O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
“MUHANDISLIK GRAFIKASI VA KOMPYUTERDA LOYIHALASH” KAFEDRASI
CHIZMA GEOMETRIYA
fanidan
MARUZA MATNLARI
Tuzuvchi
Dotsent VOHIDOV BAHODIR
SAMARQAND 2021
1–Maruza. CHIZMA GEOMETRIYA FANI. PROYEKSIYALASH USLUBI.
Asosiy tushunchalar.
Chizmaning fan va ishlab chiqarishdagi roli hammaga ma’lum. Chizma, ma’lumotni qabul qilish va eslab qolish uchun yaxshi vositadir. Unda hamma vaqtda katta sig’imdagi kerakli ma’lumotni qidirib topish va tanlash imkoniyati mavjud.
Chizma ijodiy jarayonda muxandis tomonidan o’z g’oyasini aniqlash va tekshirish, shu bilan birgalikda uni mustahkamlashda tez-tez foydalaniladi. Zamonaviy texnik chizmada ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan informasiya mustahkamlanadi va yetkaziladi(uzatiladi). Shuning uchun chizma konstruktor, texnolog, ishchi, kontrolyor(nazoratchi) va boshqalar uchun asosiy ishlab chiqarish xujjatlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Tasvirlanayotgan buyum original deb ataladi. Chizmada originalning shakli haqidagi informasiya va zarur o’lchamlar bo’lmog’i zarur. Bunday chizmalarga quyidagi asosiy talablar qo’yilgan bo’ladi:
Yaqqollik, ya’ni u originalning zarur geometrik informasiyasini olish uchun qisqa vaqtda fazoviy tushuncha bera olishi;
Oddiylik, grafik bajarilish nuqtai nazariyadan, grafik operasiyalar ketma-ketligi ko’rinishida bir xillik amal qilishi;
Aniqlik - chizmada bajarilayotgan grafik operasiyalar yetarli darajada aniq yechimlarni berishi kerak.
Chizma geometriya fani.
Chizma geometriya, geometriyaning bir bo’limi bo’lib, unda fazoviy shakllar va originallarni tekislikda tasvirlash(chizmalar) yordamida o’rganiladi. Chizma geometriya fani chizmalarni o’qish va hosil qilish usullari, shuningdek, chizmalarda originalga bog’lik bo’lgan geometrik masalalarni yechish usullarini o’rganadigan fandir.
Xalq xo’jaligida qo’llanilayotgan yangidan yangi texnikalar va progressiv texnologiyalar chizma geometriya kursiga yangi masalalar va usullar qo’shishni taqozo qiladi. Masalan, oxirgi yillarda texnikada ( avia-, avtomobilsozlik, arxitektura va hokazolar ) murakkab sirtlar qo’llanila boshladiki, bu jarayon sirtlarni konstruksiyalashning geometrik usullarini rivojlantirishga olib keldi.
Zamonaviy chizma geometriya kursiga ba’zi o’ziga xos usul va tushunchalar kiritilganki, ular quyida ko’rib chiqiladi.
Proyeksiyalash uslubi.
Chizmada originalning nuqtalarini tasvirlash uchun proyeksiyalash operasiyasi qo’llaniladi. A nuqtaning tasviri hosil bo’ladigan H tekislik proyeksiyalar tekisligi deb ataladi(kartinalar tekisligi, chizma tekisligi deb ham yuritiladi). Proyeksiyalash operasiyasi shundan iboratki, A nuqtadan proyeksiyalovchi deb ataluvchi to’g’ri chiziq o’tkaziladi.
Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq bilan H tekislikning uchrashuv nuqtasi A′ (1- rasm) A nuqtaning H tekislikdagi proyeksiyasi deyiladi. Proyeksiyalash uslubi bilan qurilgan chizmalar proyeksion chizma deb ataladi.
Fazoda proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqni aniqlash uchun hamma proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar o’tadigan S nuqtani belgilaymiz (1-rasm). S nuqta proyeksiyalash markazi deb ataladi. Bu holda operasiya markaziy proyeksiyalash, uning natijasi A′ = (SA) ∩ H, markaziy proyeksiya deyiladi.
1- rasm.
Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqni aniqlashning boshqa usuli – proyeksiyalash yo’nalishi deb ataluvchi H ga parallel bo’lmagan S bilan berilishi. Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar S ga parallel qilib quriladi. Operasiya parallel proyeksiyalash deb ataladi. Mos ravishda proyeksiya ham parallel proyeksiya deyiladi(masalan, V' nukta(1 - rasm)).
Parallel proyeksiyalashda proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qandaydir φ burchak ostida bo’ladi. Agar φ 900 bo’lsa, proyeksiyalash qiyshiq burchakli deb ataladi. Mos ravishda proyeksiya ham qiyshiq burchakli proyeksiya deyiladi. Agar φ = 900 bo’lsa, proyeksiyalash to’g’ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash, proyeksiya ham to’g’ri burchakli(ortogonal) proyeksiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |