Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash



Download 12,28 Mb.
bet23/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

B va C nuqtalarning yangi frontal proyeksiyalari (B″1 va C″1) aylantirish o’qining A″D″ proyeksiyasida bo’ladi.
Shaklda B va C nuqtalarning aylantirilishidan hosil bo’lgan gorizontal proyeksiyalovchi tekisliklarning faqat gorizontal izlari (QH, SH) ko’rsatilgan.
17-rasmdagi uchburchak o’z gorizontali atrofida aylantirilib, H ga parallel vaziyatga keltirilgandagi aylantirish burchagi (φ) uchburchak bilan H orasidagi ikki yoqli burchakning kattaligi (α) ga teng (φ=α). Bu burchak epyurda aylantirish radiusining haqiqiy o’zunligi bilan uning gorizontal proyeksiyasi orasidagi burchakga baravardir, chunki aylantirish radiusi uchburchak tekisligining eng katta qiyalik chizig’iga to’g’ri keladi.
Berilgan ABC uchburchakni gorizontali atrofida aylantirib, gorizontal proyeksiyalovchi vaziyatga ham keltirish mumkin. (Bu ishni qanday qilib bajarish mumkin?)
Yukoridagi yasashga o’xshash yasash bilan tekis shaklni uning frontali atrofida aylantirib, V tekislikka parallel vaziyatga kel­tirish mumkin.
11-mavzu.
Tekislikni o’z izlaridan biri atrofida aylantirish
Izlari bilan berilgan tekislikda yasashga doir masalalarni yechish yoki tekislikda yotgan shakllarning haqiqiy ko’rinishini yasash uchun, berilgan tekislikni uning izlaridan biri atrofida aylan­tirib, o’sha izi yotgan proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust tushirish (jipslashtirish) qulaydir. Tekislikning gorizontal izi uning gorizontallaridan biri (xususiy vaziyatdagi gorizontali), frontal izi esa xususiy vaziyatdagi frontali bo’lgani uchun, bu aylantirishning yuqoridagi tekislikni o’z gorizontali yoki frontali atro­fida aylantirishdan (42-paragraf) hyech qanday prinsipial farqi yo’q.

18-rasm.
18-rasm, a da umumiy vaziyatdagi P tekislikni shu tekislikda yotgan A nuqta bilan birga gorizontal PH izi atrofida aylantirib, H tekislikka joylashtirish ko’rsatilgan. A nuqtadan P tekis­likda AN gorizontal chizamiz; gorizontalning frontal izi (N″) tekislikning frontal izida bo’ladi. Tekislik H tekislikka jipslashtirilgandan so’ng PH PX PV0 vaziyatni oladi; uning gorizontal izi (PH) o’z joyida qoladi, frontal izi tekislikdagi boshqa nuqtalar bilan birga aylanib, H tekislikka tushadi va PV0 vaziyatni oladi. Shunga ko’ra, tekislikdagi barcha nuqtalarning aylantirilgandan keyingi yangi proyeksiyalarini yasash uchun tekislikning fron­tal izidagi birorta ixtiyoriy nuqtaning aylantirilgandan keyingi vaziyatini topib, uni PX bilan tutashtirsak, PV0 kelib chiqadi. Rasmda ixtiyoriy nuqta sifatida N nuqta olingan. N nuqtaning aylantirish tekisligi (Q) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik bo’lib PH ga perpendikulyar joylashgan. Q bilan PH ning kesishuv nuqtasi (O) N nuqtaning aylantirilish markazi, ON kesma esa uning aylan- tirilish radiusidir. P tekislik H ga jipslashtirilgandan keyin aylantirish radiusi QH izga tushadi va uning uchida N0 hosil bo’ladi. Bu N0 nuqtani PX bilan tutashtirib, PV0 ni topamiz. Epyurda N0 nuqtani topish uchun (18-rasm, b) tekislikning PV izida ixtiyoriy N nuqta olamiz (N ham shu joyda) va uning gori­zontal proyeksiyasi (N′) orqali aylantirish o’qi PH iziga perpendi­kulyar qilib N′O ni o’tkazamiz. Bu perpendikulyar QH bo’ladi. Endi PX nuqtadan PXN radiusli yoy bilan N′O chiziqning davomini kesib, N nuqtaning yangi – H ga jipslashtirilgandagi o’rni (N0) ni topa­miz. N0 nuqtani qo’zg’almas PX nuqta bilan tutashtirsak, PV0 hosil bo’ladi.
Tekislikning A nuqtasidan o’tgan gorizontali (AN) ham tekislik bilan birga aylanib borib, H tekislikka jipslashadi. AN gorizon­tal hamma vaqt PH ga parallelligicha qoladi va H bilan jipslashgandan keyin N0 nuqtadan o’tadi (N0A0 || PH).
A nuqtaning aylantirilish radiusi N nuqtaning aylantirilish radiusiga teng, A nuqtaning aylantirilish tekisligi S || Q bo’ladi; uning SH izi A nuqtaning go­rizontal proyeksiyasi (A′) dan PH ga perpendikulyar bo’lib o’tadi. Shunday qilib, N0 nuqtadan PH ga parallel va A′ dan PH ga per­pendikulyar o’tkazsak, ularning kesishuv joyida A nuqtaning yangi o’rni (A0) kelib chiqa­di.
Tekislikning yangi PV0 izini chizish uchun zarur bo’lgan N0 nuqta aylantirish radiusining haqiqiy o’zunligini yasash yo’li bilan topilsa ham bo’ladi. Buning uchun, avvalo, ON′ va N′N″ katetlari asosida to’g’ri burchakli ON′N1 uchburchak (A′N1=N′N″) yasalsa, uning gipotenuzasi (ON1) aylan­tirish radiusiga teng bo’ladi. Keyin aylantirish markazi (O) dan N′O chiziq bo’yicha ON0=ONt=R kesma qo’yilib, N0 nuqta topiladi.
Epyurdan ravshan ko’rinib turibdiki, A nuqtaning jipslashtirilgandan keyingi o’rni P tekislikning izlari va 18-rasm, b da tasvirlangan H dagi bitta proyeksiyasi bo’lgandagina yasalishi mumkin, nuqtaning ikkinchi (A″) proyeksiyasidan yasashda foydalanilmaydi.
Bu xulosa izlari orqali berilgan umumiy vaziyatdagi tekislikda yotgan tekis shaklning bir proyeksiyasi mavjud bo’lganda uning haqiqiy ko’rinishini yasash uchun muhimdir.
1-misol. Tekislikning izlari (PH, PV) va unda yotgan uchburchakning gorizontal proyeksiyasi (ΔA′B′C′) berilgan. ABC uchburchakning haqiqiy ko’rinishini yasash kerak (19-rasm).
P H izni aylantirish o’qi deb qabul qilamiz va tekislikni H tekislik bilan jipslashtiramiz.
Yasash tartibi:
1) berilgan nuqtalar orqali gorizontallar o’tkazamiz va ularning izlarini topamiz (N′, N va N′1, N1);
2) gorizontal proyeksiyalovchi aylantirish tekisliklarining izla­rini (QHPH, SHPH va boshqalarni) o’tkazamiz;
3) N0 nuqtani topamiz va uni PX bilan tutashtirib, PVo izni yasaymiz;
4) N0 va Nl0 nuqtalar orqali gorizontallarning aylantirilgandan keyingi vaziyatlarini chizamiz (N0C0 || PH || N10B0);
5
19-rasm.
)
jipslashtirilgan gorizontallarni aylantirish tekislik­larining gorizontal izlari (QH, SH va RH) bilan kesishuv joylarida A0, B0, C0 nuqtalarni topamiz;
A0B0C0 izlangan uchbur­chak, ya’ni ΔA0B0C0 = ABC bo’ladi.
Proyeksiyalovchi tekisliklarni jipslashtirish ayniqsa oson, chunki bunday tekisliklarning izlari orasidagi burchak haqiqatda to’g’ri burchakdir. Tekislik jipslashtirilgandan keyin ham bu bur­chak, albatta, saqlanadi. Mi­sol tariqasida 20-rasmda frontal proyeksiyalovchi P te­kislik shu tekislikda yotgan ABCD turtburchak bilan birga PH izi atrofida aylantirilib H tekislikka jipslashtirilgan. Jipslashtirilgandan so’ng tekislikning frontal izi OX o’qiga kelib qoladi, A″, B″, C″, Dnuqtalar bir-biri orasidagi va izlarning uchrashuv nuqtasigacha bo’lgan masofalarini o’zgartirmasdan, A0″, B0, C0″, D0 nuqtalarga o’tadi. Nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari (A′, B′, C′, D′ nuqtalar) esa OX ga parallel to’g’ri chiziq­lar bo’ylab suriladi. Shunday qilib, A0B0C0D0 berilgan to’rtburchakning H ga jipslashtirilgan vaziyatidir.
Bu yerda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, proyeksiyalovchi tekislikning shu tekislik izlaridan biri atrofida aylantirilishini proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikulyar o’q at­rofida aylantirish deb qarash mumkin (41-paragraf), faqat bu yerda tekislikdagi nuqtalar istalgan burchakka aylantirilmasdan, proyeksiyalar tekisligiga kelguncha aylantiriladi.

20-rasm. 21-rasm.
Agar epyurda berilgan tekis­likning izlari bo’lmasa, uni jipslashtirish uchun aylantirish o’qi vazifasini bajaruvchi izinigina yasash kifoya.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish