Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash


Markaziy proyeksiyalashning xossalari



Download 12,28 Mb.
bet2/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

Markaziy proyeksiyalashning xossalari. to’g’ri chiziqning markaziy proyeksiyasini(2 - rasm) qurish talab qilinsin. A ℓ va V ℓ ixtiyoriy nuqtalarni tanlab olamiz. (SA) va (SV) proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar o’tkazamiz. U holda tanlangan nuqtalarning proyeksiyalari – A'=(SA)∩H hamda V'=(SV)∩H bo’ladi. SAV shakl uchburchak tekislik ko’rinishda bo’lib, uni
Δ bilan belgilaymiz. Shuni aytish kerakki, Δ tekislikning ixtiyoriy nuqtasidan proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. Bunday tekislikni proyeksiyalovchi deb ataymiz (sirt ham proyeksiyalovchi bo’lishi mumkin). [AV] kesmaning ixtiyoriy nuqtasi va S nuqtadan o’tuvchi proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq Δ tekislikda yotadi.
A' va V' proyeksiyalar Δ tekislikning H tekislik bilan kesishuv chizig’ini aniqlaydi. [AV] kesma to’g’ri chiziqda ixtiyoriy tanlab olinganligi uchun to’g’ri chiziqning har qanday nuqtasidan o’tuvchi proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq Δ tekislikda yotadi. Shu nuqtaning proyeksiyasi Δ tekislik bilan H proyeksiyalar tekisligining kesishuv chizig’ida yotadi. Bundan kelib chiqadiki: to’g’ri chiziqning proyeksiyasi umumiy holda to’g’ri chiziq bo’ladi; agar nuqta to’g’ri chiziqda yotsa, uning proyeksiyasi ham to’g’ri chiziqning proyeksiyasida bo’ladi: (SR) to’g’ri chiziq Θ(SCD) proyeksiyalovchi tekislikda yotgani uchun, R (CD)  R′ (C ′D ′).
Proyeksiyalar tekisligi bilan originalning kesishuvidan hosil bo’lgan shakl iz deb ataladi. Masalan, M ' va M1' nuqtalar va 1 to’g’ri chiziqlarning H dagi izlari bo’ladi (2-rasm). ' to’g’ri chiziq faqat to’g’ri chiziqning proyeksiyasinigina emas, balki, Δ proyeksiyalovchi tekislikning izi hamdir. Endi, S nuqtadan o’tuvchi 2 to’g’ri chiziqni olamiz. U proyeksiyalovchi bo’lib, proyeksiyasi nuqta bo’ladi va izi bilan ustma - ust tushadi. Ixtiyoriy [FYe] ℓ2 kesma ham o’sha nuqtaga proyeksiyalanadi. 2- rasmda bu hol F'≡Ye' tarzda ko’rsatilgan.

2 – rasm.
Fazoda bitta proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqda yotuvchi nuqtalar konkuriyent (raqobatlashuvchi) nuqtalar deyiladi. Ular bitta nuqtaga proyeksiyalanadi. Masalan, 1 - rasmdagi N va V nuqtalar va 2 - rasmdagi F va Ye nuqtalar raqobatlashuvchi nuqtalardir.
Markaziy proyeksiyalashning muhim xossasini ko’rib chiqamiz. Fazoda o’zaro parallel bo’lgan va 1 to’g’ri chiziqlar originallar bo’lsin (2- rasm). Parallel to’g’ri chiziqlarning markaziy proyeksiyalari ( 2-rasmda va 1 to’g’ri chiziqlar) o’zaro kesishadi. Xususiy holda va 1 to’g’ri chiziqlar bir vaqtda H proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lishi mumkin. Unda, H ga parallel, shu vaqtning o’zida o’zaro parallel va 1 to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish