Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash



Download 12,28 Mb.
bet25/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

3-misol. Epyurda umumiy va­ziyatdagi P tekislik berilgan; unda yotgan kvadratning pro­yeksiyalarini yasash kerak. Kvadratning tomoni L mm bo’lib, tekislikda ixtiyoriy joylashgan (22-rasm).
Yasash t a r t i b i:
1) tekislikni uning izlaridan biri, masalan, PH atrofida aylantirib, H tekis­likka jipslashtiramiz;
2 ) jipslashtirilgan tekis­likda (PV0PXPH) tomoni L mm bo’lgan A0B0C0D0 kvadrat chizamiz;
3) kvadratning uchlaridan tekislikning gorizontallarini o’tkazamiz; jipslashtirilgan holatdagi gorizontallarning fron­tal izlari 10, 20, 30 va 40 raqamlar bilan belgilangan;
4) gorizontallarning frontal izlaridan foydalanib, ularning frontal (OX ga parallel) va gorizontal (PH ga parallel) proyek­siyalarini chizamiz;
5) A0, B0, C0, D0 nuqtalar orqali PH izga perpendikulyarlar o’tkazamiz va bu perpendikulyarlarning tegishli gorizontallarning gori­zontal proyeksiyalari bilan kesishuv joylarida A′, B′, C′, D′ nuqtalarni topamiz;
6
22-rasm.
)
kvadratning gorizontal proyeksiyasi (A′B′C′D′) bo’yicha kvadrat­ning frontal proyeksiyasi (A″BC″D″) ni yasaymiz.
Biz yuqoridagi misolda (oldingi 18 va 19-rasmlarda ham) nuqtalarning proyeksiyalarini yasash uchun ulardan o’tgan gorizontallardan foydalandik, umuman, nuqtalardan o’tgan frontallardan yoki tekislikda yotgan ixtiyoriy yo’nalishdagi har qanday to’g’ri chiziqlardan foydalansa ham bo’ladi.
Tekis-parallel harakat usuli
Q attiq jismning hamma nuqtalarini fazoda o’zaro parallel bo’lgan tekisliklarda yotgan tekis trayektoriyalar bo’yicha harakat qilishi jismning tekis-parallel harakati deyiladi. Bunday harakatni hamma vaqt trayektoriyalar tekisligida sodir bo’layotgan siljish va burilish deb qarash mumkin. Shaklning o’q atrofida aylantirilishi tekis-parallel harakatga oddiy misol bo’la oladi. Bunda nuqtalar aylantirish o’qiga per­pendikulyar, binobarin, o’zaro parallel tekisliklarda aylanalar chizadi. Demak, aylanti­rish usulini tekis parallel harakat usulining xususiy holi deb qarash mumkin.
B
23-rasm.
undan keyin biz tekis-parallel harakatni faqat proyeksiya tekisliklaridan bi­riga nisbatan ko’rib chiqamiz.
V tekislikka parallel Q tekis­likda yotgan A nuqta tekislikda ixtiyoriy trayektoriya bo’yicha harakatlanib, A, vaziyatga keldi, deb faraz qilaylik (23-rasm). Bunday harakat natijasida nuqtaning gorizontal proyeksiyasi (A′) proyeksiyalar o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha surilib, A1 ga keladi. Demak, bu yerda ham xuddi V tekislikka perpendikulyar o’q atrofida aylantirilgandagi hol ro’y beradi.
Shunday qilib, nuqta V tekislikka parallel tekislik bo’yicha har qanday harakat qilganda ham uning gorizontal proyeksiyasi OX o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha suriladi.
Bu holdan foydalanib, to’g’ri chiziq kesmalarini va tekis shakllarni H va V tekisliklarga perpendikulyar bo’lgan o’qlap atrofida o’qlarning vaziyatini epyurda ko’rsatmay turib ham aylantirish mumkin.
Misol tariqasida, 24-rasmda ABC uchburchakning haqiqiy ko’rinishini yasash ko’rsatilgan. Buning uchun uchburchak ikki marta tekis-parallel harakatlantirilib, H tekislikka parallel vaziyatga keltirilgan. Bu operasiyani epyurda bajarish uchun, avvalo, uchburchakda AD gorizontal o’tkazilgan va gorizontalning gorizontal proyeksiyasi OX o’qiga perpendikulyar vaziyatga keltirilib, uchburchakning gori­zontal proyeksiyasi boshqa joyga ko’chirilgan (A′1D′1OX va ΔA′1B′1C′1 = ΔABC). Buning natijasida uchburchakning yangi vaziyatdagi fron­tal proyeksiyasi (A″, B″, C″) to’g’ri chiziq kesmasi ko’rinishida bo’lib qoladi. Shundan keyin, frontal proyeksiya (A″B″C″) proyeksiyalar o’qiga parallel (A″2B″2C″2) vaziyatga surilgan (A″2B″2C″2 = A′1B′1C′1). Bu harakat natijasida uchburchak fazoda H tekislikka parallel bo’lib qoladi; shuning uchun uning yangi gorizontal proyeksiyasi A′2B′2C′2 o’ziga teng bo’ladi.

24-rasm.
Yukoridagi misoldan ko’rinib turibdiki, birinchi aylantirish o’qi H ga perpendi-kulyar, ikkinchisi V ga perpendikulyardir, lekin ular epyurda ko’rsatilgan emas.
Bu usul ham ancha qulay, chunki u, birinchidan, yasashni qisqartiradi, ikkinchidan, chizmalarning bir-biri ustiga tushmasligiga imkon beradi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish