gavanlar va buxtalar yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo`lmagan, kichkina eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa suzib borish ancha xatarli edi. Bundan tashqari, yunonlarda hali kompas bo`lmagan, adashib qolishdan xavfsirab, ular ko`z ilg`aydigan qisqa masofalarga - oroldan ga yoki sohil yaqinida sezishardi. Tajribali dengichilar esa yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga - Misrga hamda o`rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan. Odamlar yashaydigan hududlarni yunonlar Oykumena deb atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |